Foydani aniqlashning yuqori ko’rsatilganidek
ikkinchi yo’li
me’yoriy daromad bilan
me’yoriy xarajatlarni taqqoslash.
Me’yoriy daromad — bu qo’shimcha sotilgan tovardan olinadigan daromad. U TRn dan
TRn—1 ni ayirib, ya’ni keyingi tovarni sotib, olingan daromaddan avvalgisini ayirib topamiz.
Erkin raqobat kurashida firma narxga hech qanday ta’sir ko’rsata olmas edi. U holda
firma 1 dona tovarni 41
birlikka sotsa, 2 donasini 82 birlikka sotadi, me’yoriy daromad 41 ga
teng, 3 donasi 3
Ѕ
41=123 ga teng, me’yoriy daromad yana 123–82=41 ga teng. Demak, erkin
raqobat sharoitida me’yoriy daromad uning narxiga MR=R teng. Nomukammal raqobat
sharoitida qanday bo’lishini ko’rib chiqaylik.
Nomukammal raqobat sharoitida avvalgisiga nisbatan ko’proq sotish uchun tovar narxi
pasaytiriladi. Bu tadbirkorga bir tomondan yutuq. Ko’proq yalpi
daromad olish imkoniyatini
bersa, ikkinchi tomondan ma’lum yo’qotish. Sababi narxni tushirish har bir navbatdagi tovarni
sotib olinadigan daromad, ya’ni me’yoriy daromadni kamayishiga olib keladi.
Masalan, 3 ta tovarni 37 birlikdan sotilsa, bu bilan 41 ga yoki 39 ga sotib olishi mumkin
bo’lganlarga ham 37 dan sotiladi. Zarar 2+2=4. Bu zararni 37 dan ayirilsa 37–4=33 me’yoriy
daromad bo’ladi. Lekin ishlab chiqaruvchini, sotuvchini faqatgina
olinadigan daromad emas,
olinadigan foyda qiziqtiradi. Buning uchun olingan daromadni qilingan xarajatlar bilan
taqqoslash kerak.
Ma’lumki, o’rtacha xarajatlar yoy shaklida bo’lib, ma’lum miqdor tovar ishlab
chiqarguncha pasayib, so’ngra o’sishni boshlar edi. Misolimizga qaytib, abstrakt raqamlar
asosida uni ko’rsatishga harakat qilamiz.
Yodga solaylik Ts=Q
Ѕ
AS, ya’ni umumiy xarajatlar o’rtacha xarajatlarni
tovar miqdoriga
ko’paytmasiga teng: 21,75
Ѕ
2=43,50; MS=Tsn–Tsn–1, ya’ni me’yoriy xarajatlar n miqdor tovar
ishlab chiqarish uchun sarflangan umumiy xarajatlardan n–1 tovar uchun sarflangan umumiy
xarajatlarning farqiga teng: 43,5–24=19,5; TR=Q
Ѕ
P, ya’ni yalpi daromad ishlab chiqarilgan
tovar va uning narxini ko’paytmasiga teng: 39
Ѕ
2=78.
MR=TRn–TRn–1, ya’ni me’yoriy daromad n ta tovar sotishdan olingan yalpi daromad
bilan n–1 ta tovarni sotishdan olingan yalpi daromad farqi 78–41=37.
2, 3, 4
ustunlardagi raqamlar, firma monopolistni ishlab chiqarish xarajatlarini ko’rsatsa,
5, 6, 7 ustunlar sotish sharoitini ko’rsatadi.
Mukammal raqobatda muvozanat MS=R, ya’ni narx me’yoriy daromad bilan teng
bo’lardi. Demak, MS=MR=P.
Firmaning to’la muvozanatga erishuvi Joan Robinson ta’kidlaganidek ikki sharoitni
bajarishni talab etadi:
1. Me’yoriy daromad xarajatlarga teng bo’lishi kerak.
2. Narx o’rtacha xarajatlarga teng bo’lishi kerak (o’rtacha xarajatlar normal foydani ham
o’z ichiga oladi):
MS=MR=P=AC.
Monopolist firmaning bozorda o’zini tutishi ham ana shu me’yoriy daromad va me’yoriy
xarajatlarga bog’liq. Sababi, har bir qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot ma’lum miqdorda
yalpi daromad, qo’shimcha
daromad olib keladi, shu bilan birga umumiy xarajatlarni ham
ko’paytiradi. Firma doimo ana shu ikki ko’rsatkich: me’yoriy daromad bilan me’yoriy xarajatni
taqqoslashi kerak. Me’yoriy daromad bilan me’yoriy xarajat o’rtasidagi farq musbat bo’lsa,
firma ishlab chiqarishni kengaytiradi. Me’yoriy xarajat bilan me’yoriy daromad teng bo’lganda
muvozanatga erishiladi. Lekin unda narx darajasi qanday bo’ladi, MS=MR=P=AC formulasi
saqlanadimi?
Jadval raqamlariga murojaat qilamiz. Monopolist yuqori narx belgilashga harakat qiladi.
Lekin u 41 belgilasa bitta tovar sotadi, yalpi daromad 41 bo’lib, foydasi (41–24)=17
ni tashkil
etadi.
Foyda — bu yalpi daromad bilan umumiy xarajatlar farqiga teng. Agar monopolist narxni
tushirib 35 ga keltirsa, u holda u 4 ta tovar sotadi, umumiy daromadi 140(34
Ѕ
4), foydasi 68(140–
72) bo’ladi. Ana shunday tarzda narxni tushirish tufayli umumiy foyda olishni ko’paytirish
mumkin. Lekin uni qaysi chegaraga tushirish mumkin. Bu me’yoriy daromad bilan me’yoriy
xarajatlar tenglashguncha davom etadi, jadvaldagi raqamlarga qarasak bu 9-
tovarni sotishimizda
yuz berar ekan.
Aynan ana shu hajmda tovar ishlab chiqarishimiz eng ko’p foyda keltirar ekan. Ya’ni
225–117=108. Agar narxni 25 dan pastga tushirsak misolimizda 23 ga, 10 ta tovar sotilar ekan.
Lekin
me’-
yoriy xarajatlar 10,5 ga, avvalgisidan 10,5–9=1,5 ga ko’tarilar ekan. Bu umumiy foydani (230–
127,5)=102,5, 108–102,5=5,5 ga kamayishiga olib keladi.
Nomukammal raqobat sharoitida
Do'stlaringiz bilan baham: