10-MAVZU. TARJIMADA MUQOBILLIK. PORTRET, PEYZAJ, RUHIYAT
TARJIMASINING MURAKKABLIKLARI. YOZUVCHI VA TARJIMON ORASIDAGI YAQINLIK
VA TAFOVUTLAR
Mustaqillikdan avvalgi davr tarjimachiligi
XVIII asr oxri XIX asr boshilarida tatar ziyolilari o‘rtasida rus tilini bilgan kishilar
Rossiyaning boshqa chekka o‘lkalariga (masalan, Turkistonga) qaraganda ko‘pchilikni tashkil qilar
edi. Buning tarixiy sabablari bor, albatta. Gazeta va jurnal sa hifalarida rus tilini o‘qitish va o‘rganishga
bag‘ishlab chiqqan maqolalar ko‘p, rus tilidan badiiy asarlarni tarjima q’iluvchi shoir, adiblar ham
yetarli edi. Ayniqsa 1905 yil rus badiiy adabiyotidan tatar tiliga tarjima qilish ishi rivojlanib ketdi.
Bu vaqtlarda yangi chiqqan gazeta, jurnal va yangi tashkil etilgan nashriyotlarda rus klassik
adabiyotining namoyandalari Jukovskiy, Pushkin, Gogol, Lermontov, Goncharov, Chexov, Pisarev,
Gorkiy va bopщa shoir, adiblarning asarlari tatarcha tarjimada alohida kitob yoki maqola tarzida
bosilib chiqdi. Bu tarjima asarlari Boku, Ashxobod, Xorazm, Buxoro va boshqa joylarga ham tarqatilar
edi.
Tatar adabiyotiningtarakdiylarvar namoyandalari rus adabiyoti durdonalarini badiiy tarjima orqali
targ‘ib qilishni o‘zlariga vazifa qilib oldilar. Tatar xalqining iste’dodli shoir va yozuvchilari Abdulla
To‘qay, Majid G‘afuriy, Fotih Karimiy, Dardmand, S. Sunchalay, A. Battol va boshqalar rus
yozuvchilarining ajoyib asarlarini tarjima qilib, tatar adabiyoti xazinasini boyitdilar.
Shoir Majid Gafuriy I. Q Krilovning bir qancha masallarini, Abdulla To‘qay esa A. S. Pushkin,
M. Yu. Lermontov va boshqa rus klassik shoirlarining juda ko‘p she’rlarini
Rus adabiyotining buyuk siymosi L. N. Tolstoyning asarlarini tatar xalqi o‘z ona tilida sevib
o‘qishga muyassar bo‘ldi. Shuni qayd etish kerakki, L. N. Tolstoyning tatar tiliga tarjima qilingan
asarlari faqat Tataristonda emas, balki O’rta Osiyo va, jumladan O’zbekistonda ham keng tarqaldi.
Masalan, «Hoji Murod», «Kavkaz asiri» Toshkent, Farg‘ona, Samarqandda ham mashhur edi.
Tabiiyot, tibbiyot, ta’lim-tarbiyaga hamda tarix va muzikashunoslikka doyr asarlar ham
«Sho‘ro» jurnali sahifalarida muntazam berib borilar edi. Masalan, «Upka og‘rig‘i» (chaxotka),
«Sutdagi mikroblar va onlarning sovliqg‘a foydasi» (Mechnikov maqolasi), «Qartliq ham o‘lim»
(Mechnikov asari) va hokazo (jurnalning 1910 yil, 1,3-sonlari; 1911 yil, 6—9-sonlari hamda 1912 yil,
21-soniga qarang).
Rus olimi M. Kovalevskiy va mashhur sharqshunos V. V. Radlovlarning ham qator asarlari
tatar tiliga ag‘darilib, ular haqida maqolalar yozilgan. Tatar shoirlari rus olimlari sha’niga she’rlar
ham to‘qigan edilar. Janibekovning «Radlov janoblarina» degan she’riga qarang (1913 yil, 7-
son).
Biz yuqorida 1908—1913 yillar davomida Toshkent, Samarkand va Farg‘onada bironta gazeta
yoki jurnal chiqmagan Faqat 1913 yil oktabr oyidagina («Zerkola») — (Oina) nomida jurnal chiqa
boshladi.
Bu jurnal ikki, ba’zan uch tilda chiqib, xabar, maqolalar ruschadan tarjima qilib bosilardi.
Tarjimashunoslik
Do'stlaringiz bilan baham: |