Buxoro davlat tibbiyot instituti kurbanova gulnoz negmatovna kasbiy pedagogika


Ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/180
Sana11.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#347011
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   180
Bog'liq
fayl 1709 20210831

8.2. Ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari. 
Darsni 
to‘lg‘azadigan 
va 
o‘quvchilarning 
politexnpk 
ta’limiga 
ko‘maklashadigan  ta’limning  tashkiliy  turlaridan  biri  praktikum  hisoblanadi. 
Praktikumlar yuqori sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladi va o‘zida o‘quvchilar dastur 
asosida  ma’lum  bir  belgilangan  ishlarni  bajaradigan  tajribaviy  hamda  amaliy 
mashg‘ulotlarni  namoyon  etadi.  Praktikumlar  tajribaxonalarda,  ustaxonalarda, 
o‘quv kabinetlari va o‘quv-tajriba uchastkalarida, o‘quvchilarning ishlab chiqarish 
kombinatlari hamda o‘quvchilarning ishlab chiqarish brigadalarida o‘tkaziladi. 
Quyi  sinflarda  o‘tkaziladigan  odatdagi  va  amaliy  mashg‘ulotlar  bilan 
qiyoslaganda ular o‘quvchilarning topshiriqni bajarishga ijodiy yondoshuvi va juda 
katta mustaqilligi bilan farq qiladi. 
O‘qituvchi praktikumga ajratilgan vaqt doirasida ish rejasini tuzadi, darsliklar 
va o‘quv qo‘llanmalarida mavjud bo‘lganlarga qo‘shimcha ravishda zarur bo‘lgan 
yo‘riqnomalar hamda ko‘rsatmalarni tayyorlaydi. O‘quvchilar bir vaqtning o‘zida 
bir xil topshiriqlarni bajarishlari mumknn. Sinfdagi har bir o‘quvchini ta’minlash 
uchun  o‘quv  qurollari  etmagani  yoki  ishning  murakkabligi,  uni  bir  o‘quvchi 
tomonidan  bajarilishini  qiyinlashtiradigan  holatlarda  topshiriq  butun  guruh 
tomonidan  tashkil  etiladi.  SHu  bilan  birga,  praktikumning  dasturida  nazarda 
tutilgan  hamma  ishlarni  bajarish  har  bir  o‘quvchi  uchun  majburiy  hisoblanadi. 
O‘qituvchi  doimiy  rahbarlikni  amalga  oshira  borib  va  zarur  yordamni  ko‘rsata 


105 
 
borib praktikumning topshiriqlarini bajarish davomida o‘quvchilar musta-qilligini 
yuqori darajasiga erishadi. 
YUqori  sinflarda  seminarlar  odatda,  ko‘pincha  ijtimoiy  yo‘nalishdagi  fanlar 
yuzasidan  dasturlarning  asosiy  bo‘limlarini  o‘rganganlaridan  so‘ng  o‘tkaziladi. 
Ta’limning  ushbu  tashkiliy  turidan  foydalanish  o‘rganilgan  materialni  nazariy 
umumlashtirishni  o‘tkazishga  imkoniyat  yaratadi,  o‘quvchilarni  mustaqil 
ma’lumotlar  bilan  chiqishlar  qilishga,  bahslashishga,  o‘z  fikrini  himoya  etishga 
o‘rgatadi va o‘quvchilarni ijtimoiy hayotda ishtirok etishga hamda ta’limni davom 
ettirishga tayyorlaydi. 
Seminar mashg‘ulotini o‘tkazishning rejasi o‘qituvchi tomonidan muddatidan 
avval tuzilib qo‘yilgan bo‘ladi va uni o‘quvchilar bilan muhokama etish jarayonida 
tuzatilib, to‘ldirilib boriladi. Qabul qilingan rejaga muvofiq ravishda seminarga har 
bir  o‘quvchining  va  butun  sinfning  tayyorlanish  dasturi  o‘rnatiladi,  topshiriqlar 
taqsimlanadi, o‘rganish zarur hisoblanadigan adabiyotlar (hamma uchun majburiy) 
tavsiya  etiladi.  Seminarda  o‘quvchilarning  ma’ruzalari  ko‘pincha  muammoviy 
ko‘rinishda  qo‘yiladi.  O‘qituvchi  ularning  tayyorlanishlariga  rahbarlik  qiladi 
hamda zarur maslahatlar beradi. 
Seminar mashg‘ulotlari odatda mazkur seminarning asosiy vazifalari ko‘rsatib 
o‘tiladigan,  muhokama  etish  muammolari  ilgari  suriladigan  qisqagina  kirish 
so‘zidan  boshlanadi.  Seminar  mashg‘ulotlari  o‘quvchilarning  yaxshi  o‘ylab 
ko‘rilgan  xatti-harakati  va  juda  ham  mustahkam  tayyorlanishi  bilan 
ta’minlanadigan mustaqilliklari va yuqori darajadagi faolliklarini namoyon etishga 
mo‘ljallangandir.  Ba’zida  ma’lumotlar,  ma’ruzalar,  referatlarning  mavzularini 
oldindan  taqsimlamasdan,  seminar  mashg‘ulotni  o‘tkazishning  hamma  rejasi 
yuzasidan har bir o‘quvchining tayyor bo‘lishlarini va o‘zining tashabbusiga ko‘ra 
yoki o‘qituvchining chaqirishi bilan so‘zga chiqishga tayyor turishlari tayinlanadi. 
Seminarga tayyorlanishning bunday metodikasi ayrim, aloxida o‘quvchilar tomoni-
dan chuqur o‘rganishni talab etmaydigan murakkab savollar bo‘lgan hollardagina 
o‘zini  oqlaydi.  Ba’zan  asosiy  ma’ruzachilardan  tashqari,  seminar  o‘tkazilishini 
faollashtiradigan  opponentlar  ham  tayyorlana-dilar.  Mashg‘ulot  jarayonida  o‘tkir 


106 
 
va  kundalik  muammolarni  chetlab  o‘tmasdan  munozara  yasash  zarur. 
Mashg‘ulotning  so‘lgida  o‘qituvchi  imkoniyati  doirasida  ularni  ta’limning  real 
vazifalari bilan bog‘lab, xulosa chiqaradi. 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish