OGAHIYNING TARJIMONLIK MAHORATI
Klassik shoir, tarixchi, olim Ogahiy yigirmaga yaqin asarini tarjima qilganligi haqida o‘zi
quyidagicha ma’lumot berib o‘tadi.
Faqirning turki tili bilan tarjima qilgan kitoblari: «Ravzatus-safo»ning ikkinchi daftaridan chahor
yor izomning voqeasi, uchlanchi daftari, «Nodirnoma», «Zafarnoma», «Zub-Aatul-hikoyot», «Miftohud-
tolibin», «Axloki Muhsiniy», «Vosifiy», «Nasihatnomai Kaykovus», «Salamoni Ibsoliy» Jomiy,
«Gulistoni» Sa’diy, «Bahoristoni» Jomiy, «Rav-zatus-safoi» Nasiriyning birinchi daftari, «Daloilul-
hayrat» sharhikim, rum turkidan chig‘otoy tiliga o‘tkarildi. «Tazkirai Muqimxoniy», «Tabaqoti
Akbarshohiy», «Haft paykari» Nizomiy, «Hasht bihishti» Xisraviy, «Yusuf va Zulayxo» Jomiykim,
manzum bo‘ldi va «Shoh va gadoi» Hiloliykim, manzum bo‘ldi»
69
. Bulardan o‘n sakkiztasi mavjud,
ikkitasi hali topilgani yo‘q. Ulug‘ tarjimonning bizga qoldirgan yodgorliklari shulardir:
Sevimli tarjimon Ogahiy o‘zbek tiliga o‘girgan asarlar nihoyatda qiyin bo‘lgan monumental
asarlar edi. Tarjimon o‘z umrining eng ko‘p qismini va eng jo‘shqin hayotini tarjimaga — buyuk
san’atga bag‘ishladi.
Ogahiy tarjima qilar ekan, mas’uliyat naqadar zo‘r ekanini sezib, butun talant, kuchini shunga
sarf etdi va natijada yaxshi va o‘lmas tarjimalarni asrlarga yodgor qilib qol dirdi.
«Shoh va gado» asarini tarjima qilish sababini Ogahiy she’riy tilda shunday bayon qiladi:
Garchi Ogahiy o‘z tarjimasini shoh Muhammad Rahimxon nomi bilan bog‘lasa-da, aslda bu
o‘sha muhit taqozosi bo‘lib, asl muddao boshqa tomonda edi. Ogahiy tarixiy-badiiy va axloqiy-falsafiy
asarlarni tarjima etar ekan, hamma vaqt bir o‘y, bir maqsad uning oldida ko‘ndalang turar, u ham bo‘lsa,
o‘zbek xalqiga xizmat etish edi.
«Firdavsul-iqbol», «Riyozud-davla», «Jomi’ul-voqeoti Sultoniy», «Gulshani davlat», «Shohidi
iqbol», «Zubdatut-tavorix» va bir qancha badiiy asarlar (devon, g‘azaliyot, bayozlar)ni yaratgan
Ogahiyning yana 20 ta fundamental asarni tarjima qilgani shoir ijodining naqadar barakali bo‘lgan ligini
tasdiqlovchi faktdir. Uning ijodiy parvozi, g‘ayrati, shijoati va benihoya ishchanligini ko‘rsatish uchun
bundan ortiq dalil kerak bo‘lmas.
Ogahiy o‘z asarlarining litografiyada bosilganini ko‘rmay, 65 yoshida, ya’ni 1874 yilda vafot etdi.
Ogahiy fors-tojik klassik shoiri Shayx Sa’diyning nasr va nazm aralash yozilgan «Guliston»
asarini to‘la-to‘kis tarjima etdi.
Ogahiy Shayx Sa’diyning «Guliston» asarini tarjima etar ekan, o‘zidan besh asr ilgari Sayf
Saroyi tomonidan tarjima etilgan «Guliston»ning qo‘lyozmasini ko‘rmagan, buning asosiy sababi ham
bor, u tarjimaning qo‘lyozmasi Xorazmda yo‘q edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |