119
6) nomusga tegish (JK, 118-modda);
7) jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda
qondirish (JK, 119-modda);
8) odam o‘g‘irlash (JK, 137-modda);
9) bosqinchilik (JK, 164-modda);
10) tovlamachilik (JK, 165-modda);
11) talonchilik (JK, 166-modda);
12) o‘g‘rilik (JK, 169-modda);
13) mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar
yetkazish aybni og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etil-
gan bo‘lsa (JK, 173-moddaning 2- va 3-qismlari);
14) ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish
muassasalarining ishini
izdan chiqaruvchi harakatlar
(JK, 220-modda);
15) ozodlikdan mahrum qilish joylaridan qochish
(JK, 220-modda);
16) o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar
yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ra
vishda
egallash (JK, 247-modda);
17) radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda
egallash (JK, 252-modda);
18) temiryo‘l, dengiz, daryo, havo transporti vosi-
tasi yoki aloqa yo‘llarini yaroqsiz holatga keltirish (JK,
263-modda);
19) transport vositasini olib qochish (JK, 267-modda);
20) giyohvandlik yoki
psixotrop moddalarni qonun-
ga xilof ravishda egallash (JK, 271-modda);
21) aybni og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilgan
bezorilik (JK, 277- moddaning 2- va 3-qismlari).
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiga binoan
quyidagi jinoyatlar uchun jinoyat sodir etilgunga qadar
18 yoshga to‘lganlar jinoiy jazoga tortiladilar:
1) voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz
shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash;
2) ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash
(JK, 123-modda);
VII b o b.
Jinoyat huquqi
120
Huquqshunoslik
3) voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-
harakatlarga jalb qilish (JK, 127-modda);
4) fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun
huj jatlarini buzish (JK, 144-modda);
5) saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni
o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish (JK,
146-modda);
6) ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talab larni
buzish (JK, 193-modda);
7) atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to‘g‘ri sidagi
ma’lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko‘rsatish
(JK, 194-modda);
8) atrof tabiiy muhitning ifloslanish oqibatlarini bar-
taraf qilish choralarini ko‘rmaslik (JK, 195-modda);
9) hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qi -
lish (JK, 205-modda);
10) hokimiyat yoki
mansab vakolati doirasidan
chetga chiqish (JK, 206-modda);
11) mansabga sovuqqonlik bilan qarash (JK, 207-
modda);
12) hokimiyat harakatsizligi (JK, 208-modda);
13) mansab soxtakorligi (JK, 209-modda);
14) pora olish (JK, 210-modda);
15) harbiy yoki muqobil xizmatdan bo‘yin tovlash
(JK, 225-modda);
16) ma’muriy nazorat qoidalarini buzish (JK, 226-
mod da);
17) aybsiz kishini javobgarlikka tortish (JK, 230-
modda);
18) adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qa -
ror chiqarish (JK, 231-modda);
19) sud qarorlarini bajarmaslik (JK, 232-modda);
20) qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibs -
ga olish (JK, 234-modda);
21) ko‘rsatuv berishga majbur qilish (JK, 235-
modda);
121
22)
shuningdek, yettinchi bo‘limdagi «Harbiy xiz-
matni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar» (JK, 279–
302-moddalar) uchun ham javobgarlik belgilangan.
Yuqorida aytib o‘tilgan jinoyatlar bo‘yicha faqat
aqli raso shaxs jinoyat subyekti bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli no-
raso holatda bo‘lgan, ya’ni surunkali ruhiy kasalligi,
ruhiy holati vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoki
boshqa tarzdagi ruhiy kasalligi sababli o‘z harakatlari -
ning ahamiyatini anglay
olmagan yoki harakatlarini
boshqara olmagan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
Mastlik holatida, giyohvand, psixotrop yoki kishi
-
ning aql-idrokiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri
ostida jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod
qi linmaydi. Bunday holat shaxsni aqlan noraso deb
topish uchun asos bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: