маъруза соат



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/53
Sana11.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#352059
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
Bog'liq
L. B. Qodirova jahon sivilizatsiyalari

 
2-savolning bayoni: 
 
Qadimgi Xitoy  mifologiyasi to’g’risidagi  manbalar asosan m.a. 
XI    asrga    oid.  Bu  afsonalar  mazmuniga    ko’ra  kosmogonik    miflar  
ichida  ilk,  tartibsiz  holatdan  tabiat    va  insonning    paydo  bo’lishi 
to’g’risidagi asosiy  konsepsiya, bo’linish va aylanish berilgan. Ulardan   
birinchisi  jonsiz    va  tirik    mavjudotlar  tartibsizligi,  ikki  ilk    unsur  
(erkak)ning boshlanishi Yan  va qorong’ulik (ayol) ning boshlanishi  - 
In paydo bo’lgan. Ikkinchi kontsepsiya barcha mavjudotlarning paydo 
bo’lishi bu transformatsiya natijasidir deb  tushuntiradi.  
Tabiat  kuchlari  va  ulardan    odamlarni    qutqargan    qahramonlar 
to’g’risida  afsonalar  ko’pchilikni    tashkil  qiladi.  Toshqin  va 
qurg’oqchilik  hodisalari afsonalarda ko’p tilga olinadi.  
Qadimgi xitoyliklar u dunyo to’g’risidagi tushunchalarida   yerda 
mavjud  bo’lgan  tartib-qoidalar  aks  ettiriladi.  Yerda  hokimiyat  vanga 
tegishli,  osmonda    hamma  jismlar  Oliy  xudo  (Di)ga  buysunadi.  Di 
qudratli, u odamlarga  marhamat  qiladi  yoki  ularni  baxtsizlik  bilan 
jazolaydi. U odamlarga hosilni  sovg’a qiladi, qurg’oqchilik yuboradi, 
yomg’ir  va shamol Diga bog’liq. Dining  yaqinlarini  Vanning  vafot 
qilgan  ajdodlari  tashkil  qiladi.  Vanning    ajdodlari    Dining 
topshiriqlarini  bajaradi  va  ular    Vanning    yerdam  berish  to’g’risidagi 
iltimosini  Diga    etkazadi.  Vanning  oliy  kohin    sifatidagi    vazifasi 
odamlar va xudolar  dunesi  o’rtasida  vositachi  bo’lgan o’z ajdodlari  
bilan muloqotni amalga oshirishdir.  
II-III  asrlarda  Xitoyga  budda  dini  kirib  keldi.  Afsonalarga  ko’ra, 
birinchi    budda  sutralari  (matn  yoki  qoida)  Xitoyga  oq  otda  olib 
kelingan:  bunga  xotira  sifatida  Loyan  shahri  yonida  budda  «Oq  ot 
ibodatxonasi»  qurilgan    va  hozirgacha    saqlanib  qolgan.  Xitoyda 
sutralarni  tarjima  qilish  va  budda  dinini  tarqalishi  IV-VI  asrlarga 
tegishlidir.  
 
Ilk    Xitoy  yozuvining  eng  qadimgi    yodgorliklari  m.a.  XIV-XI  
asrlarga oid fol ko’rish  yozuvlaridir. In yozuvlarining ko’pchilik qismi  
buyumlar    tasviridir.  In  belgilari  buyumlar  tasviri  yoki  murakkab 


