2.3. Badiiy adabiyotlar tarjimasida leksik-grammatik muammolar
Badiiy tarjimaning boshqa turdagi tarjimalar, ilmiy-texnika kitoblari, ijtimoiy-
siyosiy asarlar tarjimasidan farqi badiiy adabiyotning o‘z sohalaridan
farqlanishlariga o‘xshaydi. Boshqacha aytganda badiiy tarjimaning o‘ziga xosligi
badiiy adabiyotning o‘ziga xos sifatlari bilan belgilanadi. Lekin badiiy tarjimaning
asl badiiy adabiyotdan farqi unda filologik tahlil va leksik-grammatik qiyosning
ishtirok etishi bilan belgilanadi.
- 44 -
- 44 -
Chunonchi, yozuvchi, shoir yoki dramaturgdan shu janrlardagi asarlarni o‘z
tiliga o‘girish ishi bilan shug‘ullanuvchi ijodkorning farqi shundaki, tarjimon
muallifning aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini boshqa tilda qayta ifodalaydi, uning
asarini qayta tiklaydi. Bunda esa tasvirdan tashqari qiyos va tahlil ham ishtirok
etadi. Yozuvchi grammatik maqsadlarda o‘zi tasvirlayotgan davr hamda turli
ijtimoiy tabaqalarning til xususiyatlarini, personajlar tilining o‘ziga xosligi
deyilganda turli leksik-grammatik vositalardan foydalanadi. Ba‘zan ayrim
grammatik vositalarni tarjimada ifodalash imkoni bo‘lmaydi.
Yozuvchining o‘ziga xos uslubi, obrazlarning talqin qilinishi voqelikka
munosabati
badiiy
jarayoning
yakunlovchi
bosqichida
shaklning asosiy
tomonlarini yaxlit aks ettiruvchi xususiyat sifatida asarda zohir bo‘ladi. Uslubni
muallifning umumiy bisotidan ajratgan xolda, ko‘r-ko‘rona asarning lingivistik
xarakteristikasiga aylantirib qo‘yish mumnik emas. Obraz bilan uslub o‘zaro
chambarchas bog‘langan. Obraz bilan uslubning bir-biriga bog‘liqligi, o‘zaro
taqozodorligi yozuvchining voqelikni badiiy aks ettirishiga asoslanadi.
Uslub yozuvchi ijodining uning asarlarida takrorlanib turadigan asosiy tipik
g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari majmuasidir. Yozuvchining dunyo qarashi va u
yaratgan asarlarning mazmuniga aloqador asosiy g‘oyalar, muallif ko‘proq
tasvirlagan syujet va xarakterlar silsilasi sa‘natkor ijodida tez-tez uchrab turadigan
badiiy tasvir vositalari o‘ziga xos tili uning indivudial uslubini tashkil etadi.
- 45 -
- 45 -
Misol uchun Fridrix Shillerni olaylik. Unina asarlaridagi qahramon obrazi, uning
insoniy xislatlari, dunyoqarashi, intilishlari, tabiat manzaralari yorqin bo‘yoqlarda
emotsianal, ekspressiv so‘zlar vositasida mohirona tasvirlangan.
―Sturm und Drang‖ adabiy yo‘nalishiga xos ko‘tarinkilik, tilning sodda,
xalqchil, jangovarligi, qahramonlarning maqsadlari yo‘lida o‘z hayotlariga qasd
qila olishlari, gaplardagi undovchi ohanglar Shillerning ―Räuber‖ - ―Qaroqchilar‖
dramasida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Tilshunoslikka oid ko‘pchilik ilmiy nashrlarda uslub grammatik uslub
tarzida berilgan. Lingivistik tarif bo‘yicha uslub tilning differentsial turlaridan
bo‘lib, o‘ziga xos lug‘ati, frazelogik qurilishlari, jumla va grammatik ko‘rinishlari,
bo‘lak turlardan o‘ziga xos unsurlarining asosan ekspressiv ta‘rifiy xususiyatlari
bilan tafovut qiluvchi lisoniy sistemadir. Muayyan bir uslubdagi unsurlar boshqa
uslub elementlaridan tafovut qilganida ularni aniqlash oson bo‘ladi. Misol uchun
masal uslubi, xalq dostonlari uslubi, adabiy uslub, ilmiy uslub, rasmiy-idoraviy
ish uslubi, kitobiy uslub, ilmiy texnikaviy uslub, ijtimoiy-publistik uslub, notiqlik
uslubi, rasmiy uslub, yozma nutq uslubi, she‘riy uslub, kasb-hunar uslubi va
xokazolar.
O‘zining yorqin individual uslubi bilan ajralib turadigan yozuvchilarning
ijodida bir emas bir nechta aniq ko‘zga tashlanadigan uslublar mavjud bo‘ladi.
Yozuvchi ijodida yangicha uslubning paydo bo‘lishi, ko‘pincha uning ijodiy
evolyutsiyasi, hayoti, idrok etishdagi burilish, siljish badiiy metodning o‘zgarishi
- 46 -
- 46 -
bilan bog‘liqdir. Tarjima jarayonida ushbu grammatik vositalarni e‘tiborga olish
albatta muhimdir.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, uslub hayotni obrazli o‘zlashtirishni
ifodalash, kitobxonlarni qiziqtirish vositasidir. Hikoya qilish, sahna tomoshasi va
lirik idrokning ta‘sirchanligi asarning jozibasida, ohangliligida o‘z aksini topadi.
Asosiy yetakchi ohang asarning tuzilishida ham, qahramonlarni tasvirlash
yo‘sinida ham ko‘p narsani belgilaydi.
Tarjimada ham ularning barchasi o‘z
ifodasini topishi zarur.
G‘arbiy Yevropa adabiyoti, rus adabiyoti va qardosh xalqlar adabiyotidan
o‘zbek tiliga yoki o‘zbek tilidan boshqa xalqlar tillariga qilinadigan o‘ziga xos
butun bir adabiyotni tashkil etuvchi sertarmoq tarjimalarni olib qaralsa, bularda
mualliflarning turfa xil uslublari jilolarini qayta ifodalash masalasida jafokash
tarjimonlar oldida har gal tahlil va taqsilni har safar o‘zgacha bir chora-tadbirni
talab etadigan muammolar ko‘ngdalang bo‘lishi ko‘zga tashlanadi.
Tarjima qilish uchun so‘zlarning asosiy lug‘aviy mazmuni-yu, tilning
grammatik qoidalarini bilish kifoya emas. Buning uchun tilni xis qilish kerak. Har
bir leksik vositaning stilistik, ya‘ni uslubiy vazifasini bilish kerak. Mashxur nemis
yozuvchisi Shillerning ―Räuber‖ - ―Qaroqchilar‖ dramasiga murojaat qilaylik.
―Die Räuber‖ - ―Qaroqchilar‖ F.Shillerning birinchi dramasi, uning
akademiyada o‘tkazgan yillarining so‘ngi oylarida yoza boshlanib, 1781 yili
tugatilgan. Asar ―Hujum va tazyiq ruhi‖da yozilgan bo‘lib, feodalizmga qarshi
qo‘zag‘alonni o‘zida aks ettirgan. Uning epigrafi ―Zulmkorlarga qarshi‖ bo‘lib,
- 47 -
- 47 -
asar g‘oyasini ifodalagan. Uning bosh qahramoni Karl Moor bo‘lib, u butun
jamiyatga qarshi bosh ko‘taradi. Ukasining makkorona tuzgan rejasi qo‘l kelib, u
merosdan, ota uyi va sevgilisidan ajragan Karl Moor qaroqchilarga bosh bo‘lib
Bogemiya o‘rmonlariga ketadi. U qaroqchi sifatida zulmkorlarga daxshat
solmoqchi bo‘ladi. Qaroqchilik, talonchilik ijtimoiy nohaqlikka qarshi kurash
shakli sifatida tasvirlangan Karl Moor qulchilik, amalparastlik, langanbardorlikni
yomon ko‘radi. Qullik xarobalari o‘rniga u Germaniyada respublika barpo qilishni
orzu qiladi. ―Meni azamatlar polkiga sarkarda qilib qo‘yinglarda, o‘shanda
ko‘rasizlar. Bizlar qurgan Germaniya Respublikasi oldida Rim va Sparta ayollar
monastiriga o‘xshab qoladi‖ – deydi u. Tez orada Karl tanlagan yo‘lining noto‘g‘ri
ekanligini anglab yetadi. Oiladagi xiyonat, sevgilisidan ajralish, ayanchli hayotdan
tushkunlikka tushgan Karl bir kambag‘al kimsaning hayotini yaxshilash maqsadida
o‘zi uchun vada qilingan pul evaziga o‘zini hukumatga topshirishni iltimos qiladi.
Dramada Shiller tomonidan qo‘llanilgan stilistik vositalarni lingvistik
jihatdan tahlil qildik. Ulardan ayrimlarini dramaning 4-qismi 1-ko‘rinishidan oldik:
Do'stlaringiz bilan baham: |