Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


-§. Narxlar shakllanishining bozor mexanizmi



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet482/509
Sana14.01.2022
Hajmi1,81 Mb.
#364937
1   ...   478   479   480   481   482   483   484   485   ...   509
Bog'liq
2 5402090271544446822

4-§. Narxlar shakllanishining bozor mexanizmi 
 
 Mukammal raqobat sharoitida narxning tashkil topishi. 
Ma’lumki, iqtisodiyotdagi 
bosh muammo bu alohida iste’mol va ishlab chiqarishdan boshlab, to makroiqtisodiyot 
darajasigacha muvozanatga erishishdir. 
 Bozor iqtisodiyoti muvozanatga erishishda uch narsaga tayanadi: 
narx, talab 
va 
taklif, 
raqobat.
 Bunda talab va taklif nisbati, raqobat ham oxir-oqibat narx orqali ifodalanadi. 
 Bozor uning aniq shaklidan qat’i nazar tovarlar —xizmatlar bozorimi, moliya bozori yoki 
mehnat bozorimi narx orqali talab va taklifni muvozanatga keltiradi. 
 1. 
Narx
larni o’zgarishi ishlab chiqaruvchilar uchun ishlab chiqarish hajmini o’zgartirishni 
mo’ljalga olishga xizmat qiladi. Narx texnika-texnologiyani o’zgartirishga ta’sir qiladi. Oxir-
oqibat mavjud shakllangan daromadlar darajasida mahsulotning kim tomonidan iste’mol 
qilinishini ham belgilaydi. 
 2. 
Talab va taklif.
 Ularning nisbatini o’zgarishi. Narxni tebranishi, o’zgarishi tufayli oxir-
oqibat shunday narx belgilanadiki, uning natijasida talab va taklif muvozanatga keladi, o’z 
navbatida ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasida ham muvozanat o’rnatiladi. 
 3. 
Raqobat
. Xar bir ishlab chiqaruvchining maqsadi maksimal darajada foyda olish, 
demak o’z faoliyatini kengaytirish. Bu so’zsiz raqobatga olib keladi. Agarda u yoki bu turdagi 
tovarning taklifi ko’p bo’lsa, sotuvchilar o’rtasida raqobat kurashi kuchayadi. Xar biri o’z 
tovarini sotish uchun narxini tushirishga majbur bo’ladi. Bu ishlab chiqarishni qisqartirishga olib 
keladi. Agarda talab taklifga qaraganda ko’p bo’lsa, xaridorlar o’rtasida raqobat kurashi 
kuchayadi. Xar biri taqchil bo’lgan tovarni qo’lga kiritish uchun balandroq (narx) haq to’lashga 
rozi bo’ladi. Bu shunday turdagi tovar chiqarishni rag’batlantiradi. 
 Raqobat bozor mexanizmining zarur elementi. Lekin raqobat xarakteri turlicha, u bozor 
muvozanatiga erishishga katta ta’sir ko’rsatadi. Narx tashkil topishining xarajatlar mexanizmiga 
klassik siyosiy iqtisod nazariyasi asos bo’lgan bo’lsa, bozor mexanizmiga neoklassik iqtisod 
nazariyasi asos bo’ladi. 
 Erkin raqobat kurashiga asoslangan sharoitda narxning qanday tashkil topishini Marshall 
shunday tushuntiradi. 
 Marshallning  fikricha,  oldi-sotdi qilgunga qadar tovarning go’yoki ikki narxi mavjud 
bo’ladi. 
Sotuvchi narxi 
va 
xaridor narxi. 
Bir tomondan, har bir sotuvchi o’z tovarini qimmatga 
sotishni o’ylaydi, lekin bu narx xaridorni qanoatlantirmasa sotuvchi o’z tovarini sota olmay 
qolish xavfi bor. Ikkinchi tomondan, xaridor iloji boricha tovarni arzonroqqa sotib olishga 
harakat qiladi, lekin sotuvchini bu narx qanoatlantirmasa, u tovarsiz qolishi mumkin. 
Sotuvchining narxini eng past darajasi shu tovarni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarni 
qoplashi kerak. Xaridor bergan narxning yuqori darajasi esa me’yoriy nafliligiga teng bo’li-shi 
kerak. Ular o’rtasidagi savdo to xaridor bilan sotuvchi narxi mos kelguncha davom etadi. Xamda 
ana shu muvofiq kelgan narx bozor narxi hisoblanadi. Shunday qilib, sotuvchining narxi klassik 
qoida bo’yicha shakllanadi. Xaridorning narxi esa marjinal qoida bo’yicha shakllanadi. Real narx 
esa ana shu har ikkisini nisbati asosida shakllangan o’rtacha daraja bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, 
neoklassik nazariyada o’ziga xos ikki yondashuvni sintezi yuz berib, yangicha nuqtai nazar 
vujudga keldi. Bu yangilik narx bozorda talab bilan taklif o’rtasidagi nisbat asosida o’rnatilishida 
ifodalanadi. 
 Bunda narx qancha yuqori bo’lsa taklif shuncha ko’payadi. Talab kamayadi yoki 
aksincha. Bozorda narx talab va taklifning muvoza-natga kelishi tomon o’zgaradi. Narx talab 
bilan taklif muvozanatini tiklaydi. Shunday qilib, bozor mexanizmi, boshqacha aytganimizda 
narx davlat aralashmay talab va taklifni tartibga soladi. Marshallning fikricha, bu nozik 
mexanizmga davlat aralashuvi kerak emas. Xar qanday aralashuv, hattoki yaxshi niyatda 
qilingan bo’lsa ham kuchlar balansini buzadi. Oxir-oqibat cheklangan kamyob resurslardan 
samarasiz foydalanishga olib keladi. Marshall talab va taklif asosida narxning shakllanishini 
tushuntirar ekan, ularga ta’sir etuvchi omillarga ham e’tibor beradi. Undan tashqari, talab va 
taklif elastikligi tushunchasiga asos soladi. 


 
 
 Narx tashkil topishining bozor mexanizmi deb, bu bozordagi vaziyatga ko’ra narxning 
shakllanishiga aytiladi. Ma’lumki, bozor turlari nihoyatda ko’p, agar shu nuqtai nazardan 
qarasak, narxni tashkil topishini bozor mexanizmi deganda juda ko’p mexanizmlarni 
tushunamiz. Bozor mexanizmi yana shunday xususiyatga egaki, bu mexanizmni «prujina, 
vintlar» harakatini ko’ra olmaymiz. Shuning uchun ham Adam Smit «ko’zga ko’rinmas qo’l» 
iborasini ishlatgan. Xatto auktsionda o’zaro savdolashishda shundoqqina hammasini sotuvchini 
ham, xaridorni ham his qilib bilib turgandaysiz, lekin aynan nima ularni u yoki bu qarorga 
kelishga majbur qildi («Xudo biladi») bilolmaymiz. Faqat taxmin qilishimiz mumkin. Aynan ana 
shu jarayon, kuch narxni tashkil topish mexanizmi bo’ladi. Narx to’g’risida turli nazariyotchilar 
o’z fikrlarini asoslashga qanchalik urinmasinlar, bir narsa aniq, ya’ni tovarning haqiqiy qimmati 
bozorda yuzaga chiqadi. 

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   478   479   480   481   482   483   484   485   ...   509




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish