108
Uchinchi kursda, o‘qituvchi talabalardan o‘zlari muallif sifatida bu fikrni
yozma ravishda qanday ifodalagan bo‘lar edingiz, yozib bering deb, topshiriq
beradi.
To‘rtinchi kursda, talabalar yozgan javoblar o‘zaro tekshiriladi va muhokama
qilinadi. Muhokama individual yoki kichik guruhlar bo‘yicha olib borilishi
mumkin. Asosiy maqsad, yozilgan fikr tanqid qilingan muallifnikiga qaraganda
tushunarliroqmi yoki aksinchaligini aniqlash.
Talabalar o‘z fikrlarini bildirgach, ularni solishtirib, o‘qituvchi o‘zi yakun
yasaydi. Ana shu parchani tushunish uchun avvaldan nimalarni o‘qigan bo‘lishi,
nimalarni bilish kerak? va hokazo.
Topshiriqni bajarilishiga qarab talabalaiga ball beriladi
Bunday usulni qo‘llash talabalarni o‘qishni faol o‘rganishga undaydi. Undan
tashqari talabalarni o‘z
fikrlarini asoslashga, materialni taqdim qilishni o‘igatadi.
«Muallifdan so‘rang» usuli bo‘yicha talabalar o‘zlari yangi matn bilan ishlab,
yozishni o‘rganishadi.
Ko‘pincha, talabalar oliy o‘quv yurtini bitirib, ishga tushganda ustozlar
hayron bo‘lishadi, nahot shu narsalami bilmaydi, o‘quv yurtini bitirib keldi-ku, u
yerda bu narsalarni o‘qitgan, o‘rgatgan bo‘lishi kerak edi, deb. Psixologlarning
fikricha, buning asosiy sababi, eng avvalo, har bir kishi o‘qishdan aniq maqsad
qo‘ymas ekan, ko‘zlagan natijaga erishib bo‘lmaydi. Agar aniq maqsad
qo‘yilmasa, bilimli mutaxassis emas, o‘qiganini tutiqushdek takrorlovchi, bilganini
real hayotda qanday qo‘llashni bilmaydigan bitiruvchilar tayyorlanadi.
Talabalar kitob yoki maqola o‘qir, ekan, unga olgan bilimi yoki undagi
berilgan axborotdan joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat topshirishda yoki ball
to‘plashda qanday foydalansam bo‘ladi, degan nuqtayi nazardan qaraydi. Kasb
egasi bilimi jihatidan undan ustun bo‘lmasada, mutaxassisligi bo‘yicha qo‘liga
kitob tushsa, eng avvalo, undan ish jarayonida qanday foydalanish mumkinligiga
e'tibor qaratadi. Akademik va amaliy bilimning asosiy farqi ham ana shunda.
Shuning uchun ham hozirda o‘quv yurtlarini bitiruvchilarni egallayotgan
kasblari bo‘yicha amaliyot bilan bog‘lashga alohida ahamiyat berilmoqda. Bunda
109
nazariya bilan amaliyotni bog‘lovchi dars o‘tish metodlarini qo‘llash muhim
ahamiyatga ega.
Kitob o‘qituvchi tomonidan tavsiya qilinishi yoki talabalarning o‘zlari
tanlashlari mumkin. o‘qituvchi talabalrning hikoyasini tinglab yoki esselarini
o‘qib, uni - naqadar real hayot bilan bog‘langanligi, fikrning originalligi, bayon
qilinishiga qarab ball berishi lozim.
Bu metodni qo‘llashda o‘qituvchi avvaldan qaysi mavzu yoki savolni shu
metod yordamida organishni aniqlaydi. O‘rganilgan mavzu bo‘yicha savollar va
ularning javoblarini, o‘qiladigan maqola, darslikdagi paragraf yoki ma'ruza matni,
yangi mavzu bo‘yicha bilish lozim bo‘lgan savollar va ularga javoblarni
tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: