Transport inshootlarini loyihalash va



Download 7,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/77
Sana13.01.2022
Hajmi7,79 Mb.
#358213
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77
Bog'liq
transport inshootlarini loyihalash va qurish.

Rasm 6.5. Monolit temirbetonli arka va arka usti qurilmasini armaturalash 
 
Arkalarning ustunlar va hovonlar bilan birlashish tugunlari ustunlar va 
hovonlarning  armaturalarini  arka  jismiga  qistirib  mahkamlash  yo„li  bilan 
amalga  oshiriladi.  Ustunlar  birlashish  tugunlari  joyida  armaturalangan 


82 
 
kengayish  joylariga  ega.  Kalta  ustunlar  rigel  va  arka  bilan  birlashish 
joylarida  bu  ustunlarni  egilishga  ishlamasligini  ta‟minlaydigan  juda  ham 
oddiy sharnirlar o„rnatiladi. 
Yig„ma  oraliq  qurilmalarda  arka  elementlarining  tutashgan  joylarini, 
odatda,  ustunlar  va  hovonlarning  birikish  tugunlariga  to„g„ri  keltiriladi. 
Bunda  tutashish  joylari,  hovonlarning  armaturasini  joylashtirish  uchun, 
etarli darajada keng qilinadi. 
Rasm 6.6 da qatnovi ustidan bo„lgan, Giprotransmost loyihasi bo„yicha 
temir  yo„lga  mo„ljallangan  yig„ma  temirbeton  arka  konstruksiyasining 
misoli  keltirilgan.  Sistemaning  hisobiy  oralig„i  53m,  ko„tarilish  strelkasi 
13,8m (
f
/
l
 = 
l
/3,84). Ayri arkalar ikki tavr ko„ndalang kesimli bo„lib, bir hil 
balandlikka  ega  to„g„ri  chiziqli  montaj  elementlaridan  yig„ilgan. 
Arkalarning  montaj  elementlari  uzunligi  (faqat  ikkisidan  tashqari)  bir 
hildir. Sistemadagi panellar uzunligi tengligi montaj choklari kengligining 
turli bo„lganligi hisobiga ta‟minlanadi. Yig„ma arka usti qurilmasi – qatnov 
qismining  plitali  oraliq  qurilmalari  tayanadigan  ko„ndalang  romlardan 
iborat. 
 
Rasm 6.6. Qatnovi ustidan bo„lgan va yig„ma temirbetondan tashkil topgan arkali 
ko„prikning oraliq qurilmasi 


83 
 
Giprotransmost  loyihasi  bo„yicha  qurilgan,  yig„ma  temirbetonli,  katta 
oraliqli,  arkali  oraliq  qurilmaning  konstruksiyasi  rasm  6.7  da  keltirilgan. 
Sharnirsiz  arkali  va  qatnovi  o„rtasidan  bo„lgan  oraliq  qurilmalarning 
uzunligi  150m,  strelkasi  40m  bo„ladi.  Arkalar  montaj  elementlarining 
balandligi  bir  hil  va  ular  osmalar  va  ustunlar  tutashgan  joylarida 
ko„ndalang  choklarga  bo„lingan.  Arkalarning  qutili  ko„ndalang  kesimlari 
montaj paytida birlashtiriladigan tekis elementlardan tashkil topgan. 
Ikki  П-simon  bloklardan  tashkil  topgan  qatnov  qismining  bo„ylama 
to„sinlari  П-kesimli  ko„ndalang  to„sinlarga  tayanadi  va  ular  qirqilmagan 
sistemaga  birlashtirilgan.  Cho„zilishga  ishlaydigan  osmalar  yuqori 
mustahkam  simlardan  tayyorlangan  oldindan  zo„riqtirilgan  tutamlar  bilan 
armaturalangan. 
Kombinatsiyalangan  sistemalarning  temir  yo„l  ko„priklarida  eng  ko„p 
qo„llaniladigan  turi  –  tortqichli  arkalardir.  Qatnovi  pastdan  bo„lgan  bu 
konstruksiyalarda  raspor  qatnov  qismi  sathida  joylashgan  maxsus 
elementlar  –  tortqichlar  tomonidan  qabul  qilinadi.  Tortqichli  arkalarning 
tayanchlarga ta‟siri to„sinlarniki kabidir. 
Tortqichli arkalarning uch turi farq qilinadi: egiluvchan tortqichli bikir 
arkalar  (rasm  6.8,
a
),  bikir  tortqichli  (bikirlik  to„sinli)  egiluvchan  arkalar 
(rasm 6.8,
b
) va bikir tortqichli bikir arkalar (rasm 6.8,
v
). Arka yoki tortqich 
inersiya  momentlarining  nisbati  80  dan  kam  bo„lmasa,  bu  element  bikir 
hisoblanadi.  Bunday  holda  egiluvchanroq  bo„lgan  elementdagi  eguvchi 
momentlarning  qiymati  kichik  bo„ladi  va  ularni  hisobga  olmasa  ham 
bo„ladi.  Agar  arka  va  tortqichlarning  inersiya  momentlari  katta  farq 
qilmasa,  u  holda  eguvchi  momentlar  arkada  ham,  tortqichda  (bikir 
to„sinida) ham paydo bo„ladi. 
 


84 
 
 
Rasm 6.7. Qatnovi o„rtadan bo„lgan va qutili arkalardan tashkil topgan oraliq qurilma 
 
 
Bikir  tortqichli  bikir  arkalar 
tejamliroqdir. 
Bikir 
tortqichlar 
konstruksiyaning  montaji  paytida 
arka  va  osmalarni  yig„ish  uchun 
havozalar  sifatida  qo„llash  uchun 
qulaydir.
 
 
Rasm 6.8. Tortqichli arkalarning sxemalari 
Bikr  tortqichlarning  balandligi,  odatda,  (1/35†1/45)
l
  ni,  arakalarning 
balandligi  (1/40†1/50)
l
  ni  tashkil  etadi.  Bikir  arka  va  tortqichlarning 
ko„ndalang  kesimlari,  odatda,  ikki  tavrli  shaklga  egadir.  Cho„zilishga 
ishlaydigan  tortqichlar  va  osmalarning  zamonaviy  konstruksiyalari 
oldindan zo„riqtirilgan temirbetondan tayyorlanadi.  
 

Download 7,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish