Buxoro davlat tibbiyot instituti kurbanova gulnoz negmatovna kasbiy pedagogika



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/180
Sana11.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#347011
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   180
Bog'liq
fayl 1709 20210831

Fransiyada ta’lim tizimi 
Fransiya  jahondagi  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlar  ichida  yetakchi 
o‘rinlardan birini egallaydi. Uning ta’lim tizimlari ham qadimiy va boy tarixga ega. 
Bu  mamlakatda  «Ta’lim  haqidagi»  qonun  dastlab  1955  yilda  qabul  qilinib,  1975 
yilda unga qator o‘zgartirishlar kiritilgan. 
Fransiya  davlatining  hozirgi  davrda  amal  qilinayotgan  «Ta’lim  haqidagi 
qonun»i  1989  yil  10  iyulda  qabul  qilingan  bo‘lib,  uning  o‘zgartirilishiga  ta’lim 
strategiyasida  ro‘y  bergan  o‘zgarishlar  mamlakatning  ichki  tashqi  siyosatida 
islohotlar  yuzaga  kelgan  Iqtisodiy  sharoitlar  chet  el  pedagogikasidagi  ilg‘or 
texnologiyalarning mamlakat ta’lim tizimlariga kirib kelishi o‘quv predmetlarining 
integratsiyalari va boshqalar sabab bo‘ldi. 
Fransiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini 
ta’minlash,  uni  mustaqil  faoliyatga  tayyorlash,  bozor  munosabatlari  sharoitida 
o‘quvchilarni  tadbirkorlikka  ishbilarmonlik  va  omilkorlikka  o‘rgatish  shunga 
yarasha kasb-korga ega qilishdan iboratdir. Bu erda: 


83 
 
1. Davlat maktablari; 
2. Xususiy maktablar; 
3. Oraliq maktablar mavjud. 
O‘qitiladigan  predmetlar  ichida  fransuz  tili  va  adabiyoti  o‘qish  va  yozuv 
alohida  ahamiyatga  molik  bo‘lib  hisoblanadi.  Ular  uchun  dars  vaqtining  30% 
ajratiladi. O‘rtacha haftalik soatlar 26 soatdan iborat darsning davomiyliga esa 60 
minut. O‘quv yili 5 chorakka bo‘linadi. 
O‘quvchilar  11  yoshda  boshlang‘ich  maktabni  tugallab  o‘rta  maktabga 
o‘tadilar.  O‘rta  ta’lim  esa  kollejlar  va  litseylarda  amalga  oshiriladi.  O‘rta  ta’lim 
ikki bosqichda : 
 Birinchi bosqichda quyidagi predmetlar o‘rgatiladi: fransuz tili va adabiyoti, 
chet  tili  (ingliz  nemis  ispan.  italyan  tillari),  tarix,  Fransiya  geografiyasi 
matematika, tibbiy fanlar. 
SHunday  qilib  6-5-sinflar  umumiy  o‘rta  ta’lim  beradi:  4-3-  sinflarda 
o‘quvchilarga qobiliyati va moyilligiga qarab bilim beriladi. 
Birinchi  bosqich  yakunlagach  o‘quvchilar  kasbiy  yo‘nalishlari  bo‘yicha 
guvohnoma oladilar. SHundan keyin o‘quvchilar 15 yoshdan 18 yoshgacha ta’lim 
oladilar.  O‘qish  3  yil  davom  etib  2-  sinf  kichik  1-  sinf  o‘rta  va  yakunlovchi 
sinflarga bo‘linadi. 
O‘quvchilar  umumiy  ta’lim  va  texnik  litseylarni  tugatganlaridan  so‘ng 
bakalavr  unvoni  va  diplom  ishi  uchun  imtihon  topshiradilar.  Ana  shunday 
diplomga  ega  bo‘lganlargina  oliy  o‘quv  yurtlariga  kirish  huquqini  qo‘lga 
kiritadilar. 
 Fransiyada  talabalar  pedagogika,  politexnika  instituti,  oliy  ma’muriy 
maktablarga  kirish  uchungina  imtihon  topshiradilar.  Bundan  tashqari  shu  kasbga 
moyilligi ham alohida sinab ko‘riladi. Boshqa oliygohlarga va universitetlarga esa 
bakalavr diplomi bo‘lgan yoshlar imtihonsiz qabul qilinaveradi. 
Fransiyada  oliy  ma’lumot  va  ixtisos  beruvchi  oliy  texnologik  institutlar 
mingdan  ortiq.  Ular  odatda  sanoat  maishiy  xizmat  ko‘rsatish  informatika 


84 
 
mutaxassisliklariga  ixtisoslashgan.  O‘qish  muddati  2  yil  bo‘lib  sakkiz  haftalik 
ishlab chiqarish amaliyotini ham ko‘zda tutadi. 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish