85
7-BOB. TEMIRBETON ORALIQ QURILMALAR
KONSTRUKSIYALARINING DETALLARI
7.1. Ko‘prik polotnosi va trotuarlar
Temirbeton oraliq qurilmalarining ko„prik polotnosi, odatda, qatnov
ballast ustida ko„rinishida o„rnatiladi. Ko„prik polotnosi yo„lni to„g„ridan –
to„g„ri temirbeton plita ustiga, shuningdek temirbeton, yog„och yoki metall
ko„ndalang to„sinlar ustiga mahkamlab o„rnatilishi ham mumkin.
Qatnov ballast ustida bo„lganda (rasm 7.1), ko„prik polotnosi
relslardan, biriktirgichlardan va shpallardan iborat bo„ladi. Ko„prik
uzunligi 25m dan ortiq bo„lganda yoki ko„prik radiusi 1000m dan kichik
egrilikda joylashganda, himoya moslamalari (kontrburchaklar yoki
kontrrelslar) o„rnatiladi. Himoya moslamali ko„priklarda yo„lning 1km
uzunligiga 2000 donadan kam bo„lmagan shpal qo„yiladi, boshqa
ko„priklarda esa shpallarning soni yo„lning ko„prikka yaqin uchstkalaridagi
kabi bo„lishi lozim.
Yo„lning egri uchastkalarida joylashgan ko„priklarda tashqi relsning
ko„tarilib turishiga ballast qatlami qalinligini oshirish hisobiga erishiladi.
Bunda loyihada ballast koritasi bortining ko„tarilib turishi ko„zda tutilishi
kerak. Ballast prizmasi o„lchami tashqi rels tarafidan 10sm ga orttiriladi.
Ballast koritasining rasm 7.1 da ko„rsatilgan o„lchamlari ekspluatatsiya
qilinayotgan
ko„priklar
uchun
xarakterlidir.
Yangi
ko„priklar
qurilayotganda yoki eski ko„priklarni qayta qurishda ballast koritasining
o„lchamlari sheben tozalaydigan mashinalarni o„tkazishni ta‟minlashi
kerak (rasm 7.2). Bu hol uchun ballast prizmasining asosiy o„lchamlari 7.1
jadvalda keltirilgan.
86
Rasm 7.1. Ballast ustida joylashgan ko„prik polotnosi:
a – yo„lning to„g„ri uchastkasida; v – yo„lning egri uchastkasida
Jadval 7.1
Yuk tashish
intensivligi,
yiliga mln
tkm/km brutto
Yo‟l ust
qurilmasi turi
Ballast
qatlamining
shpala
ostidagi qalinligi, sm
Ballast
prizmasi
yelkasining
kengligi
c
, sm
Temirbeton
shpala
bo‟lganda
Yog‟och shpala
bo‟lganda
50 dan ortiq
Maxsus og‟ir
35
30
45
50 gacha
Og‟ir va
normal
35
30
35
Rasm 7.2. Sheben tozalaydigan
mashinalarni o„tkazishga
mo„ljallangan ballast koritosi:
a – yog„och shpalli bo„lganda;
b – temirbeton shpalli bo„lganda
87
Qatnov ballast ustida bo„lgan ko„priklar uchun etarli darajada zarbga
mustahkam va sovuqqa chidamli sheben qo„llanilishi kerak. Sheben bir
fraksiyali, donalarining o„lchamlari 25†60mm bo„lishi lozim. Kichik
o„lchamli donalar va changsimon zarralarning miqdori 1% dan ko„p
bo„lmasligi kerak. Sheben toza bo„lishi, loy, o„simlik qatlami va boshqa
aralashmalarga ega bo„lmasligi kerak.
Ko„priklarda yo„lni ballastlash uchun asbest ishlab chiqarishdagi
chiqindilardan olinadigan asbestli ballast ham qo„llaniladi. Bu holda
koritaning ostki qismiga 20sm balandlikda fraksiyasi 5†25mm bo„lgan
sheben qatlami va uning ustiga asbestli ballast qatlami yotqiziladi. Bunda
shpal ostidagi asbest qatlamining qalinligi 10sm dan kam bo„lmasligi
kerak.
Temirbeton ko„priklarda ko„prik polotnosining konstruksiyasi yo„lni
to„g„ridan-to„g„ri temirbeton plitaga mahkamlash ko„rinishida ham bo„lishi
mumkin. Bu yerda relslarning va kontrburchaklarning mahkamlanishi
metall oraliq qurilmalarida qo„llaniladigan temirbeton plitalar ustidagi
ballastsiz ko„prik polotnosidagi kabi bo„ladi.
Kontrburchaklar
va
kontrrelslar
ko„priklar
chetki
tayanch
(ustoy)larining orqa qirralari orasiga joylashtiriladi. Kontrburchaklarning
(yoki kontrrelslarning) uchlari ustoy orqa qirrasidan eng kamida 10m
masofaga chiqarilishi va yo„lning o„qiga uchi payvandlangan moslama –
bashmak bilan tugaydigan “chelnok” orqali keltirilishi kerak (rasm 7.3).
Uzunligi 25m dan ortiq bo„lgan barcha ko„priklarda xizmat qiluvchi
personalning o„tishi uchun panjarali ikki tomonlama trotuarlarning
o„rnatilishi ko„zda tutiladi. Trotuarlar, shuningdek, balandligi 5m dan ortiq
bo„lgan barcha ko„priklarda va stansiyalar atrofida joylashgan barcha
ko„prik va yo„l o„tkazgichlarda ham joylashtiriladi. Shimoliy qurilish-
88
klimatik zonalarda uzunligi 10m dan ortiq bo„lgan barcha ko„priklarda
trotuarlar bo„lishi lozim.
Rasm 7.3. Ko„prik old tomonida kontrrelslarning joylashish sxemasi:
1 – kontrrelslar; 2- “chelnok”; 3 – bashmak; 4 – ustoyning orqa qirrasi
Industrial usulda tayyorlangan temirbeton oraliq qurilmalarda
trotuarlar, odatda, olinadigan konstruksiyalar ko„rinishida qilinadi. Bunda
ustiga trotuar temirbeton plitalari qo„yiladigan metall yoki temirbeton
konsollar qo„llaniladi (rasm 7.4). Metall konsol 75+75x8mm li burchaklar
va N18a shvellerdan yasalgan payvandlangan quti ko„rinishida
tayyorlanadi. Panjara to„sig„ining ustunlari 70+70 x 8mm burchaklardan
qilinadi va ular konsolga ikki dona M20 bolti bilan mahkamlanadi.
Temirbeton konsollar ham quti shakliga ega. Ular M38 boltlari bilan
mahkamlanadi. Taqaladigan sterjenlar trotuar plitalarining holatini
fiksatsiya qilish uchun qo„yiladi. Panjara to„siqlari metall konsollardagi
kabi o„rnatiladi.
Yo„lning egri uchastkalarida joylashgan ko„priklarda ichki trotuar
konsoli egrilik radiusiga bog„liq o„lchamgacha uzaytiriladi. Kengaytirilgan
ballast koritali oraliq qurilmalarda sheben tozalovchi mashinalarni
o„tkazish uchun yon trotuarlar o„rnatilmasligi mumkin.
Yo„lning to„g„ri uchastkalarida yo„l o„qidan panjaraning eng chiqqan
89
joyigacha bo„lgan masofa 2480mm dan kam bo„lishi mumkin emas.
Egrilikda joylashgan ko„priklarda bu masofa ortadi.
Uzunligi 50m dan katta bo„lgan barcha ko„priklarda, shuningdek tez
harakatli uchastkalarda va shimoliy klimatik zonada joylashgan uzunligi
25m dan ortiq bo„lgan ko„priklarda panagoh – maydonchalar o„rnatilishi
ko„zda tutilishi kerak. Panagoh – maydonchalar poezdlarning o„tish
vaqtida odamlarni va materiallarni joylashtirish uchun xizmat qiladi.
Panagohlar uzaytirilgan temirbeton yoki metall konsollar ustiga har 50m da
(tez harakatli uchastkalarda har 25m da) shaxmat tartibida o„rnatiladi.
Yаngi ko„priklar uchun panagohning kengligi eng kamida 1m, uzunligi esa
eng kamida 3m bo„lishi kerak.
Rasm 7.4. Trotuar konsollari: a – metall konsol (planda trotuar plitasi ko„rsatilmagan);
b – temirbeton konsol; 1 – konsolni mahkamlash bolti; 2 – kommunikatsiyalar uchun
to„shama; 3 – tirgak sterjenlari
90
Do'stlaringiz bilan baham: |