Buxoro davlat tibbiyot instituti kurbanova gulnoz negmatovna kasbiy pedagogika


Kasb  ta’limida  o‘quvchilarning  o‘quv  faoliyatini  aktivlashtirishning



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/180
Sana11.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#347011
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   180
Bog'liq
fayl 1709 20210831

Kasb  ta’limida  o‘quvchilarning  o‘quv  faoliyatini  aktivlashtirishning 
noan’anaviy  metodlari. 
Agar  ta’lim  jarayoni  o‘quvchida  faol  harakat,  bilim  va 
ko‘nikmalar orttirish  ishtiyoqini  uyg‘otsagina  samarali  kechadi va sifatli natijalar 
beradi. 
O‘quv faoliyatini bunday tashkil qilish uchun uning barcha usullari - og‘zaki, 
ko‘rgazmali va amaliy, reproduktiv, qidiruv, induktiv hamda diduktiv, shuningdek, 
mustaqil  ish  usullaridan  foydalaniladi.  Ta’lim  jarayonida  rag‘batlantirishning 
asoslash  vazifasini  o‘taydigan  bu  usullarni  shartli  ravishda  ikki  guruhga, 
o‘quvchilarning bilish ishtiyoqini uyg‘otuvchi hamda ta’limda burch va mas’uliyat 
tuyg‘usini shakllantiruvchi usullardan iborat guruhga ajratish mumkin. 
Bu  jarayonda  o‘quv  faoliyati,  uning  mazmuni,  shakli  va  amalga  oshirish 
usullariga munosabatda ijobiy  hissiyotning yuzaga kelishini ta’minlash muhimdir. 
Qissiy holat, doimo ruhiy to‘lqin iztirobi bilan hozirjavoblik, xamdardlik, quvonch, 
g‘azab,  hayratlanish  o‘zaro  bog‘liqdir.  SHuning  uchun  ham  diqqat,  eslab  qolish, 
anglash  jarayonlariga  bunday  holatda  o‘quvchining  chuqur  ichki  kechinmalari 
qo‘shiladiki,  bu  jarayonni  qizg‘in  kechadigan  qiladi  va  maqsadga  erishish 
ma’nosida ancha samarali bo‘ladi. 
Masalan, tajribali o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan urush mavzuini o‘rganishda 
shunday  material  va  faktlarni  tanlaydilarki,  ular  o‘z  badiiyligi,  yorqinligi  hamda 
hissiyligi  vositasida  ularda  fashizmga  nafrat  kechinmalarini,  jonajon  xalqidan 
faxrlanish,  bu  murosasiz  jangdagi  buyuk  g‘alabadan  shodlanish  tuyg‘usini 
uyg‘otadi. 


99 
 
Ta’limni  hissiy  rag‘batlantirish  usullaridan  biri,  darsda  qiziqarli  vaziyatni 
yaratishdir. Bunda gap o‘quv jarayoniga qiziqarli misollarni, tajribalarni, faktlarni 
kiritish  ustida  boradi.  Masalan,  fizika  kursida  «fizika  ro‘zg‘orda»,  «fizika 
ertaklarda»  kabi  misollar  bo‘lishi  mumkin.  Bunday  qiziqarli  faktlarni  tanlash 
o‘quvchilarda  hozirjavoblikni  shakllantiradi.  Bu  ish  ko‘pincha  o‘quvchilarning 
o‘ziga topshiriladi. 
Tajribali  o‘qituvchilar  o‘qishga  qiziqishni  oshirish  uchun  ulug‘  olimlar  va 
jamoat  arboblari  hayoti  hamda  faoliyatiga  bag‘ishlangan  badiiy  adabiyot  dan 
parchalarni tahlil qilishdan foydalanadilar. 
Qissiy kechinmalar hayratlanish usulini qo‘llash yo‘li bilan ham hosil qilinadi. 
Qeltirilgan  faktning  odatdagiday  emasligi,  darsda  namoyish  qilingan  tajribaning 
favquloddaligi, ma’lumotlarni mohirona qiyoslash, misollarning ishonarli bo‘lishi 
o‘quvchilarda chuqur hissiy kechinmalarni tug‘diradi. 
Rag‘batlantirishning  usullaridan  biri  ayrim  tabiat  hodisalarini  ilm-fan  nuqtai 
nazaridan  kelib  chiqib  tushuntirishdir.  Masalan,  bunda  o‘quvchilarga  vaznsizlik 
holati,  erkin  tushish  va  suzish  qonunlarining  ilmiy  hamda  hayotiy  talqinlarini 
taqqoslash taklif qilinadi. 
Dars davomida hissiy vaziyatnn yaratish uchun o‘qituvchi nutqining badiiyligi 
va yorqinligi katta ahamiyat kasb etadl. O‘qituvchining nutqi bularsiz ham axborot 
sifatida  foydali  bo‘lsa-da,  lekin  u  o‘quvchining  o‘quv  -  bilish  faoliyatini 
rag‘batlantirish  vazifasini  keraklicha  oshirolmaydi.  Qiziqishni  shakllantirish 
usullari nutqning badiiyligi, obrazliligi va yorqinliligini ta’minlash bilan birga o‘z 
navbatida  o‘quv  faoliyatiga  ijobiy  munosabatni  uyg‘otishi  hamda  bilishga 
qiziqishni shakllantirishda dastlabki qadam bo‘lib xizmat qilishi ham kerak. 
O‘quv faoliyatiga qizikishning asosiy manbai, avvalo, uning mazmunidir. Bu 
mazmun  kuchli  rag‘batlantiruvchi  ta’sir  ko‘rsatish  uchun  ta’lim  prinsiplari  qator 
talablarga  javob  berishi  lozim.  Bunda  ta’lim  mazmunining  rag‘batlantiruvchi 
ta’sirini  oshiradigan  ayrim  maxsus  usullari  ham  mavjuddir.  Ularga  birinchi 
navbatda yangilik va dolzarblik vaziyatlarini yaratuvchilik mazmunini, fan hamda 
texnikaning  eng  muhim  kashfiyotlarini  zamonaviy  madaniyat,  san’at,  adabiyot 


100 
 
yutuqlariga,  ijtimoiy-siyosiy  va  xalkaro  hayot  hodisalariga  yaqinlashtirishni 
kiritish mumkin. Ana shu maqsadda o‘qituvchi mamlakat jamoatchiligida alohida 
qiziqish  uyg‘otayotgan,  vaqtli  matbuotda  e’lon  qilinayotgan,  televidenie  va  radio 
orqali berilayotgan faktlar, rasmlarni maxsus tanlaydi. Ana shundagina o‘quvchilar 
darsda  o‘rganilayotgan  masalalarning  muhimligini  yorqin  va  chuqur  his  qiladilar 
va shunga asosan unga katta qiziqish bilan yondashadilar. 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish