Tarjimashunoslik
34
Tarjima san’atida bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilina boshlagan davrdan to hozirgacha ikki
tendensiya hukm surib, ularning tarafdorlari o‘rtasida munozara davom etadi.
Birinchi tendensiya — erkin tarjima.
Ikkinchi tendensiya — aniq va to‘g‘ri tarjima.
Erkin tarjimada tarjimon o‘z istagi bilan tarjima qilayotgan asarni o‘zgartib, ba’zan unga hatto yangi
boblar qo‘shib, syujetlarni qisqartirib yoki kengaytirib beradi. Bunday tarjimada asarning nomini ham
o‘zgartirish hollari uchraydi.
Tarjima tarixida erkin tarjima qilish hollari tez-tez uchrab turadi. Bizningcha, «erkin» va «ijodiy»
tarjima tushunchalarini bir-biridan farqlamoq kerak.
Ijodiy tarjima ilmiy aniq va badiiy muqobil-tarjima demakdir, ya’ni asarning ruhini, ma’nosini,
obrazlarini to‘la berish demakdir. Erkin tarjima etish tendensiyasi hech qachon ustun bo‘lgan emas. Qadimgi
tarjimonlar original asarga va uni ijod qilgan avtorga katta hurmat bilan karaganlar. Original asarning
ma’nosi va strukturasini, syujet va kompozisiyasini, xarakter va obrazlarini buzmasdan tarjima etishga
tirishganlar. Badiiy jihatdan yuqori darajada tarjima etilgan asarlar uz qimmatlarini to‘la saqlagan holda davr
va asrlar osha bizga yetib keldilar.
XIX asrgacha bo‘lgan tarjimalarning umumiy xususiyatlaridan biri shuki, tarjimonlarning ko‘pchiligi
shoir va adiblar bo‘lib, ular badiiy, tarixiy-falsafiy asarlarni ham tarjima etganlar. Shuni ham qayd qilib
o‘tish kerakki, original tarixiy asarlar mualliflarining o‘zlari ham ko‘pincha shoir yoki adib bo‘lganlar.
Tarjimonlar hozirgiday maxsus soha yoki ayrim janrlar bo‘yicha mutaxassislashmaganlar. Hikoyani tarjima
etgan adib tarixiy asarni, falsafiy kitoblarni ham tarjima qilgan.
XIX asrga qadar O‘zbekiston territoriyasida biron nashriyot va yoki biron tashkilot tarjima ishlarini
xalqning talab va ehtiyojlari asosida rejalashtirib nashr qilmagan. Ko‘pincha tarjimonlarning o‘zlari asar
tanlab. o‘zlari tashabbus ko‘rsatganlar, ba’zan kitoblar ayrim hukmdorlar, beklar yoki ruhoniylar talabi bilan
tarjima qilingan. Tarjima asarlari qo‘lyozma holida tarqatilgan, kotiblar ularni ko‘chirganda ba’zi bir
o‘zgarishlar kiritganlar. Shuning uchun tarjima asarlarining qo‘lyozma nusxalarida har xillik bor.
Eski tarjimalarda ba’zi bir ilmiy, tibbiy, falsafiy asarlar, hatto, lug‘atlar ham she’rda berilgan. Biz
bunday holni tarixiy asarlarning tarjimasida ko‘plab uchratamiz.
XIX asrga qadar tarjima nazariyasiga oid asarlar bo‘lmagani uchun tarjima qilish tajribalarini
umumlashtirish, nuqsonlarni bartaraf qilishga urinish ham bo‘lmagan. Tarjimonlar haqida ma’lumotlar yozib
qoldirish narida tursin, hatto ba’zi bir asarlarda ularning nomlari ko‘rsatilmagan. Bular tarjima tarixini
yaratishda va tarjimonlarning ijodiy faoliyatini ko‘rsatishda bir qancha kiyinchiliklar tug‘diradi.
Tarjimonlarning ko‘plari og‘ir ahvolda, o‘zlarining ta’biri bilan aytganda, «faqir-haqir bo‘lib»
yashaganlar. Ko‘pchilik tarjimonlar mehnatkashlar guruhiga mansub kishilar-dir. Ularning peshona terini
to‘kib, yurak qoni bilan tarjima qilgan asarlarini va og‘ir mehnatini taqdirlovchi, qo‘llab-qo‘ltiqlovchilar
topilmagan. Mehnatsevar tarjimonlar'
doim xalq uchun, xalq madaniyati uchun biron yodgorlik qoldirish maqsadida astoydil xizmat.
qilganlar. Ba’zi bir «homiylar» o‘z maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida tarjimonlarga diniy-afsonaviy
asarlarni tarjima qilishni topshirganlar. Ko‘pchilik tarjimonlar xalq bilan yashab, uning ma’naviy hayotini
mazmundor qilish uchun o‘zlarining butun kuch va talantlarini sarf etganlar.
Agar biz XIX asrga bo‘lgan badiiy tarjimani zamonaviy tarjimalar bilan solishtirsak, juda katta farq
borligini ko‘ramiz. Bu farq, birinchidan, uslub va metod jihatidan ko‘zga tashlanib turadi, ikkinchidan, XIX
asrdan keyin o‘zbek adabiy tilida ro‘y bergan katta o‘zgarishlar tarjima san’atiga ham ta’sir qildi. Yangi-
yangi so‘z, termin va iboralar bilan boyigan o‘zbek tili har qanday ilmiy jihatdan chuqur va badiiy
mukammal asarlarni ham tarjima qilish imkonini tug‘dirdi.
XIX asrgacha bo‘lgan tarjima amaliyotida ikki turli yo‘nalish mavjud edi. Birinchi yo‘nalish —
asarlarni murakkab yo‘l bilan, ya’ni uzundan-uzoq tuzilgan jumlalar, xalq tushunishi qiyin bo‘lgan arabcha,
forscha so‘zlar, dab-dabali iboralar bilan tarjima qilish bo‘lsa, ikkinchisi — qisqa va aniq jumlalar bilan, xalq
jonli tilida, sodda uslubda tarjima qilishdir.
Odatda, tarjima qilingan she’riy asarlarda vazn, qofiya tizimi asl nusxada qanday bo‘lsa, aynan
shunday saqlangan.
O‘zbek tarjimachiligi tarixining asosiy xususiyatlaridan biri shuki, arab va fors tillaridan ko‘plab yirik
va fundamental asarlar to‘la-to‘kis, aniq va to‘g‘ri tarjima qilingan. Halol mehnat bilan tirikchilik qilgan
zahmatkash tarjimonlarimiz dunyo adabiyoti xazinasiga kirgan asarlar bilan o‘zbek xalqini tanishtirdilar va
xalqlar o‘rtasidagi madaniy, adabiy aloqani kuchaytirishga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.
XIX asrga cha bo‘lgan tarjimalarning ayrim xususiy tomonlari ham bor edi. Ma’lumki, eski vaqtda
kitoblarning nomlari arabcha yozilar edi. Bu hol musulmon xalqlari ichida an’ana bo‘lib qolgan edi.
Masalan, fors-tojik shoiri Nosir Xisravning (1004—1088/89) falsafiy, axloqiy asarlari «Jomeul-hiqmatayn»