5-§. Foydani maksimallashtirish va narx
diskriminatsiyasi
Mukammal raqobat sharoitida monopolistning narx ustidan hukmronligi talabning
elastikligi bilan chambarchas bog’liq. Teng sharoitda xaridorlar talabining elastiklik darajasi
qancha qat’iy bo’lsa, monopolist firmaning yuqori narxlar belgilash uchun imkoniyati shuncha
yuqori bo’ladi. Bu bilan shunday vaziyat vujudga kelishi mumkinki, monopolist firma va
xaridorlar uchun, o’z bozorini ajratishi afzalroq.
Firma bir tovarini turli iste’molchilar guruhiga turli narx-larda sotishi mumkin. Lekin
narxlardagi farq bu ishlab chiqarish xarajatlaridagi farqdan kelib chiqmagan. Xarajatlar teng, bir
xil. Ana shu tarzda sotish amaliyotda narx diskriminatsiyasi deyiladi. Bu erda
diskriminatsiya
so’zi biron-bir kishini huquqini cheklashni emas, balki bo’linishni, ajratishni ifodalaydi.
Narx
diskriminatsiyasi
deb, bir xil tovarni turli iste’molchilar qatlamiga tabaqalashtirilgan holda
sotishga aytiladi.
Nima sababdan firma ma’lum hollarda narx diskriminatsiyasidan foydalanadi. Bunda
narxni tushirish bilan qo’shimcha xaridorlarni jalb qilish ko’zda tutiladi. Bir tabaqa xaridorlar
yuqori narx bilan bu tovarlarni sotib olmaydilar, xizmatlardan foydalanmaydilar. Lekin narxni
shunday tushirish kerakki, qolgan yuqori narx bo’yicha sotib olish imkoniyatiga ega xaridorlar
yuqori narxda, ayrim paytda narx diskriminatsiyasini amalga oshirguncha bo’lgan darajadan ham
yuqori narxda sotib olsin. Nisbatan «arzon» bozorga o’tishmasin.
Firma bozorni ajratib boy, zodagonlar tabaqasi uchun tovarlarga muvozanat narxidan
yuqori, kambag’allarga esa past narx bo’yicha sotsa ko’proq foyda oladi.
Narx diskriminatsiyasi muammolariga A. Pigu, J. Robinson va boshqalarning ilmiy
ishlarida katta ahamiyat berilgan.
J. Robinson yagona bozorning ajratilishi foydali ekanini ta’kidlaydi. Agarda monopolist
hamma bozorda yagona narx belgilasa uning qo’shimcha tovar sotishdan olgan me’yoriy
daromadi ajratilgan bozorga sotganiga qaraganda kam bo’ladi. Chunki, u turli bozor-
da shu tovarga talabning elastikligi darajasidan kelib chiqadi. Firma-monopolist ajratgan
bozorlardan biri zodagon tabaqalar uchun mo’ljallangan. Bu erda elastiklik darajasi past, narxni
ko’tarsa ham ular shu miqdorda sotib olisha beradi. Ikkinchi bozorda elastiklik yuqori, xaridorlar
narx tushishiga qarab oladigan tovarlar miqdori ko’payadi.
Narx diskriminatsiyasida eng qiyin muammo bir bozorni («arzon» bozorni
«qimmatidan») ikkinchisidan ajratish. Agarda buni bajarilmasa foydani maksimallashtirish
g’oyasi realizatsiya qilinmay qoladi. Xaridorlar «arzon» bozordan sotib olib, qimmat bozorda
sotishlari mumkin.
Masalan, temir yo’l kompaniyasi ko’mir tashish uchun nisbatan arzon, paxta uchun
qimmat tarif belgilashi mumkin. Bunda u ishonadiki paxta toyiga ko’mir deb yozib tashiy
olmaydilar. Boshqa misol, muzeyga kirish o’quvchilar uchun ikki barobar arzon. Muzey
kassasida chiptani ma’lum hujjat asosida hamda bilet olayotganning ko’rinishiga qarab sotiladi.
Agarda «yosh biznesmen» chiptani arzon olib, kattalarga qimmatga sotgan taqdirda kirishda
nazoratchi bu chiptani olgan kishini faqat biletiga emas, ko’rinishiga ham qaraydi. Yoki shahar
transportida yurish uchun sotiladigan oylik chiptalarni ko’rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |