Subyektiv tomondan bajaruvchining qilmishi ha
-
misha qasddan hisoblanadi.
B. Sharhlanayotgan moddadagi
«tashkilotchi»
tu -
shunchasiga quyidagi faoliyat shakllari mansubdir.
Bular: 1) jinoyatni sodir etishga tayyorgarlik uchun rah-
barlik qilish; 2) jinoyatni sodir etishga rahbarlik qilish
kabilar.
D.
Dalolatchilik
o‘zga shaxsni
jinoyatni sodir etish-
ga undash yoki jinoiy faoliyatda qatnashishga qi
-
ziqtirishda ifodalanadi.
E.
Yordamchi
deb jinoyatni sodir etishga ko‘mak-
lashgan shaxsga aytiladi.
Subyektiv jihatdan tashkilotchi va dalolatchilar ning
faoliyati to‘g‘ri va egri qasd bilan sodir etiladi.
Ishtirokchilikka muayyan shaklni bag‘ishlaydigan
belgilar obyektiv va subyektiv tomonni ta’riflagani
bois ishtirokchilik shakllarini tasniflash asosiga
obyek tiv va subyektiv mezonlar qo‘yilgan bo‘ladi.
Obyektiv mezon
birgalikda sodir etilish belgisi bilan
oldindan aniqlanadi va u ishtirokchilarning o‘zaro
harakat xususiyatini ochib beradi.
Subyektiv mezon
ishtirokchilar jinoiy faoliyatining muvofiqlashish dara-
jasini belgilaydi. Ikkala mezon
ham ajralmas bir butun-
likni tashkil etib, ularning yig‘indisi ishtirokchilikni to‘rt
shaklga bo‘lish imkonini beradi. Bular: 1)
oddiy shakl;
2)
murakkab shakl;
3)
uyushgan guruh;
4)
jinoiy uyush-
madir.
Ma’lumki, faqat ijtimoiy xavfli va huquqqa xilof
harakat yoki harakatsizlik qi
lish
jinoyat
deb ataladi.
O‘zbekiston Respublikasi JK ning 35-moddasiga binoan
quyidagi holatlar: ya’ni
kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy
mudofaa; oxirgi zarurat; ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan
shaxsni ushlash chog‘ida zarar yetkazish; buyruqni yoki
boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xo‘jalik
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik
jinoyat-
ni istisno qiluvchi holatlar deb to piladi.
122
Huquqshunoslik
123
Zaruriy
mudofaa holatida sodir etilgan, ya’ni mu
-
dofaalanuvchi yoxud boshqa kishining shaxsi yoki
huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini qonunga
xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazgan holda
himoya qilish chog‘ida qilingan harakat, agar zaruriy
mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jino -
yat deb topilmaydi.
Oxirgi
zarurat holatida, ya’ni shaxsning yoki boshqa
fuqarolarning shaxsiga yoxud huquqlariga, jamiyat yoki
davlat manfaatlariga tahdid soluvchi xavfni qaytarish
uchun qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaat-
larga zarar yetkazgan
holda sodir etilgan qilmish,
basharti, shu xavfni o‘sha holatda boshqa choralar bi-
lan qayta rish ning iloji bo‘lmasa hamda keltirilgan zarar
oldi olingan zararga qaraganda kamroq bo‘lsa, jinoyat
deb topilmaydi.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimi -
yat organlariga topshirish maqsadida ushlash vaqtida
unga
zarar yetkazish, agar uni ushlash zarur bo‘lgan
chora larning chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa,
jinoyat deb topilmaydi.
Shaxsning buyruq yoki boshqa farmoyishni, shu
-
ningdek, mansab vazifalarni qonunan bajarishi tufayli
zarar yetkazilgan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi.
Ijtimoiy foydali maqsadga erishish uchun kasb yoki
xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qilib,
huquqlar va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga
zarar yetkazish jinoyat deb topilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: