Rus adabiyotidan qilingan tarjimalar
Rus adabiyotidan o’zbek tiliga tarjima qilingan asar va she’rlar juda ko’pdir. Ayniqsa, XIX asrning
ohirlari hamda XX asr rus adabiyoti durdonalarini o’zbek tiliga tarjima qilish asri bo’ldi desak mubolag’a
bo’lmaydi. Dunyoga mashhur rus adiblarining shoh asarlarni o’zbek o’quvchilari ham o’qishga musharraf
bo’ldilar.
Har bir xalq, millatning o’zga hos urf- odatlari bo’lgani kabi, ushbu millat adib va shoirlarining ham
o’z uslub va yo’nalishlari bo’ladi. Rus va o’zbek tillari grammatikasida tafovutlar bo’lganligi, ikki millat urf-
odatlari hamda dunyoqarashlari o’rtasida farq bo’lganligi tufayli rus tilidan o’zbek tiliga tarjima qilish
jarayoni ham birmuncha qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi tabiiydir. Biroq shunday bo’lsada, bizning buyuk
shoir va adiblarimiz bu kabi qiyinchiliklarni yengib o’tib, o’z xalqining kitobhonlari uchun tengsiz
tarjimalarni yaratib qoldirdilar. Keling hozir shunday buyuk adiblarning bir nechtalarini yana bir bor yodga
olsak …
Hamid Olimjon
1909 yil 12 dekabrda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Samarqanddagi bilim yurtida (1923-
28), Pedagogiga akademiyasining ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida o‘qigan (1928—31). Asarlari —
«Ko‘klam» (she’rlar, 1929), «Tong shabadasi» (hikoyalar, 1930). «Olov sochlar» (1931), «Poyga», «O’lim
yovga» (1932), «Daryo kechasi» (1936), «She’rlar» (1937), «O’lka», «Oygul va Baxtiyor» (1939)she’riy
to‘plamlar muallifi. «Oygul bilan Baxtiyor» (1937) hamda «Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod» (1939)
dostonlari xalq ertaklari motivlari asosida yaratilgan.
N. Ostrovskiyning «Po‘lat qanday toblandi» romanini hamda A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, V.
Mayakovskiy, T. Shevchenko va boshqa shoirlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Zulfiya
1915 yilning 1 martida Toshkentda tug'ilgan. O'rta maktabdan so'ng pedagogika institutida va
aspiranturada ta'lim olgan. 1938-1948 yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, keyinchalik O'zdavnashrda
bo'lim boshlig'i, 1950 yildan 1980 yilga qadar “Saodat” jurnalida ishlagan. 1932 yilda “Hayot varaqlari”
nomli birinchi she'riy to'plami bosilgan. “Uni Farhod der edilar”, “Quyoshli qalam”, “Xotiram siniqlari” kabi
lirik va liroepik dostonlar muallifi. 1935 yilda shoir Hamid Olimjon bilan turmush qurgan va uning bevaqt
vofotidan so'ng ko'plab mahzun she'rlar yaratgan. Pushkin, Lermontov, Nekrasov, L. va boshqa ko'plab
shoirlarning asarlaridan namunalarni o'zbek tiliga tarjima qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |