7.3. Zo‘riqtirilgan armaturani ankerlash
Oldindan zo„riqtirilgan temirbetonli oraliq qurilmalarida zo„riqtirilgan
armatura betonga ishonchli ravishda mahkamlanishi va berilgan siqish
kuchlarini betonga o„tkazilishini ta‟minlashi kerak. Buning uchun turli
tipdagi ankerlardan foydalaniladi. Faqat davriy profilli sterjenlardan iborat,
tirgakka tortilgan armaturani ankerlarsiz qo„llashga ruxsat etiladi.
Mustahkamligi yuqori simlardan tutam ko„rinishida tayyorlangan,
tirgakka tortilgan armaturalar uchun MIIT sistemasidagi karkas – sterjenli
ankerlar konstruksiyalarda keng qo„llaniladi. Bu anker diafragmaga
payvandlangan markaziy dumaloq sterjendan iborat. Diafragmaning
o„yiqlaridan armatura tutamining bir necha donadan iborat simlari o„tadi
(rasm 7.8). Tutamning simlari markaziy sterjen uchlarida bog„lovchi simlar
bilan o„rab mahkamlanadi. Bu sim o„ramining uchlari sterjendagi teshikka
kirgizilib mahkamlanadi. Markaziy sterjen uchiga plankalardan yasalgan
hoch shaklidagi tirgak payvandlangan. Bu tirgak tutam tortilganda o„ramlar
holatining o„zgarmasligini ta‟minlaydi. Tutamning kesimi anker orqasida
kalta armatura (korotish) lardan yasalgan hoch orqali fiksatsiya qilinadi.
Ankerlar materiallar epyurasiga binoan tutamning oxirlariga va tutam
uzunligi bo„yicha qo„yiladi. To„sinni tayyorlashda beton ankerning barcha
bo„shliqlarini to„ldiradi va armaturaning betonda ishonchli qotirilishini
ta‟minlaydi.
Karkas-sterjenli ankerlar armatura tutamidagi simlarning soni 16 dan
56 tagacha bo„lganda qo„llaniladi. Simlarining soni 24 va 48 ta bo„lgan
tipovoy tutamlar uchun qo„llaniladigan ankerlar detallarining asosiy
o„lchamlari quyidagicha: diafragma diametri – 80 va 120mm; diafragma
qalinligi – 8 va 10mm; markaziy sterjenning diametri – 14 va 20mm;
95
markaziy sterjenning uzunligi – 270 va 370mm.
Rasm 7.8. Karkas – sterjenli anker: a – ankerning konstruksiyasi; b – diafragma;
v – plankalardan iborat tirgak; g – anker orqasidagi tutamning kesimi; 1 – tutamning
simlari; 2 – markaziy sterjen; 3 – diafragma; 4 – bog„lovchi simlar
Armatura betonga tortilganda tutamlarni mahkamlash uchun turli
kontruksiyali, to„sin uchlariga o„rnatiladigan chetki ankerlar qo„llaniladi.
Chetki konussimon ankerlar keng tarqalgan. Konussimon anker (rasm 7.9)
konik teshikli kolodkadan va konus probkasidan (tiqinidan) tashkil topadi.
Tutamning simlari kolodkadagi teshiklardan o„tkaziladi va tutam ikki
harakatli domkrat bilan tortilgandan so„ng domkrat kichik silindrining
porshen shtoki bilan kolodkaga presslab konusli probka bilan ponalanadi.
Probkaning yuzasi simlarning ponalanishini kuchaytiradigan narezkalarga
ega. Probkada sement qorishmasini kanalga purkashga mo„ljallangan
bo„ylama teshik bor.
Konussimon ankerlar detallarining o„lchamlari tutam turiga va
simlarning soniga bog„liqdir. Kolodka va probka yuzalarining ezilishiga
yo„l qo„ymaslik uchun, ular mustahkamligi yuqori bo„lgan po„latlardan:
96
kolodkalar – po„lat 45 yoki po„lat 5 dan, konusli probkalar esa – 40X
po„latidan tayyorlanadi.
Rasm 7.9. Konussimon anker:
1 – kolodka; 2 – konussimon probka;
3 – purkash uchun teshik
Konussimon ankerlar, shuningdek, tutamlarni tirgakka tortishda
inventar elementlar sifatida ham ishlatiladi. Tortish kuchlari betonga
o„tkazilgandan so„ng bu ankerlar tutamlardan olib qo„yiladi.
Tutamlar ankerlarda simlarning uchlarini yo„g„onlashtirish hisobiga
ham mahkamlanishi mumkin. Bu holda simlarning sirpanib ketishi istisno
qilingani uchun, tortishni bir harakatli oddiy domkratlar bilan bajarish
mumkin. SNIIS da ishlab chiqilgan taranglaydigan monolit va qo„zg„almas
yig„ma ankerlar (rasm 7.10) ham ishlatiladi.
Taranglaydigan monolit anker simlarni o„tkazish uchun parmalangan
teshiklari bor po„lat silindrdan iborat. Anker silindrik korpusining ichki
yuzasiga ankerni domkrat shtoki bilan tutish uchun rezba qilingan. Tashqi
rezba tortilgan tutamni beton yuzasiga mahkamlaydigan anker gaykasini
burashga mo„ljallangan.
Qo„zg„almas yig„ma ankerlar, odatda, tutamning tortuvchi domkrat
qarshi tomonidagi uchlariga qo„yiladi. Bunday ankerlar kanavkalari bor
plastinkalar yig„indisidan iborat. Plastinkalar tortuvchi boltlar bilan
birlashtirilganda, simlar uchun teshiklar hosil bo„ladi.
Uzunligi katta bo„lmagan sterjenli armaturani (masalan, oldindan
97
zo„riqtirilgan xomutlarni) tortish uchun sterjendagi rezbaga buralgan gayka
ko„rinishidagi rezbali ankerlar ishlatiladi. Sterjenlarning qo„zg„almas
uchlari payvand qilingan korotishlar, ilmoqlar yordamida yoki sterjenlar
uchlarini to„mtoqlash orqali betonga mahkamlanadi (rasm 7.11).
Rasm 7.10. Uchlari yo„g„onlashtirilgan simlar uchun anker: a – monolit tortuvchi anker;
b – yig„ma qo„zg„almas anker; 1 – po„lat silindr; 2 – gayka; 3 – plastinalar; 4 – vint
Rasm 7.11. Sterjenli armaturalarning
ankerlari: a – rezbali; b – qisqa sterjenlar
payvandlangani; v – sirtmoq
payvandlangani; g – uchlari
yo„g„onlashtirilgani
98
Do'stlaringiz bilan baham: |