2-savolning bayoni:
Ko’p asrlar davomida taraqqiy qilib kelgan qadimgi hind
madaniyati bir qator qo’shni xalqlarning madaniy taraqqiyotiga kuchli
ta’sir ko’rsatgan. O’z navbatida Hindiston tasviriy san’ati va
me’morchiligida (ayniqsa eramizning birinchi asrlarida) qadimgi
Yunoniston san’ati, shuningdek O’rta Osiyo mamlakatlari san’ati bilan
bog’liq qirralar ko’zga tashlanadi.
Hind madaniyatining yodgorliklari bo’lgan Moxenjodaro va
Xarappa xarobalaridan topilgan ko’plab miqdordagi qattiq tosh,
yumshoq steatit, fil suyagi va sopoldan qilingan muhrlarda muqaddas
qayvonlarning suratlaridan tashqari yozuvlar o’yib ishlangan. Hind
yozuvining eng qadimgi asarlari Shimoliy Hindistonda urug’chilik
tuzumining emirilish davridan boshlab eng qadimgi quldorlik
davlatlarining paydo bo’lganiga qadar ilmiy bilimlarning paydo bo’lishi
va juda qadimgi shakllanishi jarayonini kuzatish imkonini beradi.
Moxenjodaro va Xarappadan topilgan iyeroglif yozuvlar shuni
ko’rsatadiki, m.a. 3 ming yilliklardayoq Hindistonda o’ziga xos
ravishda vujudga kelgan suratli yozuv mavjud bo’lgan. Hindistonda
alifbo-bo’g’inli yozuv m.a. 3 asrda tarqalgan. Kxaroshti yozuvidagi
bitiklar shu davrga oid. Bu yozuv oromiy yozuvini qo’llash negizida
paydo bo’lgan bo’lishi mumkin. Ashoka yozuvlarining ko’pi braxma
yozuvining original qadimgi hind tizimida ko’lamida yozilgan bo’lib,
bu yozuvdan devanagari, shuningdek, ko’p sonli boshqa hind
alifbolarining ancha keyingi tizimlari taraqqiy etgan.
Moddiy madaniyat va san’at yodgorliklari asosida, Hind vodiysi
aholisining diniy tasavvurlari to’g’risida tushuncha hosil qilish
mumkin. Muhrlardagi tasvirlar bu yerda yashagan aholining daraxtlar,
hayvonlar, osmon jismlariga e’tiqod qilganidan guvohlik beradi. Ona
ma’buda haykalchasi dinning dehqonchilik xususiyatini ko’rsatadi.
92
To’rt hayvon qurshovida yog holatida turgan erkak ma’bud
dunyoning to’rt tomonini hukmdori deb qaraladi.
Qadimgi Hindistonning ko’pgina asarlari hozirgacha hinduizm
va buddizmning muqaddas kitoblari hisoblanadi. Yozma manbalar
bizgacha juda ko’plab yetib kelgan. Sanskrit tilini o’rganish qadimgi
til grammatik asarlariga, asosan Panini grammatikasiga (m.a.IV asr)
asoslanadi. Adabiyot asosan diniy madhiyalar (Rigveda” va boshqa
Vedalar) ritual sharhlar, nasihatlar to’plamidan iborat.
Ijtimoiy munosabatlarni o’rganish uchun asosiy manba bo’lib,
diniy-ahloqiy majburiyat-draxmalar («Manu qonunlari»), siyosat
san’ati
to’g’risidagi
(“Artxashastra”),
muhabbat
to’g’risidagi
(Kamasutra) maxsus traktatlardan foydalaniladi.
Tarixiy voqealar adabiyotda kam tilga olinadi. U ko’p hollarda
yarim afsonaviy qissalarda aks etadi. Yilnomalar eramizning I asrlarida
Tseylondagi budda ibodatxonalarida tuzilgan va boshqa asosan budda
ta’limotiga oid siyosiy-xo’jalik hujjatlari bo’lgan. Davlat va xususiy
arxivlar yetib kelmagan. Hujjatlar palma daraxti barglari, po’stloq
yoki mato parchasi kabi mo’rt asosda yozilgani uchun saqlanmagan.
Bizgacha faqat eramizdan avvalgi III-II ming yilliklarga oid
o’qish qiyin bo’lgan Hind sivilizatsiyasiga oid muhrlardagi qisqa
yozuvlar va Ashoki davri (m.a. III asr) yozuvlarigina yetib kelgan.
Ashoka ediktlari deb atalmish bu yozuvlar diniy-ahloqiy nasiqatlarni
hamda buddizmning keng yoyilishini, shuningdek Ashokaning diniy
faoliyatini tasvirlaydi.
Bu yerda me’morchilik, haykaltaroshlik va rassomlik san’ati bir-
biri bilan uyg’unlashgan holda rivoj topgan. Adabiy manbalarga ko’ra
m.av. birinchi ming yilliklarda, bu yerda dastlabki davlat paydo
bo’lgan davrda shu davlatlarda ajoyib, hashamatli yog’och
me’morchiligi ravnaq topgan.
Qadimgi Hindiston san’atining gullagan davri Ashoka
imperatorligi davrida (er.av.272-232) sodir bo’ldi. Ashoka hukmronlik
qilgan davrda buddizm keng yoyildi. Bu din ibodatxonalar qurilishiga,
tasviriy san’at namunalarining paydo bo’lishiga olib keldi. Buddaga
bag’ishlangan me’morchilik kompozitsiyalarida qadimgi hind
me’morchiligida mavjud an’analar, xalq mifologiyalari, Budda hayoti
va faoliyati bilan qo’shilib ketgan afsonalar o’z ifodasini topdi.
Qadimgi Hindistonda qurilish materiali sifatida asosan yog’och
ishlatilgan. Tosh va bronza haykaltaroshligi keyingi asrlardagina paydo
bo’lgan. Yana shuningdek, hind qadimiy obidalarini o’rganish asosan
93
XX asrda boshlandi. Faqat ozgina shaharlar, Moxenjodaro, Xarappa
katta maydonlarda qazib ochilgan.
Kundalik hayotda bo’ladigan ehtiyojlar hindlarni juda qadimgi
zamonlardayoq tabiatda bo’ladigan turli hodisalarni tartibli suratda
kuzatib borishga majbur etgan. Tibbiyot, astronomiya va matematika
sohasidagi dastlabki bilimlar ana shu tariqa vujudga kelgan.
Diniy-sehrgarlik dunyoqarashi hukmronlik qilgan davrda qadimgi
Sharqdagi boshqa xalqlarda bo’lgani kabi, qadimgi hindlarda ham
fanning boshlang’ich shakllari diniy e’tiqodlar va tasavvurlar bilan
chirmashib ketgan. Shuning uchun tibbiyot fani to’g’risidagi eng
qadimgi ma’lumotlar diniy “Veda” to’plamlarida, jumladan,
“Rigveda”da madhiyalarida va “Atxarvaveda”da saqlanib qolganini
ko’ramiz.
Qurbonliklar qilishning vaqtini aniqlash uchun osmon jismlarining
harakatini kuzatish talab etilardi, bu astronomiya bilimlarining
rivojlanishiga olib keldi. Murakkab mehroblar, diniy inshootlarning
qurilishi esa geometriya fanining taraqqiyotida muhim omil bo’ldi.
Vaqt o’tishi bilan qadimgi azayimxon, bxishaj (jinlarni quvlovchi)
garchi o’zining qadimgi nomini saqlab qolgan bo’lsa-da, sekin-asta
tabibga aylanadi. Vedalar tuzilayotgan davrdayoq hind tabiblari
anatomiyadan bir qadar xabardor bo’lganlar va ba’zi anatomik
atamalarni qo’llaganlar. Hali primitiv bo’lgan bu meditsinaning
taraqqiy eta borishi bilan, tabiblikning ba’zi bir ixtisoslari, chunonchi,
ichki kasalliklarni, ko’z kasalliklarini davolash, jarrohlik paydo bo’ladi.
Meditsina bilimlarining to’plana borishi eramiz boshlarida meditsina
sohasida dastlabki traktatlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi.
Eramizgacha bo’lgan VIII-VII asrlarda Hindistonda Lokayati (faqat
shu lokayani tan oluvchi kishilarning qarashlari) falsafiy ta’limoti
shakllana boshlaydi. Bu ta’limot asoschisi Brixaspati va uning
izdoshlari yerdan boshqa tarzda hayotning bo’lishi mumkin emas,
degan fikrni olg’a surdilar.
Charveka nomi bilan ataladigan qadimgi hind falsafiy oqimi
tarafdorlari esa, dunyoni tabiat hodisalarini qanday bo’lsa o’shanday
tushuntirmoq kerak, degan talabni ilgari surgan edilar.
Ular nuqtai nazaricha, butun olam olov, suv, havo, tuproq
yigindisidan iborat, inson ham ana shu to’rt unsur birikmasidan tashkil
topgan. Charvekalar dunyoni hech kim yaratgan emas, balki uning
zaminida moddiy elementlar birikishi yotadi, deb hisoblaydilar.
94
Hind xalqlari fan sohasida ham ulkan yutuqlarni qo’lga
kiritganlar. Masalan, matematika, astronomiya fanlari bo’yicha V
asrda mashhur olim Ar’iyabxattaxa harakatning nisbiyligi asosida
yerning o’z o’qi atrofida aylanishi va uning quyosh atrofida
aylanishini faraz qiladi. Matematikada nolning kiritilishi, arab
raqamlari deb aytiladigan raqamlar Hindistondan kelib chiqdi.
Hindlar yuqori nav po’lat ishlashni o’zlashtiradilar. Metall
san’atining noyob namunasi sifatida Sandra temir ustuni (o’tgan bir
yarim ming yil davomida bu temir ustunda biror zang paydo
bo’lmagan, bu yodgorlik hozirgacha yetib kelgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |