Zaripova Matluba Qulfitdinovna


o‘qitish  texnologiyasi  –  bu  uslubiyotning  yanada



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/78
Sana08.01.2022
Hajmi1,68 Mb.
#332287
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   78
Bog'liq
книга

o‘qitish  texnologiyasi  –  bu  uslubiyotning  yanada 
yuqoriroq 
rivojlanish 
bosqichi 
bo‘lib, 
bunda 
texnologiyaning 
shaxslashtirilishi bilan bir qatorda, uning asosiy tashkil etuvchilari: maqsadlarni 
qo‘yilishi,  bashoratlash,  o‘qitishning  eng  maqbul  ko‘rinishlari,  uslublari  va 
usullarini tanlash, o‘quv jarayoni ishtirokchilari o‘zaro aloqalarini tashkil etish, 
didaktik  maqsadlarga  kafolatlangan  erishish  maqsadida  o‘quvchilarning  bilim, 
ko‘nikma  va  malakaarini  baholash,  nazorat  qilish,  ularga  tuzatishlar  kiritishlar 
amalga  oshiriladi.  Shunday  qilib,  har  qanday  uslubiyot  texnologiya  darajasiga 
olib chiqilishi mumkin.  
Buning  uchun  uni  asosiy  tashkil  etuvchilar  bilan  teskari  aloqasining 
mavjudligi  va  tuzatishlar  kiritish  asosida  bosqichma-bosqich  optimallashtirish 
zarur.  O‘quv  jarayonida  tashxisi  qo‘yilgan  maqsadlarga  muvofiq  ravishda 
tajriba  yo‘li  bilan  bu  maqsadlarga  erishish  imkoniyatlari  pedagog  tomonidan 
tanlangan ta’lim shakllari, uslublari va usullari, o‘quvchilar bilan aloqa usullari 
yordamida  aniqlanadi.  Agar  didaktik  maqsadga  darhol  erishish  mumkin 
bo‘lmasa,  uslubiyotning  asosiy  parametrlarini  aniqlashtirish  va  tuzatishlar 
kiritish  bosqichi  ham  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi  (masalan,  yanada 
takomillashgan didaktik vositalar, uslubiy usullar va hokazolarni qo‘llash).  
Bu  jarayon  tashhizlash  paytida  qo‘yilgan  maqsadlarga  erishish  nuqtai 
nazaridan, o‘qitish uslubiyotining eng maqbul tashkil etuvchilarini topish bilan 
yakunlanadi.  Agar  uni  pedagogik  amaliyotda  ko‘p  marotaba  takror  ishlab 
chiqarish  o‘qituvchiga  oldindan  ko‘zda  tutilgan  va  loyihalashtirilgan  natijani 


95 
 
olishiga imkon bersa, gap uslubiyot to‘g‘risida emas, balki texnologiya haqida 
ketyapti deyish mumkin.  
O‘qituvchining  texnologik  darajadagi  faoliyati  mezonlari  sifati 
quyidagilarni ilgari surish mumkin: 

 
aniq  va  tashhizli  maqsadlarning  mavjudligi,  ya’ni  o‘qitishning 
kutilgan  natijasi,  bu  maqsadga  erishishning  diagnostik  usullari  sifatida 
tushunchalar,  amallar,  o‘quvchilar  faoliyati  to‘g‘risida  tasavvurlarning 
mavjudligi; 

 
o‘rganilayotgan  mazmunni  ommabop  va  amaliy  masalalar, 
yo‘naltiruvchi asos va ularni hal qilish usullari tizimi ko‘rinishida tasvirlash; 

 
mavzuni  o‘zlashtirishning  yetarli  darajada  jiddiy  ketma-ketligi, 
mantiqi, ma’lum bosqichlarining mavjudligi (material, kasbiy vazifalar to‘plami 
va hokazolar); 

 
o‘quv  jarayoni  ishtirokchilarining  o‘zaro  ta’sir  usullarini  har  bir 
bosqichda ko‘rsatish (o‘qituvchi va o‘quvchilar, o‘quvchilar o‘rtasida); 

 
o‘qituvchi  tomonidan,  o‘quv  jarayonining  samaradorligi  nuqtai 
nazaridan, eng maqbul o‘qitish vositalaridan foydalanilishi; 

 
o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini ularning bu jarayonda shaxsiy 
va kasbiy vazifalarini amalga oshirishiga asoslangan motivatsion ta’minot (erkin 
tanlov, ijodkorlik, musobaqadoshlik, hayotiy va kasbiy ma’noga egalik; 

 
o‘qituvchi algoritmik va ijodiy faoliyatining yagona qoidalardan yo‘l 
qo‘yilgan chetga chiqish chegaralarini ko‘rsatish. 
Zamonaviy  oliy  ta’lim  strategiyasini  nafaqat  mavjud  ijtimoiy 
texnologiyalarga xizmat ko‘rsata oluvchi, balki me’yoriy  faoliyat chegarasidan 
chetga chiqa oluvchi, innovatsion jarayonlarni, keng ma’noda ijod jarayonlarini 
amalga  oshira  oluvchi  mutaxassis  shaxsining  rivojlanishi  va  o‘z-o‘zini 
rivojlantira  olishi  tashkil  qiladi.  Bu  strategiya  oliy  maktab  o‘quv  jarayoni 


96 
 
mazmuni va  ko‘rinishlarining shaxsni rivojlantiruvchi va kasbga  yo‘naltirilgan 
ta’limiy  texnologiyalar  ustuvorligiga  prinsipial  yo‘naltirilishida  namoyon 
bo‘ladi.  Uning  samaradorligi  sezilarli  darajada  quyidagilarga:  inson  bu 
strategiyada  o‘zining  turli-tuman  sub’ektivligi  bilan  qay  darajada  to‘liq  o‘z 
aksini topganligiga, uning tavsifiy va ruhiy xususiyatlari qay darajada e’tiborga 
olinganiga,  ularning  rivojlanish  yoki  so‘nish  istiqbollari  qandayligiga  bog‘liq 
bo‘ladi. 
Aytilganlardan  oliy  maktabda  qo‘llaniladigan  o‘qitish  texnologiyasiga 
talablar  kelib  chiqadi:  ta’lim  oluvchilarning  shaxsiy  sifatlarini  hisobga  olish, 
optimallik,  didaktik  prinsiplarga  zid  kelmaslik,  talablarning  idrok  etish 
faoliyatini faollashtirishga yo‘naltirilganlik.  
Shunday  qilib,  ta’lim  texnologiyalarini  ishlab  chiqish  negizida  ta’lim 
oluvchilarning  o‘quv  faoliyatini  va  o‘qituvchilarning  boshqaruv  faoliyatini 
yuqori samaraviy loyihalashtirish yotadi.  
Qayd etib o‘tilganlarni umumlashtirgan holda o‘qitish texnologiyasining 
mohiyati birinchidan, o‘quv jarayonini oldindan loyihalashtirish, keyinchalik bu 
loyihani  pedagogik  amaliyotda  takror  ishlab  chiqarish  imkoniyatining 
mavjudligida;  ikkinchidan,  qo‘yilgan  didaktik  maqsadlarga  erishish  sifatini 
ob’ektiv  nazorat  qilish  imkoniyatini  ko‘zda  tutuvchi  maxsus  tashkil  etilgan 
maqsadning shakllanishida; uchinchidan, o‘qitish texnologiyasining tuzilmaviy 
va  mazmunan  bir  butunligida,  ya’ni  uning  tashkil  etuvchilaridan  biriga 
boshqalarini o‘zgartirmay turib o‘zgartirish kiritib bo‘lmasligida; to‘rtinchidan, 
o‘qitish  texnologiyasining  aniq  bir  va  qonuniyatli  aloqalari  tomonidan  talab 
qilinuvchi  eng  maqbul  uslublar,  ko‘rinishlar  va  vositalarni  tanlashda; 
beshinchidan,  ta’lim  jarayoniga  o‘z  vaqtida  va  shoshilinch  tuzatishlar  kiritish 
imkonini  beruvchi  tezkor  teskari  aloqaning  mavjudligida  o‘z  ifodasini  topgan 
deyishimiz  mumkin.  Bulardan  quyidagicha  xulosa  chiqarish  mumkin: 
o‘qitish 
texnologiyasi  pedagogik  masalalarni  kafolatlangan  sifat  bilan  eng  samarali 


97 
 
ravishda hal qilish imkonini beruvchi yaxlit didaktik tizimni aks ettiradi.
 Didatik 
tizim sifatida texnologiyaning tuzilmaviy tashkil etuvchilariga didaktik maqsad 
va  vazifalar,  ta’lim  mazmuni,  pedagogik  o‘zaro  ta’sir  vositalari  (o‘qitish 
uslublari),  o‘quv  jarayonini  tashkil  qilish  (o‘qitish  ko‘rinishlari),  ta’lim 
oluvchining, o‘qituvchining o‘qitish vositalari, shuningdek, ularning birgalikdagi 
faoliyati natijasini kiritish mumkin.  
O‘qitish  texnologiyasi  tashkil  topgan  muolajalar,  operatsiyalar  va 
usullarni u yoki bu pedagogik natijaga erishish yo‘lini batafsil izohlab beruvchi 
algoritm bo‘g‘inlari sifatida tavsiflash mumkin emas. Ularni ta’lim sub’ektining 
berilgan  maqsadlar  tomon  harakatini  ta’minlovchi  asosiy  didaktik  vositalar 
sifatida  qarab  chiqish  mumkin.  Shunday  qilib, 
o‘qitish texnologiyasi deganda, 
pedagogning  didaktik  masalalarni  yechishga  yo‘naltirilgan  ketma-ket  o‘zaro 
bog‘liq harakatlari tizimi yoki oldindan loyihalashtirilgan pedagogik jarayonni 
reja asosida va bosqichma
-
bosqich amaliyotga tatbiq qilishdir. 

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish