Buxoro davlat tibbiyot instituti kurbanova gulnoz negmatovna kasbiy pedagogika


  Qiyosiy  tahlil  natijalari  asosida  Respublikamizda  kasbiy  ta’limning



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/180
Sana11.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#347011
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   180
Bog'liq
fayl 1709 20210831

4.3.  Qiyosiy  tahlil  natijalari  asosida  Respublikamizda  kasbiy  ta’limning 
rivojlanish omillari va uni o‘ziga xosligi 
2017  —  2021  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta 
ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasida  belgilangan  vazifalarni 
amalga  oshirish,  mehnat  bozori  talablariga  mos  yuqori  malakali  kadrlarni 
tayyorlash,  ta’lim  sifatini  baholashning  xalqaro  standartlarini  joriy  etish, 
innovatsion 
ilm-fan 
yutuqlarini 
amaliyotga 
tatbiq 
etishning 
samarali 
mexanizmlarini  yaratish  orqali  mamlakatda  ta’lim  tizimini  isloh  qilish  bo‘yicha 
izchil  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Shu  bilan  birga,  professional  ta’lim  dasturlari 
YUNESKO  tashkiloti  tomonidan  qabul  qilingan  Ta’limning  xalqaro  standart 
tasniflagichi  (MSKO)  darajalari  bilan  uyg‘unlashmaganligi,  o‘quv  jarayoniga 
O‘zbekistonning  Milliy  kvalifikatsiya  tizimi  to‘laqonli  joriy  etilmaganligi 
tayyorlanayotgan  kadrlarning  mehnat  bozorida  munosib  o‘rin  egallashlariga 
to‘sqinlik qilmoqda. 
Professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy  tajribalar asosida takomillashtirish, 
boshlang‘ich,  o‘rta  va  o‘rta  maxsus  professional  ta’lim  bosqichlarini  joriy  qilish 
orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda 
mazkur  jarayonga  ish  beruvchilarni  keng  jalb  qilish  maqsadida  2020/2021  o‘quv 
yilidan  boshlab  O‘zbekiston  Respublikasida  Ta’limning  xalqaro  standart 
tasniflagichi  darajalari  bilan  uyg‘unlashgan  yangi  boshlang‘ich,  o‘rta  va  o‘rta 
maxsus  professional ta’lim  tizimi  hamda  tabaqalashtirilgan  ta’lim  dasturlari  joriy 
etiladigan ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etilsin. 
Xalqaro  tasniflagichning  3-darajasiga  mos  keluvchi  ta’lim  dasturlari  asosida 
9-sinf  bitiruvchilarini  ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlashga  qaratilgan  boshlang‘ich 
professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari,  xalqaro 
tasniflagichning  4-darajasiga  mos  keluvchi  ta’lim  dasturlari  asosida  o‘rta 
professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari,  xalqaro 
tasniflagichning  5-darajasiga  mos  keluvchi  ta’lim  dasturlari  asosida  oliy  ta’lim 


85 
 
tizimi bilan integratsiyalashgan o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar 
tayyorlaydigan,  oliy  ta’lim  muassasalari  huzurida  faoliyat  yuritadigan  ta’lim 
muassasalarida amalga oshiriladi. 
Boshlang‘ich,  o‘rta  va  o‘rta  maxsus  professional  ta’lim  muassasalariga 
Xalqaro tasniflagich bo‘yicha asosiy ta’lim dasturlaridan tashqari quyi darajadagi 
ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash huquqi berildi. 
Tizimda mos ravishda boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim 
dasturlari  joriy  etilgan  kasb-hunar  maktablari,  kollejlar  va  texnikumlardan  iborat 
professional ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etildi 
 Kasb-hunar maktablarida kadrlar tayyorlash umumta’lim muassasalarining 9-
sinf  bitiruvchilari  hisobidan  shakllantirilgan  guruhlarda  2  yillik  umumta’lim  va 
mutaxassislik  fanlarining  integratsiyalashgan  dasturlari  asosida  kunduzgi  ta’lim 
shaklida amalga oshiriladi, ta’lim olayotgan o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat  byudjeti  hisobidan  bazaviy  hisoblash  miqdorining  bir  baravari  miqdorida 
oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan ta’minlanadi.  
Kollejlarda  kadrlar  tayyorlash  Xalqaro  tasniflagichning  kamida  3-darajasiga 
mos  ta’lim  dasturlarini  tamomlagan,  «Hayot  davomida  ta’lim  olish»  prinsipi 
asosida kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan kasblar 
va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda 
kunduzgi,  kechki  va  sirtqi  ta’lim  shakllarida  davlat  buyurtmasi  hamda  to‘lov-
kontrakt asosida amalga oshiriladi. 
Texnikumlarda kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3 yoki 4-
darajasiga  mos  ta’lim  dasturlarini  tamomlagan,  «Hayot  davomida  ta’lim  olish» 
prinsipi asosida kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan 
shakllantirilgan guruhlarda kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib 
chiqqan holda 2 yildan kam bo‘lmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim 
shakllarida  davlat  buyurtmasi  hamda  to‘lov-kontrakt  asosida  amalga  oshiriladi; 
o‘rta  maxsus  ta’lim  dasturlarini  muvaffaqiyatli  tamomlagan  bitiruvchilar  o‘z 
sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka 


86 
 
tartibdagi  suhbat  orqali  oliy  ta’lim  muassasalarida  2-kursdan  o‘qishini  davom 
ettirish huquqiga ega bo‘ladi; 
Kasb-hunar  maktablari,  kollejlar  va  texnikumlarga  idoraviy  bo‘ysunuvidan 
qat’i  nazar  o‘quv-metodik  rahbarlik  qilish  hamda  bu  sohada  davlat  siyosatini 
yuritish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 
amalga oshiriladi. 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish