Zaripova Matluba Qulfitdinovna


O‘qitish  texnologiyasi — bu didaktik jarayonning ilmiy asoslangan loyihasini amalga



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/78
Sana08.01.2022
Hajmi1,68 Mb.
#332287
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78
Bog'liq
книга

O‘qitish 
texnologiyasi — bu didaktik jarayonning ilmiy asoslangan loyihasini amalga 
oshiruvchi,  an’anaviy  ta’lim  modellarida  mavjud  bo‘lganga  nisbatan 
natijaning  yuqoriroq  samaradorlik,  ishonchlilik  va  kafolatlanganlik 
darajasiga ega bo‘lgan qonuniy tashkil etilgan pedagogik faoliyatdir.
 
Bu  asosiy  ta’rif  ma’lum  bir  muammo  yoki  yaxlit  tizim  ta’rifi  sifatida 
o‘zgartirilishi  mumkin.  Birinchi  holatda  texnologiya  pedagogik  shart-
sharoitlarda invariant yuz beruvchi va kutilgan natijani ta’minlovchi mantiqiy 
tizimlashtirilgan  didaktik  jarayon  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Ikkinchi  holatda 
esa  u  konseptual  va  amaliy  ahamiyatga  ega  g‘oyalar,  prinsiplar,  uslublar  va 
o‘qitish vositalarining yaxlit tizimini ifodalagan holda uni keyinchalik takror 
ishlab  chiqarganda  va  ko‘paytirganda  ta’limning  yetarli  darajada  yuqori 
samaradorligi  va  sifatining  kafolatini  ta’minlar  edi.  Bu  nuqtai  nazardan, 
o‘qitish  texnologiyasini  ta’lim  jarayonlarining  o‘zgarib  borishi  sharoitida 
o‘qitishning bashorat qilingan natijalariga erishilishini ta’minlovchi pedagogik 
harakatlar,  amaliy  va  muolajalarning  tartibli  to‘plami  sifatida  ko‘rib  chiqish 
mumkin. 
O‘qitish texnologiyasining yana bir muhim xususiyati haqida to‘xtalib 
o‘tish maqsadga muvofiq sanaladi. Bir qator ilmiy-uslubiy va ilmiy-ommabop 
manbalarda mualliflar tomonidan bu tushunchani ta’lim uslubiyoti tushunchasi 


93 
 
bilan  solishtirishga  harakat  qiladilar.  Ko‘pchilik  holatlarda  mualliflar  bu 
tushunchalarni  nima  uchundir  bir-biriga  qarama-qarshi  qo‘yishga  harakat 
qiladilar.  Quyidagi  savolga  javob  topishga  harakat  qilamiz:  o‘qitish 
texnologiyasi va usulbiyoti o‘rtasida qanday farq bor, bir tushuncha ikkinchisi 
bilan almashtirilayotgani yo‘qmi?
Birinchidan, 
ularning asosiy farqi shundaki, 
uslubiyot: Ta’limda talab qilingan natijalarga qanday qilib erishish mumkin? – 
savoliga,  texnologiya  esa:  Buni  kafolatlangan  holda  qanday  qilib  bajarish 
mumkin?  —  savoliga  javob  berish  imkonini  beradi. 
Ikkinchidan, 
o‘qitish 
texnologiya  yaqqol  ifodalangan  shaxslashgan  tabiatga  ega  va  mohiyati 
jihatdan  “mualliflik  o‘qitish  uslubiyoti”  tushunchasiga  yaqin  turadi.  Agar 
“uslubiyot” tushunchasi o‘qitish uslublari va usullari majmuasidan, odatda, 
ularni  amalga  oshiruvchi  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  holda  foydalanish 
muolajasini  ifodalaydi,  o‘qitish  texnologiyasi  esa  bu  texnologiya  yuzaga 
chiqishining  har  qanday  ko‘rinishlarini  o‘qituvchi  shaxsi  bilan  bevosita 
bog‘lashni nazarda tutadi. Bundan shu narsa ravshanki, har qanday didaktik 
masala malakali pedagog-professional tomonidan loyihalashtirilgan va amalga 
oshiriladigan texnologiya yordamida samarali hal etilishi mumkin. 
Shunday qilib, o‘qitish texnologiyasi o‘qituvchining pedagogik mahorati 
bilan uzviy bog‘liqdir. Uni yuqorida darajada egallash esa bu mahoratdir. Lekin 
boshqa tomondan olib qaraganda, pedagogik mahorat – faqat operatsion tashkil 
etuvchi  sifatida  cheklanmagan  holda  texnologiyani  egallashning  yuqori 
darajasidir.  
Pedagoglar orasida pedagogik mahoratning individualligi, uni qo‘ldan-
qo‘lga berib bo‘lmasligi haqidagi fikr mustahkam o‘rnashib qolgan. Agar ta’lim 
texnologiyasini  pedagogik  jarayon  sifatida  emas,  balki  pedagogik  faoliyatni 
tashkil  etish  va  amalga  oshirish  uchun  o‘ziga  xos  aslahaxona  sifatida  ko‘rib 
chiqadigan bo‘lsak, texnologiya nafaqat uning muallifi, balki uning izdoshlari 
tomonidan ham yuzaga chiqarilishi mumkin deb tasdiqlash mumkin. Bunda u 


94 
 
shaxsiy kasb sifatlari va parametrlari bilan aniqlashtirilib boriladi, albatta, lekin 
uning  asosiy  tuzilmaviy  tashkil  etuvchilari  o‘zgarmasdan  qoladi,  chunki  ular 
loyihalashtirilgan  konkret  maqsad  va  vazifalarga  muvofiq  ravishda  tizimli 
bog‘langan. Bizning fikrimizcha, ta’lim texnologiyasi va uslubiyotning muhim 
farqlaridan biri ham shunda.  
O‘z navbatida, bu ikki tushunchani qarama-qarshi ham qo‘yib bo‘lmaydi. 
Bizning  fikrimizcha, 

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish