39
Jurnal sahifalarida 1914 yil Birinchi jahon urushi janglarining borishi haqida ruscha gazetalardan
olinib tarjima qilingan xabar va maqolalarni hisobga olmasaq unda arzigulik tarjima materiallari berilmas
edi.
(«Samarkand») gazetasi ham Behbudiyning muxarrirligi va noshirligida 1913 yil mart oyidan
e’tiboran chiqa boshladi.
Garchand gazeta o‘z oldiga kattagina vazifalarni qo‘ygan bo‘lsa ham, bularning uddasidan chiqa
olmadi, «Samarkand» gazetasida ham badiiy tarjima materiallari bosilmagan.
1914 yil, 4 aprelda Toshkentda («Sadoyi Turkiston») gazetasi chiqa boshladi.
«Sadoyi Turkiston» gazetasi sahifalarida «Til va din», «Til va imlo masalasi», «Til masalasi» kabi
maqolalar bosildi (1915 yil, 60, 63, 64-sonlariga qarang).
«Sadoyi Turkiston» o‘zigacha chiqqan gazetalardan poligrafik jihatdan, gazeta texnikasini
egallaganligi bilan ajralib turadi. Bu gazeta 1915 yil, aprel oyining oxiriga borib chiqishdan to‘xtagan edi.
1917 yilgacha Turkiston, Buxoro, Xivada o‘zbek tilida bironta gazeta chiqmadi. Faqat 1915
yilda («Al isloh») jurnali chiqa boshladi. Jurnalning muharriri va noshiri Sayyoh Abdurahmoi Sodiq
o‘g‘li bo‘lib, 1918 yildan e’tiboran noshir qilib Asqarxon Pahlavonov tayinlanadi.
Bu jurnalda badiiy asarlar yo rus tilidan va yoki arab-fors tilidan maxsus tarjima etilmadi,
ammo maqolalar ichiga kirgan arab, fors tilidagi she’r yoki ayrim iboralar o’zbek tiliga tarjima etildi, xolos.
Masalan, jurnalning 1916 yil, 15-sonida yozilgan bosh maqolada, «Qur’on»dan olib bosilgan oyat tarjima
etilgan.
«Isloh» jurnali 1918 yil, mart oyining oxirida, 6-sondan boshlab taqiqlandi. 1917 yil fevralda
Turkistonda bir qancha gazeta-jurnallar chiqa boshladi; masalan, («Al-izoh») jurnali «Ulamo» jurnalida
diniy hamda adabiy-siyosiy muvaqqat hukumatning qarorlari, dasturulamal va yo‘l-yo‘riqlari tarjima
etib bosilgan.
Shular jumlasida chiqqan gazetalardan biri («Najot») bo‘ldi. Bu gazeta «Turkiston vi-loyatining
gazeti» o‘rnida nashr qilina boshlagan edi. Bunda Behbudiy va boshqa jurnalistlar faol qatnashdilar. Gazeta
Vaqtli hukumatning organi bo‘lib qoldi. Unda Vaqtli hukumatning farmon va murojaatlari tarjima
qilinib bosilar edi.
1917 yil may oyida («Sho‘roi islomiya») va iyun oyida uning o‘rniga «Kengash» gazetasi
chiqa boshladi. Ahmad Zakki Validiy sakkizinchi songacha gazeta muharriri bo‘lib so‘ngra uning o‘rnini
Munavvar qori Abdulrashidxon egalladi. Bu gazetalar mehnatkashlar manfaatiga qarshi ish ko‘rdilar.
Usha vaqtlarda «Kengash» gazetasi bilan birga 1917 yil, 20 apreldan boshlab «Turon» nomida
ham gazeta nashr qilina boshlagan. Uning birinchi bosh muharriri Nizomiddin qori mulla Husayn o‘g‘li
bo‘lib, noshiri «Maktab» jamiyati edi.
«Turon» gazetasida ham adabiy-badiiy tarjima asarlari bosilmadi. (Unda ayrim xabarlargina
tarjima qilinar edi, xolos). Gazetaning tili turk so‘zlari, turkiy ibora va ifodalar bilan to‘lgan edi.
1917 yil, sentyabrda «Turon» va «Kengash» gazetalari birlashib «Turk eli» nomli yangi gazeta
chiqa boshladi.
«Yurt» jurnali Qo‘q_on shahrida 1917 yil, 1 iyundan boshlab chiqa boshladi. Jurnalning bosh
maqolalarida nemis yozuvchisi F. Shillerdan sitata olinib, uni «Eskilik vayron bo‘lub, zamon o‘zgarib,
xarobalarda yangi-yangi hayot ochiladur (Shiller)» deb tarjima qilingan.
Bu haftalik jurnalning noshir va muharriri Ashur Ali Zohiriy edi.
«El bayrog‘i» gazetasi ham Qo‘qonda chiqar edi, 1917 yil, 8 sentyabrdan nashr qilina
boshlagan).
Gazeta chet el imperialistlari, Angliya kolonizatorlari va oqgvardiyachilarning Qo‘qon hukumati
haqddagi fikrlarini o‘zbekchaga ag‘darib, katta xarflar bilan, ko‘zga ko‘rinarli qilib bosib chiqardi.
Qo‘qonda chiqqan gazetalardan yana biri «Tirik so‘z» bo‘lib, 1917 yil, aprel oyida Obidjon
Maxmudov muharrirligida nashr etildi.
Qo‘qonda nashr qilingan «Ravnaqi islom» gazetasi o‘sha davrda boshqa gazetalarda
takrorlangan «Yashasun hurriyat, adolat va musovot! Bitsun nafsoniyat, adovat vaxolat!» so‘zlarini
o‘ziga shior qilib olgyon bo‘lsa-da, Toshmuhammad Nurmuhammad o‘g‘li muharrirlik qilgan, «har
kun chikadirgan siyosiy, adabiy, xalq foydasi yo‘lida yuradigan gazeta» deb e’lon qilingan bu
gazeta ham xalq manfaatini kuzlamadi. Bu matbuot sahifalaridan tarjima materialla riga o‘rin
berilmagan edi.
«Farg‘ona sahifasi» («Ferganskiy listok») gazetasi ham o‘z maslagi jihatidan
«Ravnaqi islom» dan hech farq qilmadi.
Tarjimashunoslik
Do'stlaringiz bilan baham: |