 
86 
tushunchalarni  ifodalaydigan  ko’pgina    tasvirlar    qo’shilmasi  - 
ideogramma  ko’rinishidadir.  
In belgilarining hozirgi Xitoy iyerogliflaridan 3 xil farqli  tomoni 
bor.  Birinchidan,  har  bir  elementar  belgi  qandaydir  buyumning 
konturini tasvirlagan, ikkinchidan bir belgilini yozilishida  ko’p xilma-
xillik mavjud. Uchinchidan belgini qatorning nisbiy yo’nalishiga tomon  
harakati  hali  barqaror  bo’lmagan.  In  yozuvining  m.a.  I  ming    yillikda 
Chjoular tomonidan o’zlashtirilishi, uning taraqqiyotini uzib qo’ymadi. 
M.a.  II-I    ming  yilliklarda  iyerogliflarning  mahalliy  variantlari 
unifikatsiya    qilindi,  belgilarni    yozishning  yangi  husnixati  paydo 
bo’ldi.  
Qadimgi  Xitoyda  odatda    yupqa  yog’och    yoki  bambuk  
taxtachalariga  yozilgan.  M.a.  I    ming    yillikning  o’rtalarida  ipak  
matoga ham yozilgan. Yangi era boshida qog’oz kashf  qilinib ishlatila 
boshlandi va  qog’oz boshqa materiallarni siqib chiqardi.  
Chjango  davri  an’anaviy  ravishda  Xitoy  ma’naviy  madaniyati 
tarixida  klassik  davr  hisoblanadi.  Manbalarda  ta’kidlanganidek  “Yuz 
maktab  raqobati”  davri  bo’lgan  bu  davrda  qadimgi  Xitoyning  asosiy 
ta’limotlari:  konfutsiylik,  legizm,  daosizm  vujudga  keldi.  Konfutsiy 
(Kun-size m.a. 551-479-yillar) ta’limoti bo’yicha inson tabiatan ezgulik 
xislatiga  ega  va  o’z  burchini  sidqidildan  o’tashga  tayyor.  Konfutsiy 
barcha  ijtimoiy  munosabatlar  uchun  oilani  namuna  hisoblaydi.  Oilada 
kattalar  kichiklarga  g’amxo’rlik  qiladilar  va  ularni  tarbiyalaydilar, 
kichiklar ularni hurmat qiladilar va ularga bo’ysunadilar. Davlatga xalq 
farzandlar  o’rnida,  hukmdor  ota  o’rnida  bo’ladi,  hukmdor  o’z  shaxsiy 
manfaati emas xalq farovonligi to’g’risida g’amxo’rlik qilishi lozim.  
 
Eng qadimgi Xitoy she’riyati namunalari m.a. XI-VI  asrlarda jez  
ko’zalardagi  yozuvlarda  yetib  kelgan.  “Qo’shiqlar  kitobi”  qadimgi 
Xitoy  adabiyotining  haqiqiy  xazinasidir.  Bu  yodgorlik  4  bo’limga 
bo’lingan  («Podsholik  ahloqi»,    «Kichik  odalar»,  «Buyuk  odalar», 
«Madhiyalar») 305  poetik asarlar majmuasidan iborat.  
Musiqa,  poeziya  va  raqs    kabi  san’at    janrlari  Xitoyda  yuqori 
darajada  shakllangan. Xitoy  me’morchilik   san’atida  yog’och asosiy 
xom-ashyo  edi.  Xan  davrining  noyob  me’morchilik    yodgorligi 
imperiya  poytaxti  Chanyan    shahri    12  darvozali    devor  bilan  o’rab  
olingan.  Ma’muriy    binolar  sariq  rangda,  imperator  saroylari  qizil 
rangda  bo’yalgan. Xan davrida portret san’ati yuksak darajada bo’lgan, 
saroylar portret  freskalari bilan bezatilgan.  


 
87 
 
Qadimgi Xitoyda ilmiy bilimlar, ayniqsa, matematika rivojlangan. 
M.a.  II  asrda  to’qqiz  kitobdan  iborat  «Matematika»  traktati  tuzildi. 
Matematika bilan  yonma-yon astronomiya fani  ham  rivojlandi. M.a.  
104-yilda  bir  yil  365,25  kunga  tengligi  hisoblab    chiqildi  va  kalendar 
ishlab  chiqildi.  Qadimgi  Xitoyda  tibbiyot  sohasida  katta  yutuqlarga 
erishildi. M.a. III  asrda  Xitoy  vrachlari igna  bilan davolashni kashf  
qilganlar.  Tabiblar  52 kasallikni  davolashni  bilganlar, 280 davolash 
usulini qo’llaganlar.       
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish