Buxoro davlat tibbiyot instituti kurbanova gulnoz negmatovna kasbiy pedagogika



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/180
Sana11.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#347011
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   180
Bog'liq
fayl 1709 20210831

4.
 
Xulosa (refleksiya): 
Uchinchi bosqich  —  refleksiya  bosqichi  —  muayyan  yagona yoki  muro-sali 
fikr,  qarashlar,  qarorlarni  ishlab  chiqishni  nazarda  tutadi.  Bu  bosqichda 
mashg‘ulotning  nazorat  funksiyasi  amalga  oshiriladi.  O‘qituvchi  tomonidan  hal 
etiladigan vazifalarni quyidagicha ifodalash mumkin: 
–  o‘tkazilgan  diskussiyani  tahlil  qilish  va  baholash,  natijalar-ni  sarhisob 
qilish.  Buning  uchun  diskussiya  boshida  shakllantirilgan  maqsad  va  olingan 
natijalarni taqqoslab, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini aniqlash, xulosa chiqarish, 
qaror qabul qilish, natijalarni baholash lozim; 
–  diskussiya  qatnashchilarining  yagona  fikrga  kelishlariga  yordam  berish. 
Bunga turli yondashuvlarni diqqat bilan tinglash, qaror qabul qilish uchun umumiy 
g‘oyalarni topish orqali erishish mumkin; 
– qatnashchilar bilan birgalikda jamoaviy qaror qabul qilish, shu bilan birga 
turli fikr va yondashuvlarning muhimligini alohi-da e’tirof etish lozim; 
– yakuniy so‘zida guruhni nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan 
xulosalarga yo‘naltirish lozim. 


131 
 
DEBAT 
DEBAT  –  tingovchilarga  mavzu  yuzasidan  taqdim  etilgan  asosiy  fikr 
bo‘yicha erkin fikr bildirish, fikr almashish. Debat qatnash-chilari misollar, faktlar 
keltiradi, axborot beradi, ularni asos-lantiradi, mantiqan isbotlaydi, tushuntiradi va 
h.  k.  Debat  tartibi  shaxslarga  baho  berish,  emotsional  ko‘rinishlarni  namoyon 
etishga  yo‘l  qo‘ymaydi. Muammo  yuzasidan  alohida ishtirokchining  munosa-bati 
emas, balki muammoning o‘zi muhokama qilinadi. 
Debatning  diskussiyadan  asosiy  farqi  quyidagicha:  debat  qo‘yil-an  savolga 
«ha»  yoki  «yo‘q»  degan  qat’iy  javob  olishga  bag‘ishlanadi.  Ya’ni  bir  guruh 
(tasdiqlovchilar)  ijobiy  javob  tarafdorlari,  ikkinchi  guruh  (inkor  etuvchilar)  esa 
inkor  etuvchi  javob  tarafdor-lari  hisoblanadi.  Har  bir  guruhning  ichida  2  kichik 
guruh  shakllanishi  mumkin,  birinchisi  –  dalil  to‘playdi,  ikkinchisi  –  qarshi  dalil 
ishlab chiqadi. 
Debatlar quyidagilarni shakllantiradi: 
– o‘z nuqtai nazarini shakllantirish va uni himoya qilish qobiliyatini; 
– notiqlik mahoratini va dialog olib borish qobiliyatini; 
– jamoaviy ruh va yetakchilik xususiyatlarini. 
Debat dialog olib borish uchun zarur bo‘lgan quyidagi ko‘nikmalarni 
shakllantiradi va layoqatni rivojlantiradi: 
– tanqidiy fikrlash (muhokama qilinayotgan fikr va g‘oyalarni shakllantirish, 
tahlil qilish va asoslash uchun zarur bo‘lgan ratsional, refleksiv va ijodiy fikrlash); 
– o‘zaro fikr almashinuv madaniyatini, omma oldida chiqish qilish 
ko‘nikmalarini; 
 
–  tadqiqot  o‘tkazish  ko‘nikmalarini  (keltirilayotgan  dalillarni  isbotlash  va 
misollar keltirish uchun axborot manbalari bilan ishlashni talab qiladi); 
– tashkiliy ko‘nikmalarni (nafaqat o‘zini tartibga solishni, balki bayon etilgan 
materiallarni tartibga solishni nazarda tutadi); 
–  tinglash  va  yozib  olish  ko‘nikmalarini  shakllantiradi.  Debatlarda  ikkita 
jamoa  ishtirok  etadi  (bittasi  asosiy  fikrni  tasdiqlaydi,  ikkinchisi  inkor  etadi). 


132 
 
Jamoalar  debat  hajmidan  kelib  chiqqan  holda  ikki  yoki  uchta  ishtirokchi 
(spikerlar)dan  tash-kil  topadi.  O‘yin  mazmuni  betaraf  bo‘lgan  uchinchi 
tomon, ya’ni hakamlarni jamoa tomonidan keltirgan dalillarning to‘g‘riligiga 
ishontirishdan iboratdir. 
Debatlarning har bir bosqichi o‘zining tuzilishi va foydala-niladigan metod va 
usullar tizimiga ega. 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish