der Löffel
- qoshiq mujskoy rodda)
Rus ayolining jahli chiqdi.
-
Oling-a, mabodo pichoq tushib ketganda bu erkak kishini bildirar edi.
Chunki
ножик
mujskoy roddadir.
-
Ana xolos kulib yubordi nemis ayoli ―
pichoq
‖ mujskoy rodda deb
o‘ylaysizmi, axir pichoq tushib ketsa bormi, bu hech narsani anglatmaydi. U
―das Messer‖, ya‘ni sredniy roddadir.
Arman ayoli hayron bo‘lib bahslashayotganlarni goh unisiga goh bunisiga
angrayib qarar edi. Nihoyat u men tomon o‘girilib so‘radi.
-
Afv etasiz, - pichirladi u, - Men hech narsaga tushunmadim. Nazarimda
qandaydir qiziq irim-sirimlar haqida gap borayotganga o‘xshaydi. Bu irim-
sirimlar nima haqida o‘zi? Nega endi ―
ножик
‖ (pichoq) o‘zning nimasi
bilandir erkak kishini, yoki ―
ложка
‖ (qoshiq) ayol kishini eslatishi kerak
ekan. Taajjub!!!.
Yuqoridagi tillardagi rod xususiyatlari tarjimonlar oldiga ba‘zan o‘tib bo‘lmas
―to‘siqlar‖ xosil qilishi, lisoniy ―g‘ov‖ larni keltirib chiqarish qayd etildi.‖
- 34 -
- 34 -
Ushbu satrlarga G‘.Salomovning ―Til va tarjima‖ kitobida (1966-yil)
tarjimonning ba‘zi leksik-grammatik muammolari hususida gapirilganda
to‘xtalib o‘tilgan edi,
14
unda Haynrix Haynening ―Yovvoyi shimolda‖
she‘rining rus tiliga o‘girilishi bilan bog‘liq lisoniy-uslubiy mushkilotlariga
munosabat bildirilgandi.
Oradan rosa yetti yil o‘tgach, 1973 yili yosh shoir-tadqiqotchi Ergash
Muhammedov ―Heinrich Heine o‘zbek tilida‖ mavzusida ilmiy ish yozib,
kitobda qo‘yilgan muammoni atroflicha mushoxada qilgani holda uni xal etish
mumkinligini isbotlashdan tashqari, o‘sha, ‖tarjima-muammo‖ni yechishning
bir nechta yo‘llarini ko‘rsatdi.
Haynrich Haynening mashhur ―Lorelei‖, ‖Ein Fichtenbaum‖ she‘rlari
ko‘pgina shoir tarjimonlarimiz tomonidan o‘zbek tiliga o‘girildi, hamon yangi-
yangi interpretatsiyalar yuzaga kelmoqda. Buning ajablanarli yeri yo‘q, bu
ikkala she‘r Hayne tarjimasiga qo‘l urgan deyarli barcha rus shoir-
tarjimonlarining ham diqqatini o‘ziga tortgan, natijada bularning ayniqsa ―Ein
Fichtenbaum‖ she‘rining rus tilida g‘alati tarjimalari paydo bo‘lgan. Ammo
xanuzgacha Hayne asarlari to‘plamining ruscha nashriga asoslangan
M.Lermontov tarjimasi kiritiladi. Sababi shoir ruhini hech bir tarjimon
Lermontovchalik bera olmagan. Lekin M.Lermontov she‘rning tarjimasida
shoir ruhini bergani bilan, she‘r mazmunini to‘la aks ettira olmagan. Buning
asosiy boisi rod katagoriyasi tug‘dirgan mushkullikdir.
14
Саломов Г. Тил ва таржима. Т., 1966, 191-194 бб.
- 35 -
- 35 -
Biz quyida rus va o‘zbek tiliga eng ko‘p o‘girilgan ―Ein Fichtenbaum‖ she‘ri
tarjimalarining ba‘zi variantlari xusussida to‘xtalmoqchimiz.
Yuqorida Lermontov tarjimasidagi ―Ein Fichtenbaum‖ she‘ri mazmunining
o‘zgarib ketishida rod katagoriyasi tug‘dirgan mushkullik sababchi bo‘lgan
dedik. Xuddi shu masalada ayni shu she‘r misolida boshqa-boshqa tarjima
nazariyotchilari ham fikr yuritganlar. Shularning ba‘zilari bilan tanishamiz.
Rus adabiyotida badiiy tarjimada rod katagoriyasi tug‘diradigan
qiyinchiliklarni aks ettiruvchi ma‘lum va mashxur bir misol bor. Ulug‘ nemis
shoiri Haynrix Haynening ―Ein Fichtenbaum‖ - ―Qarag‘ay‖ nomli she‘rida o‘z
ma‘shuqasi Palmadan abadiy judo bo‘lgan oshiq Qarag‘ay tasvirlangan. Nemis
tilida ―qarag‘ay‖ daraxtini bildiruvchi ikkita so‘z bor: biri jenski rodda ―die
Fichte‖ ikkinchisi esa mujskoy rodda ―der Fichterbaum‖. Uzoq shimolda, qoya
toshlar ustida tanxo qolgan oshiq ―Der Fichterbaum‖ o‘z ma‘shuqasi ―die
Palme‖ ning visoliga yetishish orzusida ox uradi:
Ein Fichtenbaum steht einsam,
Im Norden, auf kühler Hoh.
Ihn schlaefert, mit weißer Decke,
Umhüllen ihn Eis und Schnee.
Er träumt von einer Palme,
Die, fern im Morgenland,
Einsam und schweigend trauert,
Auf brennender Felsenwand.
- 36 -
- 36 -
Bu ajoyib she‘rni rus tiliga o‘girar ekan, Lermontovning oldida bir muammo
turar edi. Rus tilida ―sosna‖ - ―qarag‘ay‖ so‘zi ham, ―palma‖ ham jenskiy
roddadir. Demak bu ikki so‘z yigit bilan qiz obrazini o‘zida mujasamlashtira
olmaydi. Shu sababli Lermontov tarjimasida she‘rning mazmuni ancha
o‘zgargan. ―Oshiq-ma‘shuq‖larni o‘rnini dugonalar muhabbati, ular o‘rtasidagi
hijron azobi egallagan.
Hayne she‘rini rus tiliga o‘girgan boshqa rus shoirlari asar qahramonlari
jinsini bu tarzda oz‘gartirishni nomuvofiq hisoblab, ―sosnani‖ mujskoy roddagi
boshqa daraxtning nomi bilan almashtirdilar. Masalan F.I.Tyutcshev ―sosna‖-
―qarag‘ay‖ turidagi boshqa – ―kedr‖ daraxtini tanladi.
A.A.Fetning tarjimasida esa qarag‘ayni o‘rnini butunlay boshqa daraxt - dub
(eman) daraxti egalladi.
Mutaxasis botaniklarning fikricha F.I.Tyutcshev tarjimasida noaniqlikka yo‘l
qo‘yilgan - ―kedr‖ shimolda unmaydigan janub daraxti bo‘lib, faqat O‘rta
dengizda uchraydi, shimolda esa kedr emas balki kedrovaya sosna- kedr-
qarag‘ay o‘sadi.
Bizningcha, mutaxassislarning shimolda kedr emas, balki kedrovaya sosna,
eman-qarag‘ay o‘sadi, kedrning vatani O‘rta dengizdir deyishlarida bir
yoqlamalikka yo‘l qo‘yilgan. Birinchidan, kedr qarag‘ay daraxti turiga kirar
ekan, bu unchalik katta farq qilmaydi, ikkinchidan, mahalliy aholi kedrovaya
sosnani (eman qarag‘ayini) ham kedr deb tushunishlari turgan gap.
Uchinchidan, badiiy tarjimachilikni xam unutmaslik kerak. Shu nuqtai nazardan
- 37 -
- 37 -
qaraganda qarag‘ay - sosnani o‘rnini kedr (eman) olishi albatta rus tilida
o‘rinlidir. She‘r mazmuni ham shuni talab qiladi. Buning to‘g‘riligini
Tyutschev tarjimasi tasdiqlab turibdi, negaki Tyutschev Hayne bilan 1924 yilda
Myunxenda shaxsan tanishgan, birmuncha vaqt birga yashagan. Shunday ekan
bu Tyutschev o‘sha paytlardayoq Haynening she‘rini yaqindan bilgan,
shoirning mazkur she‘rida aytmoqchi bo‘lgan maqsad ham unga ayon bo‘lgan,
degan fikrga kelishga imkon beradi. Fikrimizni Haynrix Haynening o‘zi
Tyutschevni xotirlab, ―U mening Myunxendagi eng yaqin do‘stim edi‖ -
deyilishi ham tasdiqlaydi. Shularga asoslanib xaqiqatdan ham ―Qarag‘ay va
xurmo‖ni ayrilikdagi oshiq-ma‘shuqlar timsoli deb qaraydigan bo‘lsak, o‘z -
o‘zidan ma‘lumki, she‘r mazmunini buzishga xaqqimiz yo‘q. Shu bilan biz
M.Y.Lermontov tarjimasini rad etmoqchi emasmiz, Lermontov tarjimasi shu
bilan qimmatliki, u Haynening ruhini, she‘riyatining musiqiyligini shu darajada
bera olganki, boshqa xech bir tarjimon o‘shanday muvafaqiyyatga erisha
olmagan.
O‘zbek tilidagi so‘zlarda jins alomatlari yo‘qligi sababli bo‘lsa kerak,
G‘afur G‘ulom tarjimasida ham, Maqsud Shayxzoda tarjimasida ham
Haynening ―Qarag‘ay va Xurmo‖ she‘ri aslidagi mazmuni o‘zgarib qolgan.
To‘g‘rirog‘I, aytilmoqchi bo‘lgan maqsad birmuncha mavxumlashgan. Asli
muddaoga o‘tishda oldin aniq ruscha tarjimasi bilan tanishib chiqaylik.
U bechora ko‘rar tushida,
Ovloq yerda, kun yoqda jim, lol.
- 38 -
- 38 -
Kunda kuygan qoya to‘shida,
Kuyunar bir xurmo yaqqol.
Filologiya fanlari nomzodi Safo Ochilov Mirtemirning bu tarjimasi to‘g‘risida
gapirib, quyidagi fikrlarni yozadi:
―Erkaklik ma‘nosiga xamohang bo‘lganligi vajidan der Fichterbaum so‘zini
qarag‘ay deb olingan, zaiflik ma‘nosni anglatgani uchun die Palme - xurmo
deb o‘girilgan. Bunday bo‘lmasa kerak. Yigit bo‘yi bastiga o‘xshaganligi uchun
―Der Fichtenbaum‖ - qarag‘ay, yoki qiz qommatini eslatgani uchun die Palme-
xurmo deb tarjima qilingan emas. Der Fichterbaum - sosna-qarag‘ay, die
Palme – palma - xurmo bo‘lganligi uchun shunday o‘girilgan. Yigit bo‘yi-
bastiga o‘xshaganligi tufayligidan ―der Fichterbaum‖ ni, ehtimol ―mirzaterak‖
deb ag‘dargan ma‘qul bo‘larmidi.‖
Safo Ochilov davom etib, shunday deb yozadi. Mirtemir tarjimasida
Kunda kuygan qoya to‘shida,
Kuyunar bir xurmo navnihol.
Ruscha ―
Do'stlaringiz bilan baham: |