Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/167
Sana11.01.2022
Hajmi1,56 Mb.
#341529
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   167
Bog'liq
tarjimashunoslik

       

35 


 

 

 

(Ikki  hikmatning  jami),  «Vajhi  din»  (Diniy  dalillar)  deb  atalgan.  Ulug‘  ozarboyjon  shoiri  Nizomiy 

Ganjaviyning  (1121—1203)  mashhur  asarlari  «Xamsa»  (Beshlik)  «Maxzanul-asror»  (Sirlar  xazinasi)  deb 

nomlangan.  Ulug‘  shoir  Navoiyning  adabiy,  tarixiy,  ilmiy  asarlarining  nomlari  ham  arabchadir.  Masalan: 

«Xamsa»  (Beshlik),  «Hayratul-abror»  (Yaxshikishilarning  hayratlanishi),  «Mezonul-avzon»  (Vaznlar 

o‘lchovi), «Mahbubul-qulub» (Qo‘ngillarning sevgani), «Xazoyi-nul-maoniy»  (Ma’nolar xazinasi), «Sab’ai 

sayyor» (Yetti sayyora yoki yetti kezuvchi) va boshqalar. XIX asrda ham xuddi shu holni ko‘ramiz. Masalan, 

Ogahiy  ham  ba’zi  bir  asarlariga  arabcha  nom  qo‘ygan:  «Ta’vizul-oshiqin»    (Oshiqlarning  tumori), 

«Firdavsul-iqbol» (Iqbol bog‘i) kabi. 

O‘zbek  tiliga  tarjimada  ham  kitoblarning  nomlari  o‘girilmay,  o‘zining  asli  arabcha  shakli  aynan 

saqlangan.  Masalan,  tarixiy,  falsafiy  kitoblar:  «Ravzatus-safo»,  «Tazkiratul-avliyo»  va  hokazolar.  Bundan 

tashqari,  asarlarning  nomlari  yo  tojikcha  izofa  konstruksiyasi  bilan  yoki  aniqlovchi-aniqlanmish  shaklida 

berilgan.  Masalan,  «Tar-jimai  «Tarixi  komil»,  «Tarjimai  «Saloti  mas’udiy»,  «Tarjimai  tarixi  «Shamsul-

maorif»,  «Tarjimai  «Nafahotul-uns»  yoki  «Tarixi  «Sayful-axbor»  tarjimasi»,  «Ajo-yibul-osor»  tarjimasi», 

«Mirotul-koinot»  tarjimasi»;  badiiy  asarlar:  «Maxzanul-asror»  tarjimasi»  (Nizomiy  asari),  «Mahbubul-

qulub» tarjimasi» (Mumtoz asari), «Tarjimai «Badoeul-vaqoe»i Vosifiy», «Alf layla va layla» tarjimasi» va 

hokazo. 

Nomi  forscha  bo‘lgan  asarlar  ham  ba’zan  aynan  o‘zicha  '  qoldyrilgan.  Masalan,  «Haft  paykar» 

tarjimasi» (Nizomiy asari, Ogahiy tarjimasi), «Haft kishvar» tarjimasi» (Amir Xusrov asari, mulla Bobojon 

Sanoiy  tarjimasi),  «Chil  hadis»  tarjimasi»  va  shu  kabilar.  Tarjima  kitoblarining  nomlari  ba’zan  tamom 

o‘zgartirilib, ularga yangi nom qo‘yilish hollarini aytgan edik. Masalan, Jomiyning «Nafahotul-uns» asarini 

Navoiy  tarjima  qilib,  unga  yangi  boblar  qo‘shib,  nomini  «Nasoyimul-muhabbat»  deb  qo‘ygan.  Har  bir 

tarjima etilgan asarga tarjimon ko‘pincha so‘z boshi yozgan, bunda an’anaviy hamd-u sano yozilib (odatda 

ularda  «Qur’on»dan  oyatlar  keltirilgan  bo‘ladi),  so‘ngra  tarjima  qilinayotgan  asarning  nomi,  avtori,  asar 

nima  uchun  va  kimning  topshirig‘i  yoki  tashabbusi  bilan  tarjima  qilinayotgani  bayon  etiladi.  Ko‘pincha 

tarjimon o‘z kitobini ustoziga bag‘ishlaydi, so‘ngra avtorning «kirish so‘zi»ni ham ba’zan qisqartib tarjima 

qilib beradi. Ba’zan tarjimonlar kirish so‘zini, asarning janriga qarab, yo nasrda va yoki nazmda beradylar. 

Masalan, Navoiy «Chil hadis»ni tarjima qilganda so‘z boshini nazm bilan yozgan. Munis ham Mirxondning 

«Ravzatus-safo» asarini tarjima etar ekan, so‘z boshi yozib, uning bir qismini nazm bilan, bir qismini nasr 

bilan  bitgan.  Ba’zan  tarjimon  shu  asrga  so‘z  boshi  yozmasa,  kitobning  oxirida  «xotima»  yozadi,  unda 

o‘zining oti, kotibning nomi va yozilgan yillari haqida qisqacha ma’lumot beradi. So‘z boshida tarjimonning 

tarjimai  holiga  oid  ba’zi  muhim  faktlarni  topish  mumkin.  Tarjimonlar  kirish  so‘zida  o‘zlarining  og‘ir 

qismatlaridan shikoyat qiladilar. Masalan, «Ravzatus-safo» asarining tarjimasiga Rojiy yozgan so‘z boshini 

ko‘raylik:  «Men  haqir  bedastgir,  ya’ni  Muhammad  Yusuf  mulaqqab  bil-Rojiy  bin  qozi  Xo‘jamberdi 

Xorazmiy  bir  aftoda  erdimkim,  e’tibor  doirasidin  xorij  va  ishtihor  martabasidan  soqit,  olami  havodis 

hujumidan  ahvolim  xarob va  davron  navoyibi  vufuridin ishim  talfasa  va  iztirob...»da  ekanligini  bildirgach, 

mehnat  va  mashaqdat  chekib  qalam  surganini  va,  agar  xatosi  bo‘lsa,  kechirishlarini  iltimos  qiladi.  Ayrim 

tarjima asarlariga yozilgan so‘z boshilarda xonlar va ularning vazirlariga atab madhiyalar bitilgan,  ayniqsa 

Xorazm  xoni  Muhammad  Rahimxon  haqida  haddan  ortiq  xushomadgo‘y  maqtovlar,  madhiyalar  uchraydi. 

Tarjima  etilgan  asarlarning  xotimasida  ba’zan  ayni  asarni  tarjima  qilishning  qisqacha  tarixi  va  uning 

nechanchi yilda ag‘darilganligi nazm bilan bayon q.ilinadi. Masalan Jomiyning «Yusuf va Zulayxo» asarini 

tarjima qilgan Ogahiy kitob oxirida: Bu nodir nusxai farxanda anjom, Muborak soat ichra topdi anjom, yil 

hijridin erdi bekamu bish, Ming ikki yuz ham sakson besh, deb yozadi. Tarjimonlarning kirish so‘zlari ularga 

tarjima  etayot-gan  asar  haqida  o‘z  munosabatlarini  bildirishga  va  shu  yo‘l  bilan  asar  muallifining  ijodini 

tashviq qilishga katta imkon bergan. 


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish