Sotuv kontrolling (nazorati) turlari
: moliyaviy kontrolling,
xarajatlar kontrollingi, investitsion kontrolling, ishlab chiqaruvchi
kontrollingi, tashqi ma’lumotlar asosida kontrolling, ichki ma’lumotlar
asosida
kontrolling,
raqobatchilar-hamkorlar
bilan
qiyoslash,
avtomatlashtirilmagan kontrolling, avtomatlashtirilgan (kompyuter
dasturlari) kontrolling, logistik kontrolling va hokazo.
Axborot bilan ta’minlash, kuzatish, nazorat va tartibga solish sotuv
kontrollingning asosiy faoliyatlari bo‘lib hisoblanadi. Sotuv
ko‘rsatkichlarini rejalashtirish qaysi tovarlarga talabning o‘sib
borayotganini aniqlash, bozor sig‘imi, potensial talab kabi ko‘rsatkichlar
tahliliga asoslanadi. Axborot bazasining keng qamrovliligi sotuv
jarayonini samarali olib borilishning muhim omilidir. Axborotni tizimli
tartibga solish, tahlil qilish, potensial bozor va uning segmentlarini
o‘rganish menejment qarorlarini qabul qilishda juda muhim hisoblanadi.
Nazorat funksiyasi miqdoriy va segment jihatdan sotuv jarayonining
tahlili va kuzatuvini olib boradi.
Tartibga solish funksiyasi mijozlar bilan o‘zaro aloqalar strategiyasi,
narx siyosati, sotuvni rag‘batlantirish, marketing chora-tadbirlarini
o‘tkazishga qaratilgan.
343
Sotuv kontrolling (nazorati) funksiyasining bajarilishi bosh
vazifalarni hal etishga qaratilgan, bular:
-
xarajatlar va daromadlarni boshqarishga tizimli yondashish;
-
bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olish, maqsad
va natijalarga erishish uchun strategik va taktik rejalarni tartibga
solish;
-
integrallashgan tizim — firmaning barcha funksional
bo‘limlarini muvofiqlashgan va integrallashgan (birlashgan) holda
faoliyatini ta’minlaydi.
Sotuv
kontrollingini
o‘tkazish
albatta,
operativ
axborot
ma’lumotlariga tayanadi. Bu ma’lumotlar ham tashqi, ham ichki
axborotdan iborat. Axborot manbalari ichki va tashqi faoliyat natijalari,
barcha iqtisodiy-statistik ma’lumotlardan tashkil topadi. Firmaning har bir
bo‘limi faoliyatlari ko‘rsatkichlari sotuv kontrollingining axborotlar
manbayi hisoblanadi.
Axborot ta’minoti jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
-
axborotlarni to‘plash;
-
saqlash, xavfsizligini ta’minlash;
-
axborotlarni qayta ishlash;
-
sifatli ravishda axborotlarni tizimga joylash; - axborot bazasini
shakllantirish.
Sotuv jarayoni kontrollingi firmaning transport konsepsiyasidan kelib
chiqqan bo‘lishi va strategik muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan
bo‘lishi kerak.
•
tijorat faolligini oshirish, qachon va qaysi bosqichlarda zarur;
•
tovar va xizmatlarning sifati qanday bo‘lishi kerak;
•
mijozlar bilan munosabatlar qaysi strategiyalarga asoslanishi
kerak;
•
qaysi yangi bozorlarda yangi iste’molchilar segmentini topish
kerak;
•
firmaning raqobatchi firmalardan afzalligi;
•
doimiy mijozlar bilan aloqalarni mustahkamllash;
•
strategik konsepsiya qaysi doiraga mo‘ljallangan (barcha
korxonalar uchun yoki bir bo‘lim uchun).
344
•
strategik va operativ nazorat sotuv kontrollingning tarkibiy
qismi bo‘lib, u sotuvga tayyorgarlik, uni samarali o‘tkazish
funksiyasini o‘z ichiga oladi.
Sotuv kontrolling tizimining samaradorligi quyidagi prinsplarga
asoslanadi:
−
sotuv jarayonida tavakkchilikni minimallashtirish;
−
menejment jarayonida tub o‘zgarishlarsiz sotuvni qo‘llab-
quvvatlash;
−
savdo jarayonida vujudga keladigan muammolar tufayli kadrlar
salohiyatiga qarab ularni o‘zgartirish, kerakli joyga qo‘yish, zaruriyatdan
kelib chiqqan holda faoliyatga yo‘naltirish;
−
ishlab chiqaruvchi marketing, logistika menejmenti sohalariga
kasbiy talabni oshirish.
Sotuv kontrollingi korxona strategik faoliyati samarasini ta’minlab,
uning daromadining oshishiga, foyda, tovar aylanmasi, xarajatlar
strukturasini boshqarishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |