маъруза соат



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/53
Sana11.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#352059
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53
Bog'liq
L. B. Qodirova jahon sivilizatsiyalari

 
2-asosiy savol bayoni:
 


 
78 
Markaziy va Janubi-Sharqiy Hindixitoy, Malakka yarimorolining 
shimoli  va  G’arbiy  Nusantara  orollaridagi  mon-kxmerlar    va 
austroneziyaliklar, G’arbiy Hindixitoydagi protobirmaliklar va monlar, 
shuningdek  zamonaviy  Yunnanning  bir  qancha  tay-austroosiyo 
guruhlarining ajdodlarida ilk sinfiy davlat madaniyati va mafkurasining 
shakllanishi  qadimgi  Sharq  sivilizatsiyalari  bilan  aloqalarning 
kuchayishi sharoitida kechgan.  
 
Hindiston hamda Shri-Lankadan hinduiylik va buddizmning kirib 
kelishi  diniy  me’morchilik  va  ikonografiyaning  umumqabul  qilingan 
qoidalarining shakllanishiga olib keldi.  
Arxeologik  tadqiqotlar  shuni  ko’rsatadiki,  Hindixitoy  yarim 
orolining  janubidagi  Bapnoma  shahri  kabi  nisbatan  taraqqiy  etgan 
markazlarda, hind markazining  yodgorliklari kirib kelishidan avvalroq 
qurilishning  g’isht  va  tosh  qo’llanilgan  avtoxton  an’analari  mavjud 
bo’lib,  ilk  kxmer  animistik  e’tiqodlariga  xizmat  qilgan  ibodatxonalar 
barpo etilgan.  
Bu  hududlarda  o’ziga  xos  obrazlar  va  mavzularga  ega  diniy  va 
dunyoviy  haykaltaroshlik,  naqsh-bezak  san’ati  mavjud  bo’lgan. 
Milodiy  II-V  asrlarda  Bapnom  va  Janubiy  dengizdagi  dengiz 
kommunikatsiyalarining  forpostlari  mahalliy madaniyatning hinduiylik 
va  buddizm  bilan  keng  tutashgan  zona  bo’lgan.  Ushbu  dinlar  austrik 
xalqlarning ajdodlarga sig’inish e’tiqodi va tabiatning iloha-ruhlari, boy 
diniy-mifologik  an’analariga  moslashtirilgan.  Me’morchilikda  bu  
podsho  hokimiyatining  vorisiyligi  muqaddaslashtirilgan,  Tog’ 
Podshoning  Shiva  qiyofasidagi  hinduiylashtirilgan  e’tiqodi  bilan 
bog’liq  ibodatxonalarning barpo etilishida namoyon bo’ldi.  
Bapnom Oy sulolasining so’nggi podsholari (kurunglar) (V-VI asr 
boshlari) Angkor-Boreya rayonida Shivaning Podshoning ilohiy timsoli 
bo’lgan, muqaddas  Tog’da  istiqomat qiladigan Girishi va Maxeshvara 
qiyofasidagi  ibodatxonalarini  barpo  etishgan.  Bu  an’ana  Chenla 
(Kambudjadeshining o’tmishdoshi) tomonidan qabul qilingan va uning 
bosh ibodatxonasi Lingvi Vat Pxuda aks etgan.  
 
Mazkur  mafkuraviy  tasavvurlar  bilan  bog’liq  ibodaxona 
me’morchiligining  yana  bir  markazi  milodiy  IV  asrda  Shiva-
Bxadreshvari  sulolaviy  e’tiqodi  yoyilgan  qadimgi  Tyampa  (Janubiy 
Vyetnamning 
Markaziy  qismidan  to  shimoligacha)  bo’lgan. 
Kxmerlarda  Tog’  Podsho  Eysora  nomi  bilan  ma’lum  bo’lgan  va 
ibodatxonalar shahri Misonda Shivalingi ibodatxonalari barpo etilgan.  


 
79 
Demak VI asrdayoq mahalliy mahobatli ibodatxona qurilishining 
ilk  shakllari  yaratilgan  va  u  keyinchalik  o’rta  asr  klassik 
me’morchiligiga,  aynan    “tog’-ibodatxona”  shakliga  asos  bo’lgan. 
Mahalliy  an’analarning  hinduiylik  (shivaizm,  vishnuizm)  va 
buddaviylik  tasavvurlar  bilan  uyg’unlashuvi  tufayli    “tog’-
ibodatxona”ning 
minorasimon 
yoki 
piramidasimon-terassali 
konstruktsiyasi  austroosiyo  (monlar,  kxmerlar  va  boshqalar)    va 
austroneziya xalqlari me’morchiligining barqaror modeliga aylandi.  
Buddizmning  tarqalishi  bilan  bog’liq  bo’lgan  yana  bir  muhim 
me’morchilik yodgorligi qo’ng’iroqsimon yoki dubulg’asimon stupalar 
bo’lib,  ular  “tog’-ibodatxona”  bilan  bir  qatorda  qadimgi  va  o’rta  asr 
Janubi-  Sharqiy  Osiyo  davlatlari  diniy  me’morchiligining  asosiy 
tuzilmasini  tashkil  etdi.  Dastlab  stupalar  Quyi  Birma  va  Tailand 
monlarida va O’rta Iravaddagi pyularning ilk Birma podsholigida  keng 
tarqaldi.  
Hindixitoy  yarimoroli  va  Nusantara  orollarida  ma’lum  bo’lgan 
diniy  ikonografiyada  dastlab  Budda  tasvirlari  milodiy  II-III  asrlardagi 
Amavarati maktabi  va  uning Shri-Lanka mahalliy variantlari ta’sirida 
yaratilgan.    Dong  –  Ziong  (Vyetnam),  Pong-Tuk  (Tailand),  Sungey-
Budjang  (Malakka  yarimoroli)  dagi  haykallarni  esa  Gupta  davri  hind 
obrazlarining    mahalliy  an’analar  bilan  uyg’unlashgan  budda 
ikonografiyasi  namunalari  sifatida  baholash  mumkin.  V-VI  asrlardagi 
so’nggi  Bapnom  budda  ikonografisida  qadimgi  kxmer  mahobatli 
haykaltaroshligining  ilk  namunalaridan  bo’lgan  yirik  yog’och 
haykaltaroshlik ajralib turadi. 
Mahalliy  toshga  va  yog’ochga  ishlov  berish  va  bronza  quyish 
san’ati  chuqur  ildizlarga  ega  bo’lganligi  sababli  antrpomorf  tosh  va 
metall  budda  haykaltaroshligi  tez  rivoj  topdi.  VSh    asrning  birinchi 
yarmida yuzaga kelgan Pnom Da uslubidagi Budda, Vishnu va boshqa 
hinduiylik  xudolarining  tasvirlarida    mahalliy  va  antik  an’analar 
uyg’unligi ko’zga tashlanadi.  
Qadimgi dunyo va o’rta asrlar chegarasida Janubi-Sharqiy Osiyo 
xalqlarining klassik san’ati xarakterini belgilab bergan alohida siyosiy-
mafkuraviy  omillarni  sanab  o’tish  lozim.  Birinchidan,  yirik  davlat 
birlashmalarining  mavjudligi  -  Chenla  (Kambudja),  Tyao-Pray 
havzasidagi  monlarning  Dvaravat  davlati,  Iravad  vodiysidagi 
Tarekkitar  (Shrikshetra)  ilk  Birma  podsholigi,  hozirgi  Janubi-G’arbiy 
Xitoydagi  Dal  (Nanchjao),  Tyampa  austroneziya  davlati,  Shrividjay 
(markazi  Sumatra  orolida)  va  Yava  orolidagi  Mataram.  Navbatdagi 


 
80 
omil  hinduiylik  va  buddizm  qobig’ida  hukmdor-xudo  rasmiy 
e’tiqodining,  ajdodlarga  sig’inish  e’tiqodining  turli  an’anaviy 
shakllarining  yanada  rivojlanishidir.  ”Keng  yo’l”  (maxayana) 
buddizmining va ayniqsa vajrayana buddizmi afsonaviy mafkurasining 
tarqalishi yana bir muhim omil bo’lgan.  
Badiiy  madaniyatning  muhim  yutuqlari  bu  omillar  bilan  bog’liq 
bo’lgan va  ilk o’rta asrlar klassik me’yorlariga asos bo’lgan.  
1.
 
“Tog’-Ibodatxona”  me’morchilik  obrazi  kxmerlarlarning 
prasat,  tyamlarning  kalan,  yavaliklarning  chandi,  malayyaliklarning 
biaro modellariga asos bo’lgan. Bu me’morchilik shakllarining barchasi 
zinapoyasimon  piramida  “tog’”  ning  yuqorisida  barpo  etilgan 
minorasimon,  terassa-minorali  ibodatxonalardir.  Me’morchilikning 
ahamiyatga  ega  mahalliy  yo’nalishlarining  barchasida  ibodatxona 
qurilishiga o’z an’analariga mos holda o’zgarishlar kiritilgan.  
2.
 
Haykaltaroshlikning  yetakchi  yo’nalishlari  yuqorida  qayd 
etilgan  me’morchilik,  ya’ni  ibodatxona  majmualari  bilan  bog’liq 
bo’lgan.  Kxmerlarning  Sambor  Prey  Kuk  va  Prasat  Andetdagi 
hinduiylashtirilgan  xudolari    va  ayniqsa  mashhur  Xarixara  (Shiva-
Vishnu)  haykallarida  hukmdor  hokimiyatining  muqaddasligi  va  uning 
o’limidan so’ng ilohiylashtirilishi bilan bog’liq g’oyalar  aks etgan. 
3.
 
Qadimgi  dunyo  va  o’rta  asrlar  chegaralarida  mahobatli 
san’atning  budda  aqidalari  doirasidagi  mahalliy  me’yorlari  ishlab 
chiqilgan.  Masalan,  Markaziy  Yavadagi  Borobudur  ibodatxoan 
majmuasida  (VIII  asr  oxiri  -    IX  asr  boshi)  muqaddas  Tog’,  stupa  va 
piramida obrazlari birlashtirilgan.  
4.
 
Vyetnam  madaniy  arealida  “shimoliy  mustaqillik”  davrida 
(m.a.  I  asr  –  milodiy  IX  asrlar)  xitoy  sivilizatsiyasining  ta’siri 
Dongshon  sivilizatsiyasi  vakillari-lakvyetlar  an’analari  bilan  to’qnash 
keldi.  Dxyana  buddizmining  qabul  qilinishi  va  adaptatsiya  qilinishi 
o’ziga  xos  qirralarga  ega  alohida  me’morchilik,  haykaltaroshlik  va 
naqsh  san’ati    yodgorliklarining  paydo  bo’lishi  bilan  birga  borgan 
(Dayla  va  Lyuilaudagi  budda  va  fuqarolik  inshootlari,  Tenzudagi 
stupalar modellari, turli dafn buyumlari). 
Qadimgi Janubi-Sharqiy Osiyo sivilizatsiyalarining badiiy merosi 
hozirda  ushbu  hududda  istiqomat  qiladigan  etnoslar  an’anaviy 
madaniyatining ajralmas qismini tashkil etuvchi  madaniy qadriyatlarni 
yetkazishda katta rol o’ynadi.  
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish