Avtomatlashtirilgan tizimi(AT)ni yaratish jaryoni ishlarning davrlari va bosqichlarida vaqt bo‘yicha tartiblashtirilgan, o‘zaro bog‘langan, birlashtirilgan ishlar majmuidan iborat bo‘lib, ularni bajarilishi berilgan talablarga muvofiq AT ni yaratish uchun zarur va etarli hisoblanadi. Bu standartda o‘rnatilgan davrlar va bosqichlarda ishlarning bajarilishi tarkibi va qoidalari AT konkret turlarini yaratishad qatnashadigan tashkilotlarning mos hujjatlarida aniqlanadi.
Avtomatlashtirilgan tizimlarni tayyorlash davrlari AT ni yaratish davrlari va bosqichlari umumiy holda 5.1-jadvalda keltirilgan. Davrlar bosqichlari GOST 34.601-90 asosida shartnomalarda va texnik topshiriqdao‘rnatiladi. Texnik topshiriq va uning avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratishdagi ahamiyati Bo‘lajak boshqarish tizimining tuzimasi va ishlashiga mos qarashlarga kelgan ishlab chiquvchi va buyurtmachining uzoq davom etgan muzokaralari natijalari inson xotirasi va ruhiy holatlari xususiyatlari tufayli keyinchalik tanib bo‘lmaslik darajaga o‘zgarib ketishi mumkin. Bu hol yuz bermasligi uchun natijalar boshqarish tizimini ishlab chiqishga texnik topshiriq (TT) deyiladigan maxsus hujjatda qayd etilishi kerak. AT da TT avtomatlashtirilgan tizimni yaratish (rivojlantirish yoki modernizatsiya qilish – keyinchalik yaratish) tartibi va talablarini aniqlaydigan asosiy hujjat hisoblanadi. TT ga muvofiq AT ni ishlab chiqish va uni ishlatishga kiritishni qabul qilish olib boriladi. TT ni rasmiylashtirish tartibi AT da TT GOST 2.105 talablariga muvofiq A4 formatdagi qog‘ozlarda, unga asosiy yozuv va qo‘shimcha grafalar ramkasisiz rasmiylashtiriladi. Varaqlar (sahifalar) nomerlari titul varag‘idan keyingi birinchi varaqdan boshlab varaqning yuqori qismida (matndan pastda, o‘rtada) AT da TT kodi belgilanishidan keyin qo‘yiladi. Ko‘rsatkichlar, me’yorlar va talablar qiymatlari, qoidaga ko‘ra, chegaraviy og‘ishlari yoki maksimal va minimal qiymatlari orqali yoziladi. Agar ko‘rsatkichlar, me’yorlar va talablar konkret qiymatlari AT da TT ni ishlab chiqish jarayonida o‘rnatilishi mumkin bo‘lmasa, unda bu ko‘rsatkichlar, me’yorlar va talablarni o‘rnatish va muvofiqlashtirish tartibi haqida “YAkuniy talab (qiymat) ........ jarayonida aniqlashtiriladi va ..... davrga ........dan bayonnomasi bilan muvofiqlashtiriladi” yozuvni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Titul varag‘ida gerbli muhr bilan tasdiqlanadigan buyurtmachi, ishlab chiquvchi va muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar imzolari joylashtiriladi. Zarurat bo‘lganida titul varag‘i bir necha sahifalarda rasmiylashtiriladi