Muhokamatul-lug‘atayn"ning Porso Shamsiev tomonidan soddalashtirilgan tekstidan
».
Navoiy fors-tojik xalqi bilan O‘zbek xalqining bir-biriga inoq, azaldan do‘st-birodar ekanini,
o‘zbeklar fors tilini yaxshi ko‘rgani va u tilda so‘zlashganini yozadi:
«Ammo turkning ulug‘din kichigiga degincha va navkardin begiga degincha sort tilidan
bahramanddurlar. Andoqkim, o‘z xurd ahvolig‘a ko‘ra ayta olurlar, balki ba’zi fasohat va
balog‘at bila ham takallum qilurlar, Hatto turk shuarosikim forsiy til bila rangin ash’or va shirin
guftor zohir qilurlar»
.
(«Ammo turkning kattadan kichigigacha, xizmatkoridan be-gigacha sart tilidan
bahramanddirlar. Shundayki, o‘z tirik-chiliklariga oid ahvollar ustida so‘zlasha olurlar, balki ba’zilari
adabiy ravishda so‘zlasha olurlar. Hattoki turk shoirlari forsi tilida rangdor she’rlar va shirin hikoyalar
yuzaga chiqara olurlar»).
Navoiy yuqori, dabdabali uslubda ijod etganida arab, fors so‘zlarini ko‘proq qo‘shadi va
ikki tilni bir-biriga chog‘ishtirganda, jonli xalq tilidagi so‘z, jumlalarga katta o‘rin berib, arab,
fors so‘zlarini kam qo‘llaydi.
Tarjimonlarning o‘zlari yozgan so‘z boshida arab, fors, tojik so‘zlari haddan tashqari
ko‘p uchraydi, chunki bu so‘z boshilar eski adabiyotga xos ko‘tarinki, dabdabali uslubda
yozilgan bo‘lib, «ulug‘» zotlar, pir -ustozlarining nomlari tilga olinadi, tarjima ana shularga
bag‘ishlanadi yoki hukmdorga madh yoziladi.
Masalan, t arj i mon mulla Muhammad Temurning (XV II asr) «Kalila va Dimna» asariga so‘z
boshi yozarkan, «zamon umarolari», «muktado», «komkor», «peshvo», «murabbiy»., «sohibi
kamol», «tavfiq», «istitoat», «salohiya», «bahra», «shuru’», «tu’ma» va boshqa bir qancha
arab, fors so‘zlarini ishlatadi. Lekin shu tarjimon «Kalila va Dimna» dagi hikoyalarni
tarjima qilganda ko‘pincha jonli tilga xos, sodda, asl o‘zbekcha so‘zlarni ko‘p qo‘llaydi.
Bu kabi holni XIX asr oxiri, XX asr b oshlarida ijod qi l gan Muni s, O gahi y, Sa yqal i y,
X i romi y, Ba yo ni y, R oj i y, Si ddi qi y, Almaiy va boshqa tarjimonlar n i n g a s a r l a r i d a h a m
uchr at ami z. Masal an, Ogahi y «Shoh va gado» asariga yozgan «Bu qissa tarjimasining
boisi» degan so‘z boshisida «xiradmand», «ov ar», «mahzun», «mo hi», «lutf karam», «sidqi
ixlos», «farrux», «jovidon», «ko‘shish», «bistari za’f», «sarshor», «afshon», «mujda»,
«iste’jol» kabi arabcha, forscha so‘zlarni ko‘p ishlatgan bo‘lsa, asl tekstni ancha sodda va
j onli til bilan tarj ima qilgan.
Shuni ham aytish ker akki, arab, fors so‘zlarining oz yoki ko‘p ishlatilishi o‘sha
asarni ng xar a kt eri ga va j anri ga ham bog‘liq bo‘lgan.
Tarjimashunoslik
Do'stlaringiz bilan baham: |