6.2. Darsda va darsdan tashqari vaqtda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish
hamda olib borish xususiyatlari
XXI asr insoniyat tarixiga globallashuv asri bo‘lib kirdi. Azaliy milliy
qadriyatlarni qadrsizlantiruvchi “ommaviy madaniyat”, informatsion xurujlar,
axloqsizlik falsafasi, ekstremizm, nigilizm, o‘z demokratiya modellarini joriy etish,
“dunyo fuqaroligi”ni (kosmopolitizm), missionerlik, prozelitizmni madh etuvchi
saytlar, turli shoular, ko‘ngilochar ko‘rsatuvlar va musiqiy kanallar tashkil
etilmoqda.
Har bir ota-ona o‘z bolasini baxtli bo‘lishi uchun astoydil, har kuni tarbiyalash
zarurligini yaxshi biladi. Biroq, farzandlarini o‘z vaqtida, ilk yoshlardan,
bosqichma-bosqich, uzluksiz tarbiyalashga e’tibor berishmaydi.
Tarbiya deganda aksariyat oilalarda bola bilan gaplashib qo‘yish, nasihat,
tanbeh berish, ta’lim muassasalarida esa chiroyli so‘zlash, yoqimli fazilatlarni
95
madh etish, bayramlarda, tadbirlarda Vatan haqida she’rlar o‘qish, qo‘shiq aytish,
raqsga tushish tushunilmoqda. Tarbiya natijasi deganda ota-onalar bolalarning
sog‘lomligi va xushmuomalaligi tushunilsa, ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan
tadbirlar ko‘rsatilmoqda. Eskicha yondoshuvda ta’lim – natijali, o‘lchov mezonlari
mavjud, tarbiya esa – natijasi ko‘rinmaydigan, o‘lchov mezonlarini aniqlash
mumkin bo‘lmagan tushuncha sifatida tan olindi. Oila bilan ta’lim muassasasi
orasida tarbiya masalasida sansalorlik yuzaga keldi.
Eng muhimi, uzoq yillar davomida “uzluksiz ta’lim”ga mutanosib “uzluksiz
tarbiya” yo‘lga qo‘yilmadi. Tarbiya bolalar ta’limdan bo‘sh vaqtida amalga
oshiriladigan qo‘shimcha yuklamaga – ikkinchi darajali ishga aylandi. Buning
oqibatida tarbiya uzuq-yuluq jarayon bo‘lib keldi. Jamiyatning pedagogik
madaniyati
pasayib,
maktabgacha
ta’lim,
maktab
pedagoglari,
ota-onalarning tarbiyaga oid pedagogik-psixologik bilimlari zamon talablariga
javob bermayapti. Aslida maktabning muammosi bo‘lgan davomat – ijtimoiy
muammoga aylanib, ichki ishlar xodimlari, mahalla faollarining ishiga aylandi.
Ana shunday xatolardan eng ko‘p tarqalgani – og‘zaki tarbiya davom etmoqda.
Ota-onalar, maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilari, maktab o‘qituvchilari
bolalarga Vatanga sadoqat, mas’uliyat, tadbirkorlik va boshqa fazilatlar haqida
gapirib, she’rlar o‘qib, hikoyalar qilib berish bilan cheklanilmoqda. Natijada
fazilatlar bolalarning odatlariga aylanmayapti. Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amalga
aylanmayapti. Buning oqibatida yoshlarning Vatanga sadoqat, mas’uliyat,
tadbirkorlik, mehr-oqibat haqida so‘zlari bilan yoshiga mos amallari orasida
ziddiyat namoyon bo‘layapti. Bu esa har yili mustaqil hayotga kirib kelayotgan yuz
minglab 18 yoshli o‘g‘il-qizlarning hayot uchun zarur ijtimoiy kompetensiyalarsiz,
mustaqil hayotga tayyorlanmay kirib kelishlariga sabab bo‘lmoqda.
Tarbiyada yo‘l qo‘yilgan xatolar birdaniga ko‘rinmaydi. Noto‘g‘ri tarbiyaning
asoratlari oradan ko‘p yillar o‘tgach, jamiyatda inson omili tufayli yuzaga
keladigan ijtimoiy muammolarda ko‘rinadi. Bugungi kunda O‘zbekistonning
peshqadam yoshlari davlat, ota-onalarining maqsadli, uzluksiz tarbiyalari tufayli
turli sohalarda, jahon miqyosida mislsiz yutuqlarni qo‘lga kiritishmoqda. Ayni
96
vaqtda OAVda jamiyatda ko‘p uchrayotgan noodatiy jinoyat shakllari, ayollar va
yoshlar orasidagi jinoyatchilik, oilaviy ajrimlar, korrupsiya, egotsentrizm, mehr-
oqibatning kamayishi, “ommaviy madaniyat”ga ko‘r-ko‘rona taqlid, loqaydlik,
boqimandalik, ekstremizm, terrorizm, begonalashuv, firibgarlik, o‘zibo‘larchilik,
mas’uliyatsizlik,
qadriyatlar
inqirozi,
zo‘ravonlik,
xo‘jako‘rsinchilik,
yolg‘onchilik, firibgarlik, axloqiy buzuqlik, el-yurt taqdiriga befarqlik kabi illatlar
keng muhokama qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |