toskuyet
‖ fe‘lini o‘zbekchada ―kuyunar― deb o‘girilganki, bu ―xafa
bo‘lmoq‖, ―o‘kinmoq‖ ma‘nolarini beradi.
Lermontov
trauern
so‘zini ―
растёт
‖ deb bergan. O‘zbek tilidan bu
fe‘lning xafa bo‘lmoq, g‘amgin bo‘lmoq, kuyinmoq kabi sinonimlarini topish
mumkin. Mirtemirning maxorati shundaki, she‘riy tarjimaga ko‘p ma‘noli so‘z
tanlangan. Bu yerda mualif negadir nemis tilidan xabardor bo‘lganligi xolda,
- 39 -
- 39 -
nemischa trauern so‘zining traurniy (alamli, motamsaro, azador) ma‘nosi
borligini eslatmaydi.
Xo‘sh, kitobxon yuqorida keltirilgan Mirtemir tarjimasidagi she‘rni o‘qib,
qiz siymosini ko‘z oldiga keltira oladimi? Yigit siymosini qarag‘ayda ko‘rish
uchun biror bir turtki bormi?
Shu o‘rinda xaqli ravishda o‘zbek tilida lisoniy jins tushunchasi yo‘qku,
shunday ekan qarag‘ay va xurmo timsollari orqali qiz va yigitni qanday
gavdalantirish mumkin, degan savollar tug‘iladi.
Tog‘ri, o‘zbek tilida otlarning jinsiy mansubligini anglatuvchi belgi yo‘q.
Lekin sifatlash, jonlashtirish orqali ular timsolida yigit bilan qiz obrazini
tasvirlashga yosh shoir Abdulla Sher ham urinib ko‘rgan edi:
Yovvoyi shimolda, yaydoq yuksakda,
Tund va xoli turar qarg‘ay.
Chayqalib u mudrar qor-u qirovda,
Xuddi oppoq rido kiyganday.
Tushida doim shu: k‘op olis sahro,
Jazirama, xuv sharq tomonda,
Jizg‘anak qoyada go‘zal bir xurmo,
O‘sar emish tanxo, armonda.
Abdulla Sher birinchi ikki misrani o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girishga
muvaffaq bo‘lgan, ―Tund va xoli, turar‖ deyish bilan birga o‘quvchining
tasavvurida qarag‘ay tund bo‘lib turganday gavdalanadi, jonlanadi. Tund boqish
- 40 -
- 40 -
esa er kishiga xosdir. Lekin Abdulla Sher tarjimasida xurmo daraxti
jonlantirilgan. Natijada bari bir she‘rning mazmuniga biroz putur yetgan.
Shuningdek keyingi misralarda birinchi ikki misralardagi ruh sezilmaydi.
Mirtemir tarjimasi boshqa adiblarnikiga nisbatan ancha murakkab chiqqan,
lekin unda xam she‘riy misralar bir qator nasriy tus olganday.
Masalan:
Mudrar ham muz, ham qor ustida,
Chulg‘amishdir oq kafan misol.
Misralarida bir oz g‘alizlik borday. Tarjimon ―muz-u qorga burkanib‖
demoqchi, lekin o‘sha fikr chiqmaganday.
U bechora ko‘rar tushida,
Ovloq yerda kun yoqda, jim, lol misralari na Hayne va na xassos shoirimiz
Mirtemir darajasida emas.
Xullas mazkur she‘rning rus va o‘zbek tillaridagi tarjimalari bilan tanishib,
buyuk Hayne daxosini ifodalash yo‘lida ustozlarning tajribalaridan va izidan
borib Safo Ochilov xam ushbu she‘rn tarjimasiga urinib ko‘rgan.
Vaxshiy shimol, yalang cho‘qqida,
So‘qqabosh bir qarag‘ay turar.
Oppoq rido kiyganday go‘yo,
Muzu qorga burkanib mudrar.
Va tush ko‘rar, tushida mudom,
Olis Sharqda jimgina tanho.
- 41 -
- 41 -
Cho‘g‘day qoya uzra kuyunmish,
Motamsaro suluv bir xurmo.
Bu tarjimadagi ―So‘qqabosh bir qarag‘ay turar‖ misrasi yigit ko‘rinishini
ma‘lum darajada ko‘z oldimizga keltirarmikin, chunki so‘qqabosh so‘zi faqat er
kishilarga nisbatan aytiladi degan andishaga borildi. ―Motamsaro suluv bir
xurmo‖ deganda xam xurmo jonlantirilayotganday ko‘rinadi. Motam tutib
turgan xurmoga suluv sufatini berish bilan ko‘z o‘ngimizda qiz gavdalanadi.
Shu o‘rinda Haynening trauen-motamsaro deyishini ham eslatib qo‘ymoq
darkor. Nemis shoiri oppoq qor, muzga burkanib turgan qarag‘ayni rido kiyib
yurgan Evropa yigitlarining tipiik vakili (o‘sha davrda ko‘pchilik dinga
ishonuvchi edi) sifatida tasvirlagan, ko‘m-ko‘k yaproqlarga burkangan
xurmoni esa oshig‘iga yetolmagan mashuqani muhabbatga motam tutib turgan
qiz sifatida tasvirlaydi.
Haynening mahoratiga tan berish kerak, qizig‘i shundaki shoir faqat qiz
bilan yigit o‘rtasidagi muhabbatni tasvirlash bilan chegaralanib qolmagan, qiz
va yigit timsolida Yevropa bilan Osiyoni ham nazarda tutgan. Hayne o‘zining
ideal mamlakati bo‘lgan Osiyoni suluv va go‘zal qiz, vaxshiy shimoldagi
sovuq, din og‘ushidagi yevropani esa rido kiyingan yigit timsolida tasvirlar
ekan, Yevropa va Osiyo mamlakatlarining bir-biriga intilishlarini ham she‘rga
singdirib yuborgan. Yevropadagi vaxshiylikni, adolatsizlikni ko‘rgan shoir
Osiyo qit‘asini o‘z idelidagi mamlakatlar makoni deb biladi. Shuning uchun
ham u Gang daryosiga takror-takror murojaat etadi. U tomonlarni ajoyib orzular
- 42 -
- 42 -
mamlakati deb biladi. Xullas she‘r bor-yo‘g‘i sakkiz misradan iborat bo‘lgani
bilan, bir dunyo mazmunni o‘zida mujassamlashtiradi. Shundan ko‘rinib
turibdiki qarag‘ay va xurmoni o‘zbekcha tarjimada ham yigit va qiz timsolida
gavdalantirish muqarrar lozimdir.
Qarag‘ay va xurmoni bevosita yigit va qiz nomiga ko‘chirish bilan ham
maqsadni ifodalash yo‘li topiladiganga o‘xshaydi:
Vaxshiy shimol, yaydoq cho‘qqida,
Qarag‘aybek turar tund, tanxo.
Muzu-qorga burkanib mudrar,
Rido qiyib olganday go‘yo.
Va shuni ko‘rar tushida mudom,
Olis sharqda, atrofi sahro,
Cho‘g‘day qoya uzra kuyunmish,
Motamsaro xurmooy tanxo.
Bu o‘rinda Qarag‘ay
bek
– bek, Xurmo
oy
- oy qo‘shimchalari qo‘shilishi
bilan ular yigit va qiz ismlariga aylanadi.
15
Haynrih Hayne she‘ri asli va (ko‘chirmasining) o‘girmasining qiyosiy tahlili
orqali leksik grammatik muammolar haqida so‘z yuritdik. Keltirilgan misolda
so‘zning
grammatik
ma‘nosi,
ya‘ni
rod
kategoriyasining
tillararo
nomutanosibligi, butun she‘r mazmunini ham o‘zgartirib yuborishga qodir
ekanligi guvohi bo‘ldik. Grammatik ma‘no leksik ma‘no bilan bog‘liq bo‘lish
15
Cаломов Ғ. Таржима назариясига кириш. Т., 1978, 202 б.
- 43 -
- 43 -
bilan birga nafaqat so‘z, balkim gaplar, xattoki bus-butun mashqlar ma‘nosini
ham o‘zgartirishi mumkin.
Badiiy adabiyotlar tarjimasida leksik-grammatik muammolar masalasini
tahlil qilar ekanmiz tillararo noo‘xshash bo‘lgan grammatik kategoriyalar
tarjima jarayonida qator muammolar tug‘dirishining guvohi bo‘ldik. Ular
jumlasiga fe‘l zamonlarining shakllari, otlarning turlanishi, gap ko‘rinishi,
otlarning ko‘plik yasash usullari va hokazolarni kiritishimiz mumkin.
Bir-birlariga yaqin tillardan o‘zaro tarjima qilinganda muammolar nisbatan
kamroq bo‘lsa, turli til tizimiga mansub tillarda esa qator muammolarning
tug‘ilishi tabiiy. Muammolarni bartaraf etish esa munaqqiddan har ikki tilning
lisoniy
qonuniyatlari,
leksik-grammatik
vositalar
ishlatilishidan
kutilgan
maqsad, ularning matn mazmuniga ta‘siri puxta o‘rganilgandan so‘nggina
tarjimaga kirishish maqsadga muofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |