tariflar
dir. Tariflar xizmat ko’rsatish sohalarida
qo’llaniladi. Xizmat ko’rsatish jarayonida yangi mahsulot yaratilmaydi, balki mavjud
mahsulotning sifati o’zgartiriladi.
Ko’pincha, xizmat jarayoni uni iste’mol qilish bilan birga boshlanadi. Xizmat
ko’rsatishni iqtisodiy faoliyat turi sifatida o’ziga xos xususiyatga ega ekanligi ularga narx
belgilashda ham namoyon bo’ladi. Uni
tarif
deb yuritiladi. Xizmatlarga tarif belgilaganda
faqatgina ish hajmi emas, balki vaqti, sifati ham muhim rol o’ynaydi. Tariflarning tipik shakli
sifatida misol qilib maishiy xizmatlar — telefon, kommunal xizmat tariflarini ko’rsatish
mumkin.
2. Tartibga solish darajasi va uslubiga ko’ra narxlar qat’iy belgilangan, tartibga
solinadigan, shartnoma va erkin narxlarga bo’linadi.
Qat’iy narxlar davlat tashkilotlari tomonidan belgilanadi va uning darajasi rasmiy
hujjatlarda aks ettiriladi.
Bu turdagi narxlar asosan davlat iqtisodiyotida monopol mav-
qega ega bo’lgan mamlakatlarda mavjud.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan qat’iy belgilangan narxlardan erkin bozor narxiga o’tib
boriladi. Bu jarayonni liberallashtirish yoki erkin narxlarga o’tish deb yuritiladi.
Tartibga solinadigan narxlar — bu davlat idoralari tomonidan tartibga solinadigan
narxlardir. Davlat soliq imtiyozlari berib, narxni tushirishni rag’batlantirishi mumkin. Yoki
ayrim tovarlarga narx miqdorini cheklashi mumkin. Bu albatta narxlarning o’sib ketishining
oldini oladi. Lekin, uning qator kamchiliklari bor. Narxni yuqori chegarasini davlat tomonidan
belgilab qo’yilishi ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga olib kelishi mumkin. Sababi narx
ketgan xarajatlarni qoplab ishlab chiqarishni kengaytirish imkoni darajasida foyda olish imkonini
bermaydi. Natijada tovar taqchilligi vujudga keladi. Bu o’z navbatida qat’iy belgilangan narxlar
kabi, nolegal — chayqov bozorini vujudga kelishiga sabab bo’ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tartibga solinadigan narxlar davlat tomonidan mamlakatdagi
shart-sharoitga ko’ra tatbiq etiladi. Bunda davlat narxning yuqori chegarasini belgilab qo’yadi.
Aytaylik, rentabellik darajasi, foyda normasi 50% dan oshmasligi kerakligi ko’rsatilgan bo’lsa,
demak mahsulotga sarflangan xarajatlar 800 so’m bo’lsa, uning narxi 1200 so’mdan oshmasligi
kerak. Odatda, ko’pincha bunday narxlar jamiyat hayotida muhim o’rin tutadigan tovar va
xizmatlarga nisbatan qo’llaniladi. Xozirgi payt-da juda ko’p mamlakatlarda ana shunday tovarlar
15—20% ni tashkil etadi.
Shartnoma narxlari — oldi-sotdi qilish yuzasidan shartnoma asosida kelishilgan narx
bo’lib, u shartnoma hujjatlarida rasmiylashtiriladi. Xozirgi paytda shartnomalarda alohida bo’lim
narx masalasiga bag’ishlanadi. Unda ko’pincha narxning absolyut miqdori emas, balki narxning
diapazoni (
dan
boshlab
gacha,
chegarasi) yoki bu narxlarni davlat, bozor, jahon narxlari bilan
aloqasi ko’rsatiladi. Shuningdek, shartnomada ko’rsatilgan narxlarni o’zgartirish mumkin
bo’lgan holatlar, aytaylik inflyatsiya, yangi qonunlarni qa-bul qilish kabilar izohlanadi.
Erkin narxlar. Nomining o’zi ko’rsatib turibdiki, bu narxlar bozordagi talab va taklif
asosida belgilanadi. U bozordagi muvozanat narxi bo’ladi.
Bu baholar xalq iste’mol mollarining barcha turlari yoki aholiga ko’rsatiladigan xizmat
tariflarida namoyon bo’ladi. Savdo tashkilotlarining turli do’konlarida, dehqon bozorida,
iste’mol bozorida yo boshqa turdagi bozorlarda har kuni biz chakana narxlarni ko’ramiz.
Yuqoridagi sanab o’tilgan narxlar turli me’yoriy hujjatlarda o’z ifodasini topadi. Ulgurji
va chakana narx preyskurantlari, narx kataloglari, smeta-normalar, narx kitoblari kabi hujjatlar
shular jumlasidandir. Aholiga hujjatlar yoki birja e’lonlari orqali ma’lum qilinadigan baholar —
nominal narxlar deb ataladi. Bunday hujjatlar narxlar haqida axborot bankini tuzib narx
siyosatini yuritishda zamonaviy kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini beradi.
Mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan savdo tashkilotlari o’rtasida oldindan
kelishib olingan va belgilangan baho kelishilgan narx deyiladi.Bu narxlar davlat belgilagan
qat’iy narx-dan ham, erkin bozor narxlaridan ham farq qilishi mumkin, ammo faqat kelishilgan
muddat davomida amal qilishi bilan boshqa narxlardan ajralib turadi. Bunday narxlarni
qo’llashda tegishli nazorat joriy etilishi kerak.Chunki monopoliya tovarlar taqchilligidan
foydalanib, kelishilgan holda narxni sun’iy oshirib, xalq hisobidan foyda ko’rishi yoki
chayqovchilik vositasiga ayla-nishi mumkin.
Tovarlarni ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) bilan uni iste’mol etuvchi (xaridor) o’rtasida
bitimga binoan har ikki tomonni roziligiga qarab belgilangan narxlar shartnoma narxlari
deyiladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan narxlardan tashqari turli jihatlariga ko’ra guruhlarga
ajratilgan narx turlari xilma-xil.
Iqtisodiy tahlil qilish statistikada iqtisodiy taraqqiyot darajasi, erishilgan natijalarni
taqqoslash uchun o’zgarmas yoki qiyosiy narxlardan foydalaniladi.Chunki real hayotda
narxlarga inflyatsiya ta’sir etadi.Buni hisobga olinmasa noto’g’ri xulosa chiqarish mumkin.
Yangi turdagi tovar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilayotganda, yangi o’zlashtiriladigan
tovar, xizmat, material, yarim fabrikatlar, energiya, ishlab chiqarish uchun ob’ektlar qurishda
loyiha baholari qo’llaniladi. Yangi tovar xizmatlari sifatini aniqlash uchun qo’llaniladigan
baholar bazis narxlari bo’ladi. U namunaviy narx sifatida xizmat qiladi. Xalqaro savdoda ham
bazis narxlar ishlatiladi. Agarda tovarning sifati kelishilgandan farq qilsa, bazis narx
boshlang’ich narx sifatida xizmat qiladi.
Monopoliyalar tomonidan mahsulotlarni ishlab chiqarish bahosidan baland yoki past qilib
belgilangan narx —
monopoliya narxi
deb ataladi.Odatda, monopoliyalar sotadigan tovarlarning
narxini yuqori, boshqa firmalardan oladigan mahsulotlar narxini esa past qilib belgilashadi.
Maksimal va minimal chegaralari belgilangan baholar
limit narxlari
deb ataladi. Bu
narxlardan yangi tovarni bozorda qaysi narxda o’tishini sinab ko’rish va yangiliklarni
rag’batlantirish uchun foydalaniladi.
Erning, suvning, har xil er osti qazilmalaridan olinadigan xom ashyolarning va hayvonot
dunyosining o’z narxlari bor.
Qonun bilan taqiqlangan faoliyat uchun yashirin narxlar mavjud.
Jahon bozorida tovar va xizmatlar jahon narxlari asosida oldi-sotdi qilinadi.Bozorlarni
egallash maqsadida
demping
narx-lari belgilanishi mumkin.Bu narxlar bozordagi mavjud
narxlardan past darajada belgilanadi.Uni xususiy firmalar qo’llashi yoki davlatning o’zi
belgilashi mumkin.
Umuman, narxlar xilma-xil bo’lib, u iqtisodiy tizimda o’ziga xos mustaqil yo’nalishni
tashkil etadi. Narxlar olamini yaxshi bilish, tushunish bozor iqtisodiyoti sharoitida nihoyatda
katta aha-miyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |