Buxoro davlat tibbiyot instituti kurbanova gulnoz negmatovna kasbiy pedagogika


Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda topshiriqlar



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/180
Sana11.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#347011
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   180
Bog'liq
fayl 1709 20210831

Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda topshiriqlar: 
1.
 
Ta’lim  sohasida  xorijiy  tajribalarni  o‘rganishdan  maqsad  va  vazifalarini 
aytib bering. 
2.
 
YAponiyda kasbiy ta’lim qanday tashkil etilgan? 
3.
 
AQSHda kasbiy ta’lim tizimi xususida gapiring. 
4.
 
Germaniyada kasbiy ta’lim tizimi haqida ma’lumot bering. 
5.
 
Qiyosiy  tahlil  natijalari  asosida  Respublikamizda  kasbiy  ta’limning 
rivojlanish omillari haqida ma’lumot bering. 
6.
 
Rossiya kasbiy ta’lim tizimi haqida ma’lumot bering. 
 
5-MAVZU: KASBIY TA’LIMDA TA’LIM OLUVCHILAR SHAXSI 
Tayanch  tushunchalar: 
shaxs,  individ,  inson,  muhit,  irsiyat,  ta’lim  va 
tarbiya, rivojlanish, shaxsning faolligi, omillar, yosh davrlar. 
5.1.SHaxs rivojlanishining pedagogik-psixologik xususiyatlari.  
Pedagogika  nazariyasi  va  amaliyotining  asosiy,  murakkab  muammolaridan 
biri  shaxs,  uning  shakllanishi,  rivojlanishi  va  ijtimoiylashuvi  masalasidir.  Ushbu 
muammoning  turli  aspektlarini  turli  fanlar  tomonidan:  falsafa,  sotsiologiya, 
fiziologiya, anatomiya, psixologiya va b. o‘rganiladi. 
Pedagogika  ta'lim-tarbiya  jarayonida  shaxsni  rivojlanishi,  shakllanishi  va 
ijtimoiylashuvi uchun samarali sharoitlarini yaratilishini o‘rganadi. 
Bu  sharoitlarni  o‘rganishdan  oldin  mavzuga  tegishli  asosiy  tushunchalarni 
ko‘rib chiqaylik. Ushbu tushuchalar inson, shaxs, individ, individuallik. 


87 
 
Odam — bu nutq va tafakkurga ega bo‘lgan, mehnat qurollarini yaratuvchi va 
uni hayot jarayonida qo‘llash qobiliyatiga ega, o‘zida jismoniy va ma'naviy, tabiiy 
va ijtimoiy, irsiy va kashf qilingan xususiyatlarni o‘zida ifodalovchi tirik mavjudot. 
Shaxs  -  bu  ijtimoiy  rivojlanishning  mahsuloti,  mehnat,  muloqot  va  bilish 
subyekti sifatida aniq tarixiy sharoitda yashab, ijtimoiy funksiyani bajaruvchi inson 
hisoblanadi.  A.N.Leontevning  fikricha,  shaxs  ijtimoiy-tarixiy  va  insonni 
ontogenetik rivojlanishi mahsuli hisoblanadi. 
Individ  tushunchasi  insonni  tug‘ilishiga  taalluqli  bo‘lib,  aniq  ijtimoiy  va 
psixologik  xarakteristikaga  kirmaydi.  Individuallik  tushuncha  sifatida  individni 
boshqalaridan  farqlovchi,  ontogenez  jarayonida  shakllangan  jismoniy  va 
psixologik  xususiyatlarni  ifodalaydi.  Individuallik  insonni  qobiliyatlarida  va 
ehtiyojlarida, xarakterida va temperamentida ifodalanadi. 
Mutaxassislar  «odam»,  «individ»,  «shaxs»,  «individual»  tushunchalarini 
qiyoslash  natijasida  odam  individ  sifatida  tug‘ilib,  shaxs  sifatida  shakllanib, 
individuallik xususiyatlarini namoyon qiladi deb ta'kidlaydilar. 
Quyida  falsafa,  psixologiya  va  pedagogikada  rivojlanish,  shakllanish, 
ijtimoiylashuv tushunchalarini farqlanishini ko‘rib chiqaylik. 
Rivojlanish deganda nima tushuniladi? 
Ta'kidlash  lozimki,  rivojlanish  —  bu  tabiat,  jamiyat  va  insonni  umumiy 
xususiyatlaridir.  Rivojlanish  tabiatda  asta-sekinlik  bilan  va  har  xil  o‘zgarishlar 
bilan,  jamiyatda  evolutsion  va  revolutsion,  insonda  filogenez  (insonni  tarixiy 
rivojlanishi)  va  ontogenez  (individning  tug‘ilgandan  o‘lguncha  rivojlanishi) 
ko‘rinishlarda amalga oshadi. 
Falsafiy,  psixologik  va  pedagogik  adabiyotlarda  ushbu  tushunchaga  har  xil 
yondashuvlarda  qaraladi.  «Falsafiy  ensiklopediyada»  rivojlanish  harakatning 
yuqori  turi  sifatida,  materiya  va  ongning  o‘zgarishi,  bir  xil  sifatdan  ikkinchi 
sifatga,  eskidan  yangiga  o‘tish  sifatida  qaraladi.  Psixologiyada  «rivojlanish» 
atamasi  an'anaviy  tarzda  —  progressiv  (tizimni  murakkablashuvi)  yoki  regressiv 
(tizimni o‘zgarishi) o‘zgarishlar bo‘lganda qo‘llaniladi, masalan, xotirani, diqqatni, 
hissiy sohalarni rivojlanishi v.b. 


88 
 
Pedagogikada rivojlanish deganda, shaxsdagi bir yosh davrdan ikkinchi yosh 
davrga o‘tganda kuzatiladigan sifat va miqdor o‘zgarishlar tushuniladi. 
Shunday qilib, rivojlanish — bu insonni organizmidagi, ruhiyatidagi, aqliy va 
ma'naviy sohasidagi tashqi va ichki, boshqariladigan va boshqarilmaydigan omillar 
ta'siridagi  miqdor  va  sifat  o‘zgarishlaridir.  Insonni  hayoti  davomida  biologik  va 
ijtimoiy rivojlanish bo‘lib o‘tadi. 
Biologik  rivojlanish  morfologik  (bo‘yi,  og‘irligi,  hajmi.);  biokimyo  (qon 
tarkibi,  suyak,  muskul);  fiziologik  (ovqat  hazm  qilish,  qon  aylanishi,  jinsiy 
rivojlanish ) o‘zgarishlari bilan bog‘liq. 
Ijtimoiy  rivojlanish  psixik  (xotirani,  tafakkurni,  hissiyotni,  xarakterni 
shakllanishi);  ma'naviy  (axloqiy  shakllanish,  ongni  o‘zgarishi);  intellektual 
(bilimlarni kengayishi va chuqurlashuvi, aqliy o‘sish)o‘zgarishlar bilan bog‘liq. 
Insonni  biologik,  ijtimoiy  rivojlanishi—bu  ko‘p  omillar  ta'sirida  kechadigan 
murakkab,  uzoq  davom  etadigan,  ziddiyatli,  jarayon.  Shaxs  rivojlanishining 
ko‘rsatkichlari  insonni dunyoga bo‘lgan  munosabatidagi,  faoliyatidagi,  xulqidagi, 
onggidagi  sifat  o‘zgarishlari  hisoblanadi.  Rivojlanish  natijasi  —  insonni  biologik 
tur va ijtimoiy mavjudot sifatida shakllanishi hisoblanadi. 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish