sanoatga oid va ijtimoiy.
Bu
ajratish shartli emas, balki prinsipial ajratishdir. Sanoatga oid texnologiyalarga
xomashyo (neft, gaz, yog‘och va hokazolar)ni qayta ishlash yoki undan tayyor
mahsulot (metall, prokat, alohida detallar va qismlar kabilar) olish
texnologiyalari kiradi. «Ijtimoiy texnologiya – bu shunday texnologiyaki, uning
boshlang‘ich va pirovard natijasi inson, asosiy o‘zgartirish ko‘rsatkichi
insonning bir yoki bir necha xususiyati (sifati) hisoblanadi.»(48, Smirnov).
Ijtimoiy texnologiyalarning xususiyatlari va ularning sanoat texnologiyalaridan
farqi S.I. Smirnovning ishlarida yaxshi ochib berilgan. U ijtimoiy
texnologiyalarni eng avvalo, egiluvchan, keskin determinantlashmagan deb
asoslaydi.48]
E
ng samarali jarayonlar va chora-tadbirlarni tanlash ham to‘liq
samaradorlikni kafolatlamasligi mumkin. Gap shundaki, inson o‘ta ko‘p omilli
tizim bo‘lib, unga kuch va yo‘nalishi turli-tuman, ba’zan qarama-qarshi bo‘lgan
ko‘p sonli tashqi ta’sirlar o‘z ta’sirini o‘tkazadiki, oqibatda u yoki bu ta’sirning
samarasini oldindan aytish ko‘pincha mumkin bo‘lmaydi. Ijtimoiy
88
texnologiyalar har qanday sharoitlarga moslashtirilishi mumkin: ular texnologik
jarayonni tashkil etgan alohida jarayonlar va amallarning kamchiliklariga
tuzatish kiritishi mumkin. Ijtimoiy texnologiyalarning xususiyatlari shundaki,
ularda tuzatishlar kiritish bosqichlarida texnologik jarayonning alohida
unsurlarini takrorlashni tashkil etish imkonini beruvchi teskari aloqa muhim rol
o‘ynaydi. Va nihoyat, ijtimoiy texnologiyalar tashkil etilishi bo‘yicha
murakkabroqdir. Shunday qilib, sanoat texnologiyalari to‘g‘ri tanlab olingan
tabiat jarayonlaridan iborat zanjirni ifoda etsa, «ijtimoiy texnologiyalar — bu
yagona maqsadga erishishga yo‘naltirilgan turli-tuman va har xil ketma-ketlikda
va turli darajada qo‘llaniladigan maxsus tashkil etilgan tadbirlar majmuasidir».
Xulosa qilgan holda quyidagilarni tasdiqlash mumkin: ijtimoiy
texnologiyalarning sanoat texnologiyalardan farqi, eng avvalo, shu bilan
asoslanadiki, pedagogik faoliyat sohasini aniq predmetga ega ta’rif,
funksiyalarning yagona to‘plami, kasbiy harakatlarning tasodifiy munosabatdan,
his-hayajondan uzoqligi bilan tavsiflab bo‘lmaydi. Pedagogik faoliyatning
operatsion tomonini uning shaxs-sub’ekt ko‘rsatkichlaridan, ratsional tartibga
solish esa emotsional tomonidan uzoqlashtirib bo‘lmaydi. Natijaning
sub’ektivligi, muddatliligi, variativligi sanoat sohalaridagi kabi oldindan ayta
olish va kafolatlanganlik darajasini ta’minlay olmaydi.
Shuni qayd etib o‘tish joizki, har qanday texnologiya ma’lum bir fan va
unga mos ishlab chiqarish o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘in hisoblanadi. Bunday
bo‘g‘inning zarurligi to‘g‘risidagi hammaga ma’lum haqiqat, baxtga qarshi
ta’lim
tizimida
butkul
rad
etiladi.
Fizika
qonunlaridan
ularni
texnologiyalashtirishni chetlab o‘tgan holda bevosita ishlab chiqarishda
foydalanib bo‘lmasligi ravshan. Ta’lim muammolari bo‘yicha yuzlab ishlarda,
shuningdek, rasmiy hujjatlarda pedagogik tadqiqotlar natijalarini ta’lim
amaliyotiga bevosita joriy qilish to‘g‘risida gap boradi, amalda buning iloji
bo‘lmasa-da. Pedagogikaga ana shunday oraliq bo‘g‘in o‘qitish texnologiyasi
89
bo‘lib, u ta’lim nazariyasining o‘qituvchilar va o‘quvchilar faoliyatidagi aksini
ifodalaydi.
«O‘qitish texnologiyasi» tushunchasi birinchi bor 1970 yilda
YuNESKO anjumanida yangragan. Bu tashkilot tomonidan chop etilgan
“Mavjud bo‘lish uchun o‘qish” ma’ruzada qayd etilgan atama ta’lim jarayonini
modernizatsiyalashtirishning harakatlantiruvchi kuchi sifatida ta’riflanadi, ta’rifi
keltiriladi. Bu ta’rifda ta’lim texnologiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |