O’zbekiston respublikasi оliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


II bob  2.1. Badiiy adabiyot tarjimasi muammolari



Download 424,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/33
Sana11.01.2022
Hajmi424,8 Kb.
#339171
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Bog'liq
leksik grammatik mano va uning badiiy tarjimada ifodalanishi

II bob 

2.1. Badiiy adabiyot tarjimasi muammolari 

Tarjima  -  lisoniy  badiiy-estetik  xodisa,  so‘z  san‘ati,  tarjimon  esa  ijodkordir. 

Badiy  tarjima  qilish  uchun  jahondagi  yetakchi  shoir  va  yozuvchilarning  turli 

janrlardagi  asarlariga  chunonchi  she‘r  va  ballada,  novellalar,  hikoya,  masal, roman, 

publitsistik  asarlar,  kinofilmlarni  tanlab  olish  mumkin.  Qanday  asar  tarjima 

qilinmasin, shubxasiz u o‘sha xalq adabiyoti, ma‘naviy boyligi uchun manba bo‘lib 

hizmat  qiladi.   Kitobxonlar  uchun ham ulkan  sovg‘a bo‘lishi mumkin.   

Badiiy  asarlar  tarjimasi  muhimligini  ta‘kidlagan  holda  quvonch  bilan  ayta 

olamizki, 

mustaqillik 

yillarida 

tarjimashunoshlik 

ishlarida 

yuksalishlar, 

ilgarilashlar  bo‘ldi.  Chet  el  adabiyotlariga  qiziqish  nixoyatda  o‘sdi.  Qator 

asarlarning  badiiy tarjimalari  kitobxonlar  qo‘liga yetkazildi.   

 

O‘zbek  adabiyoti  jahon  adabiyotining  olamshumul  asarlariga  ega  bo‘lgan 



edi.  Bulardan  biri  Gyotening  ―Faust‖  (Erkin  Vohidov  tarjimasi),  ikkinchisi 

Dantening  ―Ilohiy  komediya‖si  (Abdulla  Oripov  tarjimasi),  Nozim  Hikmatning 

―Inson  manzaralari‖  epopeyasining  birinchi  kitobi  (Rauf  Parpi  tarjimasi),  bulardan 

tashqari  Firdavsiyning  ―Shoxnomasi‖,    Bayronning  ―Don  Juan‖i  tarjimalari  ham 

Respublikamizning  madaniy  hayotida quvonchli voqea bo‘lganligi  shubhasizdir.   

 

Mustaqillik  yillari  esa  bu  boradagi  yutuqlar  yanada  ko‘paydi.  Gyotening 



―G‘arbu  Sharq  devoni‖  (S.Salimov  tarjimasi),  Erix  Mariya  Remarkning  ―Uch 

og‘ayni‖  -    ―Drei  Kameraden‖  (rus  tili  orqali)  Nozim  Komil  tarjimasi,  Herman 

Hessening  ―Cho‘l  bo‘risi‖  nemis  tilidan  Mirzaali  Akbarov  tarjimasi,    Anna  Mariya 



 

 

- 28 - 



- 28 - 

Shimmelning  ―Jonon  mening  jonimda‖  (nemischadan  Yo‘ldosh  Parda  tarjimasi),  

Frants  Kafkaning  ―Jarayon‖  asari  (Fayzullo  tarjimasi),  Th.Nitsshening  ―Zardusht 

tavallosi‖  asari  (O.Sharafutdinov  tarjimasi),  Gyotening  ―Yosh  Verterning 

iztiroblari‖  asari  (Poshali  Usmon  tarjimasi)    kabi  tarjima  asarlari  fikrimizning 

isbotidir.  

 

Adabiyotimizda o‘z va o‘zga tushunchalari nisbiy va shartli tushuncha bo‘lib 



qoldi.    O‘zbek  adabiyoti  tor  milliy  muhitda  emas,  balki  ulkan  internatsional 

geografik 

kengliklarda 

barq 


urib 

rivojlanmoqda. 

Xalqlarni 

bir-biriga 

yaqinlashtiruvchi, 

milliy 


adabiyotlarni  bir-biriga  payvand  qiluvchi  ajoyib 

vositalardan  biri  badiiy tarjimadir.   

 

 

Barcha  ijodkorlar  davrasida  zahmatkash  tarjimonning    ham  munosib  o‘rni 



bor.  Adabiyotimizda  ko‘pgina  yaxshi  fazilatlar  uchun  biz  hazrati  tarjimonga 

burchdormiz.  

 

Badiiy  tarjimani  mevali  daraxtdagi  niholga  qiyos  qilsa  bo‘ladi.  Chunonchi 



bir  zamonda  o‘sib  turgan  nihol  boshqa  yerga  o‘tkazilganda  ko‘karib  meva beradi. 

Jahon  adabiyoti  durdonalari  ham  tarjima  tufayli  bir  tildan  boshqa  tilga 

ko‘chirilganda  o‘sha  tilning  egasi  bo‘lgan  xalqning  milliy  ongini  o‘stirishda, 

yangicha  estetik did paydo qilishda, dunyoqarashni o‘stirishda faol ro‘l o‘ynaydi.  

 

Tarjima  tarbiyaviy-ma‘rifiy,  donishiy  ahamiyatga  ega.  Asl  adabiyot  orqali 



asosan  o‘z  xalqimizning  o‘tmishi,  hozirgi  va  kelajak  hayoti,  tarixiy  turmush 

sharoitlarini  o‘rgansak,  badiiy  tarjima  asarlari  orqali  boshqa  xalqlarning  hayoti, 

ularning  orzu-intilishlari,  iqtisodiy  turmush  sharoitlarining  badiiy  intihosi  bilan 



 

 

- 29 - 



- 29 - 

tanishamiz.  Har  ikkkalasi  -  asl  (orginal)  adabiyot  ham,  tarjima  adabiyoti  ham  bir-

birlarini  boyitib,  ko‘payib  boradi,  rivojlanadi,  ularning  birini  ikkinchisidan  ustun 

qo‘yish mumkin  emas. 

 

 Badiiy  tarjimaning  mamlakatimizning  nafaqat  madaniy,  balki  siyosiy-



ijtimoiy,  iqtisodiy  hayotida  ham  ahamiyati  katta.  U  xalqlar,  ellatlar,  davlatlar 

o‘rtasida  o‘zaro  iqtisodiy-siyosiy,  milliy-madaniy  aloqalarning  kengayishi 

manfaatlariga  xizmat  qiladi.  Tarjima  milliy  adabiyotlarning  o‘zaro  aloqasi  va  bir-

biriga  ta‘sir  jarayoninini  tezlashtiradi,  milliy  adabiyotlarda  mushtarak  mavzular, 

umuminsoniy  g‘oyalar,  rang-barang  adabiy-estetik  shakllarning  tug‘ilishiga  sabab 

bo‘ladi.  

 

Tarjima  milliy  tillarning  rivojlanish  suratini  tezlashtiradi,  tillarning  lug‘at 



boyligini  yanada  oshiradi,  yangi-yangi  grammatik    vositalarni  keltirib  chiqaradi.  

Milliy  tillarning      boyishi  mushtarak  so‘z,  termin,  iboralarning  asta-sekin 

―Umuminsoniy  lug‘at‖  ning  tarkib  topishida  ham,  milliy  madaniyatlar  va  milliy 

adabiyotlarning  bir-biriga  o‘zaro  ta‘sir  qilish  jarayonida  ularda  mushtarak  ijtimoiy, 

siyosiy,  adabiy,  estetik  qonuniyatlarning  paydo  bo‘lishida  ham  tarjima  katta  rol 

o‘ynaydi.  

 

Tarjima,  xalqalar  do‘stligi,  qardoshlik  va  baynalminal  manfaatlarga  xizmat 



qiluvchi  muhim  vositalardan  biridir.   


Download 424,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish