Zaripova Matluba Qulfitdinovna



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/78
Sana08.01.2022
Hajmi1,68 Mb.
#332287
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78
Bog'liq
книга

o‘qitish 
texnologiyasi
 vujudga keldi.  
O‘quv  jarayoni  tuzilmasini  tahlil  qilar  ekan,  A.S.  Makarenko  shunday 
yozgan edi: «bizning pedagogik ishlab chiqarishimiz hech qachon texnologik 
mantiqqa  asosan  emas,  hamisha  ahloqiy  nasihat  mantig‘iga  asosan  qurilgan. 
Aynan  shu  sababdan  bizda  pedagogik  ishlab  chiqarishning  barcha  muhim 
bo‘limlari:  texnologik  jarayon,  operatsiyalar  hisobi,  konstruktorlik  ishi, 
konduktorlar va moslamalardan foydalanish, me’yorlashtirish, nazorat, ruxsat 
etish va nuqsonga chiqarishlar mavjud emas». 
Pedagogikada  “texnologiya”  atamasining  paydo  bo‘lishiga  inson 
nazariy  va  amaliy  faoliyatining  turli  sohalarida  ilmiy-texnik  taraqqiyotning 
shiddat bilan rivojlanish, shuningdek, pedagoglarning o‘zlarini kasbiy faoliyatida 
kafolatlangan natijalarga erishish istagi sababchi bo‘ldi.  
Pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish g‘oyasiga qarshilar pedagogik 
jarayonga  texnologik  jarayon  sifatida  qarash  mumkin  bo‘lmagan  erkinlik  deb 
hisoblashadi. Biroq har qanday faoliyat san’at darajasiga olib chiqilishi mumkin. 
San’at  esa  –  bu  “har  qanday  faoliyat  sohasidagi  malaka,  mahoratning  yuqori 
darajasidir”(11,  2t  B  –  507),  «texnologiya  esa  –  bu  san’at,  mahorat, 
malakadir».(11,2t  B  –  469).  Bu  yondashuv  shu  bilan  mustahkamlanishi 
mumkinki,  ko‘plab  mashhur  va  hurmatli  olim  va  amaliyotchilar  bu  tezisni 
mustahkamlash uchun sahna yoki artistlik faoliyatining texnologik asosi sifatida 
K.S. Stanislavskiy tizimini keltiradilar. 
“O‘qitish    texnologiyasi”  tushunchasi  atrofida  butun  dunyoda  olib 
borilayotgan jiddiy bahslar bu tushunchaga hammaga  maqbul, uzil-kesil ta’rif 
berish  imkonini  bermayapti.  Bu  tushuncha  bilan  bir  qatorda  ilmiy-uslubiy  va 
ommabop adabiyotda “pedagogik texnologiya”, “ta’lim texnologiyasi”, “tarbiya 


84 
 
texnologiyasi”  va  hattoki,  “rivojlantirish  texnologiyasi”  kabi  atamalar  keng 
qo‘llaniladi. Bu atamalar o‘rtasida aniq chegara ham hali o‘rnatilmagan. 
Ta’lim  sohasida  texnologiyalardan  foydalanish  muammosi  bo‘yicha 
adabiyotlarni o‘rganish XX asrning ikkinchi yarmida bu mavzuni har tomonlama 
yoritib  beruvchi  30  dan  ortiq  yirik  ishlar  (monografiyalar,  doktorlik  va 
nomzodlik  dissertatsiyalari,  o‘quv  va  o‘quv-uslubiy,  o‘quv  qo‘llanmalari) 
yaratilganini ko‘rsatib turibdi. Pedagogikada foydalaniladigan texnologiyalarga 
bag‘ishlangan mavzularning xilma-xilligi va serobligi tadqiqot predmetiga katta 
qiziqish  mavjudligini  ko‘rsatib  turibdi.  Biroq  bu  tushunchaning  mohiyatini 
yoritish  borasidagi  monografik  va  o‘quv-uslubiy  tabiatdagi  zamonaviy 
yondashuvlar 5-10 yil oldingi qarashlardan farq qiladi.  
Bu  yillar  davomida  “texnologiya”  tushunchasining  mazmuni  ham 
o‘zgardi: zamonaviy yondashuvlar uchun predmetga yanada konkretroq qarash 
xarakterlidir. 
Masalan,  bugungi  kunda  pedagog-tadqiqotchilarning  juda  ko‘p  qismi 
texnologik  nuqtai  nazardan  keltirilgan  atamani  tarbiyalash  va  rivojlantirish 
sohasida qo‘llash to‘g‘ri emas, degan fikrga kelganlar.  
Gap  shundaki,  har  qanday  texnologiya  oldindan  tashhizli  maqsadlarni 
belgilash va pedagogik faoliyat jarayonida ularga erishishni nazarda tutadi. Bu 
nuqtai nazardan ta’limga nisbatan vaziyat aniq-ravshan: ta’lim uchun tashhizli 
maqsadni  aniqlash  mumkin.  Bunday  maqsad  sifatida,  masalan,  kasbiy 
tayyorlash paytida talaba uchun zarur bo‘lgan o‘quv materiallar hajmini olish 
mumkin.  Bunday  maqsadga  erishishning  yakuniy  nazorati  oson  bo‘ladi. 
Bundan esa ta’lim jarayoni texnologik asosda tashkil qilinishi mumkinligi kelib 
chiqadi.  
Ta’limni texnologiyalashtirish sohasida tadqiq qilinishi kerak bo‘lgan 
materiallar hajmi asta-sekin kamayib, tadqiqot maydoni torayib bormoqda. Bu 
olimlarning  ko‘pchilik  holatlarda  bir-biriga  yaqin  nuqtai  nazarlarga 


85 
 
moyilligida  ham  o‘z  aksini  topmoqda.  Dastlab  turli  yo‘nalishlarda  olib 
boriladigan tadqiqotlar natijasida eng umumiy qarashlardan “chekinish” yuz 
beradi. Ko‘pchilik mualliflar bu tushunchani ochib berish uchun ishchi variant 
sifatida  konkret  va  qismlarga  ajratilgan  yondashuvlardan  foydalanishadi. 
Lekin shuni qayd etib o‘tish kerakki, unga kiritiladigan mazmunning xilma-
xilligi  baribir  sezilarli  darajada  qoladi.  Bundan  shunday  xulosa  chiqarish 
mumkin:  zamonaviy  pedagogikada  “o‘qitish  texnologiyasi”  ta’rifi  shu 
paytgacha to‘liq shakllanmagan.  
Shu  bilan  birgalikda,  “texnologiya”  tushunchasi  yigirmanchi  asrning 
ikkinchi yarmida jamiyat ongiga mustahkam kirib keldi hamda ilmiy va amaliy 
tafakkurning o‘ziga xos yo‘naltiruvchisiga aylandi. Uning tartibga solish ta’siri 
shundaki,  inson  faoliyatining  barcha  sohalarida,  jumladan  ta’lim  sohasidagi 
tadqiqotchilar va amaliyotchilarni quyidagilarga undaydi: 

 
jarayon natijaviyligining asosini topish; 

 
talab  qilingan  natijaga  erishishni  kafolatlash  uchun  fan  va 
tajribaning eng yaxshi yutuqlarini safarbar qilish; 

 
faoliyatni  o‘zini  oqlamaydigan  kuch,  vaqt  va  resurslar  xarajatiga 
olib  keluvchi  ekstensiv  asosda  emas,  balki  intensiv,  ya’ni  maksimal  darajada 
ilmiy asosda qurish; 

 
mumkin bo‘lgan tuzatishlar kiritishlar sonini qisqartirish maqsadida 
faoliyatni bashoratlash va loyihalashga katta e’tibor berish; 

 
ularning  rivojlanish  jarayonida  yangi  axborot  vositalaridan 
foydalanish, murakkab operatsiyalarni maksimal darajada avtomatlashtirish. 
Boshqacha 
qilib 
aytganda, 
texnologiyalanuvchanlik 
inson 
faoliyatining  yetakchi  tavsifiga  aylanmoqda,  ta’lim  jarayoni  samaradorligi, 
maqbulligi,  ilm  sig‘imliligi  sifat  jihatdan  yangi  darajasiga  o‘tmoqda. 
Umumlashtirgan  holda  xulosa  chiqarish  mumkin,  texnologiya  moda  ketidan 


86 
 
quvish  emas,  balki  zamonaviy  ilmiy-amaliy  tafakkur  uslubidir.  U  amaliy 
tadqiqotlarning  (shu  jumladan,  pedagogik)  inson  faoliyatini  tubdan 
takomillashtirishga,  uning  natijaviyligini  (maqsadga  erishish  kafolatlangan 
sharoitda),  intensivligini,  instrumentalligini,  texnik  qurollanganligini 
oshirishga yo‘nalganligini ifodalaydi. Texnologiya — bu predmet sohasining 
ob’ektiv qonunlarini maksimal darajada ifoda etuvchi va shu sababli qo‘yilgan 
maqsadlar  bo‘yicha  berilgan  shart-sharoitlarga  ko‘proq  mos  keladigan 
natijalarni ta’minlovchi faoliyatdir. 
Shu  nuqtai  nazardan  “o‘qitish  texnologiyasi”  tushunchasini  tahlil  qilib 
ko‘ramiz. Buni quyidagi savollarga javob topish maqsadida amalga oshiramiz: 

 
O‘qitish texnologiyasining didaktik mohiyati nimadan iborat? 

 
O‘quv  jarayonining  texnologiyaviyligi  deganda  nimani  tushunish 
kerak? 

 
O‘qitish texnologiyasining mazmuni va tuzilmasi qanday? 
Pedagog-tadqiqotchilarning 
“o‘qitish  texnologiyasi”  kategoriyasi 
mohiyatini  “texnologiya”  tushunchasining  boshlang‘ich  ma’nosiga  muvofiq 
tarzda  asoslashga  harakat  qilishlarini  tabiiy  hol  deyish  mumkin,  chunki 
birinchisi ikkinchisining hosilasi sanaladi.  
«Texnologiya» tushunchasining mazmuni texnik fanlarda, birinchidan, 
qayta ishlash va qayta o‘zgartirish jarayoni, buning natijasida tayyor mahsulot 
olinadi; ikkinchidan

bu jarayonning me’yoriy tomoni, u qayta o‘zgartirishning 
zaruriy  jarayonlarini  amalga  oshirish  uchun  nima  qilish  kerakligini  belgilab 
beradi. 
Shunday  qilib,  texnik  lug‘atlarda  “texnologiya”  deganda,  insonlar 
tomonidan konkret murakkab jarayonni u yoki bu darajada bir xil bajariladigan 
va  kafolatlangan  natijaga  erishish  maqsadiga  ega  bo‘lgan  ketma-ket,  o‘zaro 
bog‘liq muolajalar va amallar tizimiga bo‘lish yo‘li bilan amalga oshirish usuli 
tushuniladi.  Muolaja  deganda  bu  holatda  harakatlar  majmuasi  tushuniladiki, 


87 
 
uning vositasida aniq texnologiyaning mohiyatini ifoda etuvchi u yoki bu bosh 
jarayon (yoki uning alohida bosqichi) amalga oshiriladi, amal esa bu muolaja 
doirasida  muammoni  bevosita  amaliy  yechish,  ya’ni  konkret  jarayonning 
mantiqan bo‘linmas qismidir. 
Texnologiya (jarayon sifatida) quyidagi uchta alomat bilan tavsiflanadi: 

 
jarayonning o‘zaro bog‘liq bosqichlarga bo‘linishi; 

 
qidirilgan natijaga (qo‘yilgan maqsadga) erishishga yo‘naltirilgan 
harakatlarning muvofiqlashtirilgan holda va bosqichma-bosqich bajarilishi; 

 
texnologiyaga kiritilgan muloaja va amallarni bajarishning aniqligi, 
bu qo‘yilgan maqsadga adekvat bo‘lgan natijalarga erishishning majburiy va hal 
qiluvchi sharti hisoblanadi.  
Hozirgi  paytda  jahonda  ishlab  chiqilgan  va  foydalanilayotgan 
texnologiyalarni ikki ko‘rinishga ajratish mumkin: 

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish