Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


MONOPSONIYA SHAROITIDA NARXLARNING



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet489/509
Sana14.01.2022
Hajmi1,81 Mb.
#364937
1   ...   485   486   487   488   489   490   491   492   ...   509
Bog'liq
2 5402090271544446822

MONOPSONIYA SHAROITIDA NARXLARNING 
SHAKLLANISHI 
 
 Avvalgi tahlilimiz monopoliyalarni narxga ta’sir qilishiga qaratilgan edi. Lekin narx faqat 
sotuvchilar tomonidan emas, oluvchilar tomonidan ham nazorat qilinishi mumkin. Bunda asosiy 
rolni monopsoniya o’ynaydi. Agar 
monopoliya
 «bitta sotuvchi»ni bildirsa, 
monopsoniya
 bitta 
xaridor-iste’molchini ifodalaydi. 
 Monopsoniya sharoitida bozorda bitta iste’molchi mavjud, unga tovarlarini sotmoqchi 
bo’lganlar ko’pchilikni tashkil qiladi. 
 Unga o’z mahsulotini taklif qilgan firmalar o’z texnologiyasi imkoniyatlari, qolaversa 
xarajatlari jihatidan har xil. Monopsonist o’z ehtiyojini qondirar ekan, tovar sotib olish hajmini 
kengaytirishdan naf olishni o’ylaydi, buning uchun o’z shartini qo’yadi. Ko’rinib turibdiki, 
oluvchi bitta, sotuvchilar ko’p bo’lsa, raqobat eng avvalo sotuvchilar o’rtasida ketadi. Bunda 
ulardan har biri o’z tovarini sotish maqsadida narxini pasaytiradi. 
 Ma’lumki, monopolist narx ustidan hukmronligini o’tkazib, ishlab chiqarish hajmini 
erkin raqobat sharoitidagi ishlab chiqarish hajmidan past miqdorda ushlab turadi. Monopsonist 
qancha miqdorda sotib olishi mumkin? Mukammal raqobat darajasidan ko’pmi yoki kam? Bu 
savolga javob bir xil emas, hammasi tarmoqning taklif shartlari hamda muvofiq ravishda taklif 
narxlari darajasiga bog’liq. Lekin uni o’rganishdan oldin monopsonist sotib olayotgan tovarini 
xususiyatlariga taklif shartlari bog’liq bo’ladimi degan savolga javob berishimiz kerak. Chunki, 
bu savolga javobning ijobiy yoki salbiyligiga ko’p muammolar bog’liq. Tahlil qilib qarab albatta 
deb javob beramiz. Sababi monopsonistning shartlari o’zlariga to’g’ri kelmasa boshqa xaridorni 
faqat uzoq muddat buzilmay, tovar ko’rinishini yo’qotmay va hokazo jihatlari bilan talabga 
javob beradigan tovar ishlab chiqaruvchilargina izlashlari mumkin. Bunda monopsonist shartiga 
ilojsiz bo’ysunadigan, tez buziladigan mahsulot egalari bo’ladi. Bu erda, eng avvalo qishloq 
xo’jaligi ishlab chiqaruvchilarini ko’rsatish mumkin. 
 Monopsoniya  ko’pincha  mehnat  bozorlarida o’rnatiladi. Lekin uzoq vaqt buzilmaydigan 
tovar egalariga ham yagona sotib oluvchi o’z shartini o’tkazishi mumkin. Sababi, boshqa sotib 
oluvchi bo’lmasa, ilojsiz sotuvchilar bu shartga ko’nishga majbur bo’ladi. Masalan, monopsonist 
«De Birs» olmoslar sotib olishda turli mamlakatlardagi olmos chiqaruvchilarga o’z so’zini 
o’tkazadi. 
 Monopsonist o’zi sotib oladigan tovar hajmini o’zgartirish orqali narxga ta’sir ko’rsatadi. 
Shuning uchun (monopsonist nuqtai nazaridan) bozorda taklif narxi butun tarmoqning o’rtacha 


 
 
xarajatlari dinamikasini ifodalaydi. Tarmoqning yalpi taklifini shu tarmoqdagi turli firmalarning 
o’rtacha xarajatlarini ifodalovchi egri chiziq xarakterlaydi. 
 Monopsonist uchun taklif egri chizig’i tarmoqning o’rtacha xarajatlari egri chizig’idir. 
AS — egri chizig’ining har qanday nuqtasi monopsonistning ma’lum miqdorda tovar sotib olishi 
uchun taklif etilgan narx darajasiga to’g’ri keladi. 
 Monopsonist uchun taklif narxi: 
 a) kamayib boruvchi; v) o’sib boruvchi bo’lishi mumkin. 
 Mukammal raqobatdan nomukammal raqobatga (xaridor tomonidan) o’tilish bilan taklif 
egri chizig’i gorizontal holatini o’zgartirib, shakli tarmoqning o’rtacha xarajatlari (AS) egri 
chizig’i shaklini oladi.  
 
Birinchi holda monopsonist texnologik darajasi nisbatan yuqori, uning xarajatlari 
kamayib boruvchi tendentsiyaga ega firmalar bilan ish yuritadi. Ikkinchi holda monopsonist 
o’rtacha xarajatlari o’sib borayotgan firmalarning mahsulotlarini sotib olishini ifodalaydi. 
 Shunday qilib, monopsonist sotib olayotgan mahsulotga taklif narxi pasayib boruvchi 
yoki o’sib boruvchi bo’lishi mumkin. Shunga qarab monopsonistning sotib olish narxi ham 
o’zgaradi. MS—monopsonistning me’yoriy xarajatlari (ya’ni, sotib olish narxi), AS — ishlab 
chiqaruvchilarning o’rtacha xarajatlari (ya’ni, sotish narxi), DD — talab (olingan tovar) miqdori. 
 Birinchi holda har bir qo’shimcha birlik mahsulotni sotib olish uchun monopsonist olish 
narxini pasaytiradi, uning mahsulot sotib olish uchun me’yoriy xarajatlari pasayib boradi. 
Monop-sonist tomonidan sotib olinayotgan tovarga to’langan pul, uning xarajatlari hisoblanadi. 
U holda MS egri chiziq AS egri chizig’iga nisbatan pastroqda joylashadi. 
 
Nima sababdan shunday bo’ladi? Monopsonist tovarlarni sotib olar ekan, ishlab 
chiqaruvchilar o’rtasida o’z tovarini sotish uchun raqobatdan foydalanib tovarni sotib olishim 
mumkin, lekin arzonroq deb o’z shartini qo’yadi. 
 Bunda E nuqta MS (me’yoriy xarajatlar) bilan D1  D1 monopsonist xaridorning talabi 
(me’yoriy daromadi MR yoki me’yoriy naf-liligi) kesishgan nuqta. Shu miqdordagi taklif 
bo’yicha narxni topish uchun taklif egri chizig’i AS (o’rtacha xarajatlar)gacha vertikal 
o’tkazamiz. AS taklif bilan shu vertikal bo’yicha uchrashgan taklif E1 nuqta bo’lib, unga Q1 
miqdor va R1 narx to’g’ri keladi. Bu narx avvalgi R0 narxdan arzon. Sotib olingan tovar hajmi 
avvalgisidan ko’p. 
Q1>Q0; P1
 Ikkinchi holda monopsonist o’sib boruvchi taklif narxi bilan, ya’ni tovar sotib olish 
uchun me’yoriy xarajatlarni o’sib borishi bilan to’qnashadi. Bunda ham birinchi holda 
ko’rganimizdek MS bilan D1D2 E nuqtada kesishadi. Lekin bu erda MS (me’yoriy xarajatlar) 
AS o’rtacha xarajatlardan yuqori, E nuqta bo’yicha AS ga vertikal chiziq o’tkazsak, talab 
bo’yicha E1 nuqtani topamiz, u Q0 miqdorga va R1 narxga to’g’ri keladi. Bunda Q1P1
 
Monopsonist xarajatlari yuqori bo’lgan firmalardan tovar sotib olganda, har bir 
qo’shimcha sotib olingan tovarga oshib borayotgan narx bo’yicha pul to’lashi mumkin, lekin u 
kam miqdorda sotib olaman degan shart qo’yadi. Natijada tovarga belgilangan R1 narx 
mukammal raqobat sharoitida sotish mumkin bo’lgan R0 narxdan past. Bunga u mukammal 
raqobat sharoitida sotish mumkin bo’lgan miqdorni kamaytirish orqali erishadi. Xarid hajmini 
monopsonist o’zining xarajatlaridan kelib chiqib belgilaydi va har ikki holatda ham narxni 
mukammal raqobat sharoitiga qaraganda past belgilanishiga erishadi. 
 


 
 

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   485   486   487   488   489   490   491   492   ...   509




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish