I
.
Birinchi bob
1.1. Leksik ma‘no haqida
1.2. Grammatik ma‘no haqida
II. Ikkinchi bob
2.1. Badiiy adabiyotlar tarjimasi muammolari
2
.
2. Badiiy tarjimada leksik-grammatik vositalar va ularning
tarjima muammolari
2.3. Badiiy adabiyotlar tarjimasida leksik-grammatik muammolar
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
- 4 -
- 4 -
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi
.
Ajdodlarimizning asriy orzu-armonlari ro‘yobga
chiqayotgan istiqlol yillarida boshqa sohalar qatori, umummilliy masala bo‘lmish
ta‘lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish, shu jumladan, maktab ta‘limini
taraqqiy ettirish ishlariga ham davlatimiz rahbari doimiy e‘tibor va g‘amxo‘rlik
ko‘rsatib kelmoqda. Qisqa davrda soha ravnaqi yo‘lida zarur huquqiy, ilmiy-
uslubiy va moliyaviy sharoitlar yaratildi. Chunki kelajagimiz poydevori maktabda
bunyod etiladi. Ulug‘ vatandoshlarimizdan biri ta‘kidlaganidek, maktab —
taraqqiyotning boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning kalitidir.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi»
1
talablarini bajarish asosida, ta‘lim muassasalarining
moddiy-texnika imkoniyatlarini oshirish, ularni zamonaviy binolar, o‘quv va
laboratoriya uskunalari, kompyuter va adabiyotlar bilan ta‘minlash ayniqsa dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda. Zero, Prezidentimiz uqtirganidek, «… o‘quv
muassasalarini bitirgan farzandlarimiz ertaga oliy o‘quv yurtlari, litsey va
kollejlarga har taraflama puxta bilim va tayyorgarlik bilan kelishi zarurligini
unutmasligimiz kerak»
2
.
Islom Karimov mazkur masala bo‘yicha istiqbolli maxsus dastur tayyorlash va uni
amalga oshirish uchun nafaqat byudjet mablag‘larini, balki homiy tashkilotlar, bu
1
O‘zbekiston Respublikasining ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖: 1997 yil. 29 avgust. Oliy ta‘lim me‘yoriy
xujjatlar to‘plami. – T.: SHarq, 1997. – 17 b.O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonuni. 1997 yil.
29 avgust. Oliy ta‘lim me‘yoriy xujjatlar to‘plami. – T.: Sharq, 2001. – 3 b.
2
Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent, 1997 yil.
- 5 -
- 5 -
muhim ishning mohiyati va ahamiyatini chuqur anglaydigan barcha insonlarning
kuch va imkoniyatlarini jalb etish zarurligini ta‘kidlagan edi.
―Davr va islohotlarimiz talablaridan kelib chiqib joriy etishga kirishayotgan ushbu
ishlarimiz miqyosi litsey va kollejlar qurilishiga nisbatan ancha keng va
ko‘lamlidir, — dedi davlatimiz rahbari.
3
— Farzandlarimiz ta‘lim va tarbiya olishi
uchun munosib shart-sharoit yaratishga qaratilgan bu sa‘y-harakatlarimiz
millatimizning, xalqimizning buyuk kelajagini o‘ylab, uzoqni ko‘zlab amalga
oshirilayotgan ishlardir‖.
Pedagoglar tarkibi sifatini yaxshilash, o‘qituvchilar tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, o‘qituvchilar mehnatini yanada
rag‘batlantirish ta‘limni rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega.
―Farzandlarimiz — bizning kelajagimiz. Xalqimiz ertasining qanday bo‘lishi
farzandlarimizning bugun qanday ta‘lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Yuksak
marralarni ko‘zlagan har qanday millat, xalq uchun ta‘limni rivojlantirish hayot va
mamot masalasi bo‘lib kelgan‖.
4
Prezident Islom Karimov rahbarligida buyuk
kelajak barpo etishni o‘z oldiga bosh maqsad qilib qo‘ygan xalqimizning ta‘limni
tubdan o‘zgartirishga, bu borada ham hech kimdan kam bo‘lmaslikka qaratilgan
bunday xayrli sa‘y-harakatlari tez orada yuksak samara berishiga shak-shubha
yo‘q.
3
Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent, 1997 yil.
4
Karimov I.A. Barkamol avlod oezusi. Toshkent.1997 yil.
- 6 -
- 6 -
―Ta‘limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta‘limdan ajratib bo‘lmaydi - bu sharqona
qarash, sharqona xayot falsafasi‖.
5
Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki
yillaridanoq butun mamlakat miqiyosida ta‘lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar
o‘rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi.
Mamlakatimizda olib borilgan islohotlar, albatta, har bir yoshning barkamol inson
bo‘lib yetishishida kerakli bilimlarni egallash uchun qaratilgan. Uning bilim olishi
esa til orqali amalga oshadi. Til tufayli jamiyat a‘zolarining xar birida xosil bo‘lgan
bilim ommalashib, uning rivojlanishiga imkon tug‘iladi.
Ayniqsa Respublikamiz Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi «Chet tillarni
o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi tarixiy
Qarori
6
chet tillarni o‘rganish va o‘rgatish jarayonini yanada rivojlantirishga olib
kelmoqda. 1-sinfdan boshlab chet tillarni o‘rgatish, chet tili o‘qituvchilari
mexnatinini rag‘batlantirishning yangicha shakli bu sohaning rivojlanishida asosiy
omil bulib xizmat qilmoqda.
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
.
Bitiruv malakaviy ishimizga tarjimaning leksik-gammatik muammolarini mavzu
qilib olishdan maqsad ham yuqorida aytilgan fikrlarni amalga oshirishga
qaratilgandir. Mavzuning dolzarbligi shundaki,
- birinchidan, ishda nemis tilidagi leksik-grammatik ma‘nolar va ularning badiiy
tarjimada ifodalanishi ko‘rib chiqiladi;
5
Karimov I.A. ―Yuksak ma‘naviyat yengilmas kuch‖. T.2008. 62-bet.
6
Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. Respublika Prezidentining
2012 yil 10 dekabrdagi Qarori. «Xalq so‘zi», 2012 yil 12 dekabr
- 7 -
- 7 -
- ikkinchidan, ilm-ma‘rifat va ta‘lim soxasidagi yutuqlar haqidagi qimmatli
ma‘lumotlarga ega bo‘lamiz.
Biz yoritmoqchi bo‘lgan mavzuda tarjimaga aloxida e‘tibor berilgan. Chunki
tarjima asarlar orqali biz chet tillarning nafaqat fonetik, grammatik, leksik-
semantik, frazeologik xususiyatlari, balki o‘sha tilda gapiruvchi xalqning moddiy-
ma‘naviy, ruhiy, ijtimoiy dunyosini, tili va uning taraqqiyotini o‘rganishimiz
mumkin.
Ilgari o‘zbek adabiyotining namunalarini boshqa tillarga tarjima qilish asosan
uchinchi til, ya‘ni rus tili orqali amalga oshirilar edi. Bu borada qilingan katta
ishlarni munosib baholagan xolda, endilikda adabiyotimizning eng yetuk asarlarini
bevosita ona tilimizdan g‘arb va sharq tillariga tarjima qilishga qaratilgan ishlarni
bevosita kuchaytirishimiz zarur. Buning uchun xorijiy tillarni, adabiyot va badiiy
tarjima san‘atining nazariy va amaliy jihatlarini har tomonlama puxta egallagan
mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatlari bizda mavjud.
Tarjimani orginal bilan qiyosiy o‘rganish orqali tarjima jarayonida yo‘l
qo‘yilgan xatoliklarni aniqlash, muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llarini izlab
topish imkoniyatlari yuzaga keladi. Yechimni kutib turgan muhim vazifalar
jumlasiga badiiy adabiyotda leksik-grammatik vositalar va ularning tarjima
muamolarini ham kiritishimiz mumkin. Ushbu masalaning ijobiy hal etilishi
tarjima jarayonini osonlashtirdi va to‘laqonli bo‘lishini ta‘minlaydi. Shu bois
ishonch bilan ayta olamizki, badiiy adabiyot tarjimasida leksik-grammatik vositalar
va ularning tarjima muammolari mavzusi dolzarb masala.
- 8 -
- 8 -
Do'stlaringiz bilan baham: |