So’zlarni juftlash
. So‘zlarni juftlash ham grammatik ma'no hosil qiladigan
vositalardandir. Masalan, katta -kichik, yaxshi -yomon kabi so‘zlarning juftlanishi
natijasida kattalar ham kichiklar ham, yaxshilar, yomonlar ham, xullas, hammaning
ifodalanishi ham grammatik ma'nodir. Amaliy grammatikaning asosiy maqsadlari
talabalarda quyidagi qobiliyatlarni rivojlantirishga yunaltirilgandir:
1.Talabalarning o‘zlari grammatik hodisalarni turli xil uslublar nomlariga
amal qilingan holda eshitib va o‘qib tushunishlari kerak.
2.O‘z fikrlarini yozma va og‘zaki nutqning turli uslublari, nomlariga amal
qilingan holda, grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllantira bilishlari kerak. Bundan
tashqari talabalarga nemis tilining grammatik qurilishi haqida kengaytirilgan
bilimlar berilishi zarur bo‘ladi.
12
Кодирий А. Уткан кунлар. Т., 2004
- 24 -
- 24 -
Nemis tili grammatikasining amaliy kursi o‘z materiallarida bo‘lg‘usi
germanist bakalavr-filologlarning ta‘lim-tarbiyaviy va kasbiy vazifalarini amalga
oshirishga mos kelishi kerak.
Ushbu kurs nemis tilida olib borilishi lozim. Faqat alohida muhim hollarda
talabalarning ona tillariga murojaat qilinishi maqsadga muvofiqdir. Su nuqtai-
nazardan
talabalarga
nemis
tilidagi
grammatik
hodisalarni
tushuntirishni
yengillashtirish va ularni nazariy asoslardan xabardor qilish maqsadida ona tili
bilan qiyoslab o‘qitish foydalidir.
O‘quv rejasida ajratilgan vaqt mobaynida talabalarda o‘z nutqlarini
grammatik to‘g‘ri shakllantirish ko‘nikmalarini hosil qilish maqsadida kursning
boshidanoq o‘qitishda jadallashtirish zarur bo‘ladi. Ana shu maqsadda til
vaziyatlari
yaratilgan
va
talabalar
qiziqishini
uyg‘otadigan
fikrlashga
yo‘naltiradigan dasturlar tuzish, zamonaviy o‘qitish uslublaridan, shuningdek
zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan keng foydalanish talab qilinadi. Auditoriya
darslarini o‘qituvchi izchil ravishda talabalarning mustaqil shug‘ullanishi bilan
mustahkamlab borishi, ularni talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalari yaratishga
qaratishi lozim. Darslar davomida, asosan boshlang‘ich bosqichda har bir talaba
bilan yakka holda mulqot qilish kerak bo‘ladi, chunki grammatik hodisalarni
egallash har bir talabada turlicha bo‘lib, ularning hali o‘rta maktabdagi bilimlari va
malakalri ham turlichadir. O‘qitishning boshlang‘ich bosqichida biror bir
grammatik hodisa haqida avval umumiy tushunchalar berilib, so‘ngra alohida
- 25 -
- 25 -
hodisalarni tushuntirish kerak. Ma‘ruza - suhbatlar asosan murakkab grammatik
hodisalarni tushuntirishga yordam beradi.
Yangi
grammatik hodisani tushuntirishni yengillashtirish va o‘quv
jarayonining birligini ta‘minlash maqsadida ushbu hodisalarni og‘zaki va yozma
nutq darslarida berilayotgan leksik material asosida tushuntirish va mustahkamlash
zarur. Ular misollarda ko‘rsatilgan nafaqat matnlarda, balki tabiiy muomala
vaziyatlarida qo‘llanishi kerak .
Zarur bo‘lgan til malakalarini hosil qilish va rivojlantirish maqsadida
laboratoriyalarda o‘tkaziladigan mashqlardan keng foydalanish kerak bo‘ladi.
Ushbu mashqlar boshqalar nutqini yozma eshitib tushunishga katta yordam beradi.
Talabalar darslarda dialogik va monologik nutqning faqat tayyor shakllarini
grammatik to‘g‘ri tuzishgina emas, balki tayyorlanmagan nutq talabaning
grammatik hodisani qay darajada egallaganligini ko‘rsatadi. Bo‘lg‘usi germanist –
filologlar sifatida talabalar grammatik mavzular haqida gapira bilshlari uchun, ular
zarur bo‘lgan terminlarni ham bilishi kerak bo‘ladi. Ular qoidani aniq tuza
bilishlari, ularning mazmunini ochib berishlari va grammatikaning leksika bilan
bog‘liqligini ko‘rsata bilish malakalariga ega bo‘lishi lozim.
Ikkinchi bosqichdan boshlab talabalar navbatdagi grammatik mavzuni
ma‘lum tavsiya qilingan darsliklar asosida o‘rganishsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bunday o‘rganish talabalarda nazariy bilimlarni oshirib, mavzularni chuqurroq
o‘rganishni ta‘minlaydi. O‘qituvchining vazifasi esa tushunmovchiliklarni hal
qilish, aniqlik kiritish va metodik tavsiyalar berishdan iborat bo‘lishi mumkin.
- 26 -
- 26 -
O‘quv jarayonining ilk bosqichidan boshlab talabalarga ularni ilmiy izlanishga
undaydigan mos grammatik materiallar berib borish zarur, chunki ular talabalada
kasbiy ko‘nikmalar hosil qilib boradi. Bunday materiallarga quyidagilarni kiritish
mumkin bo‘ladi; mustaqil o‘qish uchun mo‘ljallangan adabiyotlardan
o‘rganilayotgan mavzularga mos misollar to‘plash, berilgan namunalar asosida
mashqlar tuzish, ma‘lum grammatik hodisalarni qiyoslash va boshqalar.
Talabalarning bilimlarini joriy ravishda tekshirishda turli xil nutqiy tekshiruv,
sinov shakllaridan va har hil mashqlardan foydalanish maqsadga muofiqdir.
Grammatikaga o‘rgatish jarayonida, shu jumladan ilmiy, tarbiyaviy vazifalarni
nazarda tutish kerak bo‘ladi. Shuning uchun darslarda qo‘llaniladigan mashqlar va
materiallar talabalarda tilga va nutqqa nisbatan umuminsoniy munosabatlarning
shakllanishiga xizmat qiladi.
Talabalar asta sekin quyidagi malakalarga ega bo‘lishi kerak:
- tushuntirilayotgan grammatik materialdan eng muhimini ajrata bilish
kerak;
- misollar va materialga bog‘liq matnlar tanlay olish; grammatik materialni
talabalarga tushunarli darajada leksika bilan bog‘lab bera bilish;
- grammatik mashqlar tuzish va metodik jihadan tahlil qila olish;
- o‘quv- texnika vositalari bilan ishlash.
- 27 -
- 27 -
Do'stlaringiz bilan baham: |