2.3.1. O‘qitishning kredit texnologiyasi: mohiyati va mazmuniy tavsifi
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi – milliy oliy maktabni Bolonya jarayoni
maqsadlariga, uning mexanizmlari, vositalari, dastaklariga yaqinlashtirishga
yo‘naltirilgan bir qator chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan konkret harakatlar
rejasidir. Bularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: oliy ta’limning
ko‘p bosqichli tuzilmasining amaliy faoliyatini ta’minlovchi me’yoriy- huquqiy
hujjatlarni ishlab chiqish; milliy sinov birliklari tizimi modeli loyihasini
shakllantirish – oliy ta’limda o‘quv kreditlari va u bilan bog‘liq asosiy
tushunchalar va me’yorlarni talabalar mustaqil ishlari rolining kuchayishini
hisobga olgan holda shakllantirish; ta’lim kreditlari asosida davlat ta’lim
standartlarini yaratish; bir necha oliygohlarda ta’lim jarayonini modul-reyting
(kredit) asosiga o‘tkazish bo‘yicha sinovlar o‘tkazish; O‘zbekiston ko‘p
98
bosqichli oliy ta’limi modellarini sinov orqali qayta ishlash (umumiy ta’lim
makonini yaratish haqida Bolonya deklaratsiyasiga muvofiq ravishda).
Bolonya jarayonining asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
1) talabalarning harakatchanligiga yo‘naltirilganlik;
2) ish bilan ta’minlash;
3) ta’lim tizimi raqobatbardoshligini oshirish.
Xorijiy ekspertlar Bolonya jarayoni doirasidagi islohotlarning oltin qoida
sifatida Yevropa oliy ta’limining ikki bosqichliligini joriy qilish (bakalavr –
magistr), ECTS- yevropa kredit tizimi (sinov birliklarini ko‘chirish va yig‘ib
borish)ni qo‘llash,
akkreditatsiyaning
adekvat
muolajalarini
yaratish,
diplomlarga ilovalardan foydalanishni qayd etib o‘tadilar. Ya’ni 2010 yilga kelib,
akademik va kasb diplomlari, darajalar va malakalarga konvergentlik,
solishtirishlik, qarama-qarshi qo‘yishlik va ko‘rinuvchanlikning zaruriy
chorasini ko‘rish, bu orqali oliy ta’limning umumiy makonini yaratish nazarda
tutilgan.
Shu bilan birgalikda Yevropa modeli ta’limning yagona to‘g‘ri modeli
emasligini, unga ergashish bu modelni qabul qilgan mamlakat oliy ta’limi 2010
yilga kelib o‘z-o‘zidan optimal rivojlanishini ta’minlamasligi qayd etib o‘tish
kerak. Har bir mamlakat Boloniya jarayoniga a’zo bo‘lish mavzuini ko‘tarish va
muhokama qilishda eng avvalo, milliy va davlat manfaatlaridan kelib chiqishi
kerak: o‘z iqtisodiyoti imkoniyatlari, intellektual, gumanitar va ilmiy salohiyati,
jamiyatning milliy oliy ta’lim tizimini integratsiyalashuvi g‘oyasini qabul
qilishga tayyorligi.
Bir tomondan, O‘zbekiston oliy ta’limini Yevropa ta’lim makoniga
integratsiyalashuviga va Bolonya jarayoniga qo‘shilishiga ehtiyotkorlik bilan
yetti o‘lchab bir kesgan holda munosabatda bo‘lish zaruriyati tug‘iladi.
Ikkinchi tomondan, globallashuv – barchaga tegishli tendensiya, oliy
maktabni isloh qilish esa bu global jarayonlarning bir qismidir, bu jarayonlarni
99
jamiyat fikrini hisobga olmasdan va ularning roziligisiz qabul qilish ham to‘g‘ri
bo‘lavermaydi. Islohotlar, integratsiya – bu uzoq davom etadigan jarayon, har
holda u yuqoridan hal etilmaydi.
Strategiya nuqtai nazaridan, umumevropa jarayonlari tashqi ko‘rinishidan
juda jozibador. Ammo mantiqan o‘ylab qaraganda, konkret davlatning ichki
taktikasi oliy ta’limning yevropacha islohotlari jarayoniga asta-sekin kirib borish
maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining xalqaro, jumladan, Yevropa ta’lim
makoniga integratsiyalashuvi muammosi o‘z muqobiliga ega emas, biroq bu ikki
tomonlama jarayon bo‘lib, uni amalga oshirish turli yondashuvlardan
foydalanishni nazarda tutadi. Tabiiyki, integratsiyaning o‘z tarafdorlari va unga
qarshilar mavjud bo‘ladi. Tarafdorlar uchun Bolonya jarayoni madaniyatni
takomillashtirish, oliy maktab sifatini oshirishga rag‘batlantiruvchi ta’sir
ko‘rsatadi. Sir emaski, O‘zbekistonda oliy ta’limning yuqori sur’atlarda
tijoratlashuvi, ta’lim xizmatlari bozorida ko‘p sonli tijoriy va nodavlat
oliygohlarining paydo bo‘lishi, shuningdek, boshqa ijtimoiy omillar tahlikali
tendensiyaning vujudga kelishiga – oliy ta’lim sifatining pasayib ketishiga, bir
qator oliy o‘quv yurtlari diplomlarining qadrining tushishiga olib
keladi.Boshqalar uchun bu muammoning salbiy qabul qilinishi Bolonya
jarayoniga qo‘shilishning O‘zbekistonga, har bir oliygohga, alohida olingan
talabaga nima berishining milliy tahliliga pragmatik yondashuv bilan
tavsiflanadi.
Bunday
yondashuv
oliy
maktab
milliy
davlat
tizimi
raqobatbardoshligi salohiyatini oshirib ko‘rsatishni minimallashtirishni nazarda
tutadi.
Bolonya jarayoni maqsadlari – raqobatbardoshlik, harakatchanlik va sifat
– suveren O‘zbekistonning milliy manfaatlariga javob beradi. Ijtimoiy
tadqiqotlar ta’lim muassasalarining umumiy muammolarini aniqlashtirish bilan
bir qatorda bosh masalani – o‘qituvchilarning zamonaviy ta’lim muammolarini
100
ko‘ra olishi, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarini joriy
qilish asosida uni sifat jihatdan rivojlantirishni o‘rganishga qaratilgan.
So‘rov maqsadi – o‘qituvchilarning o‘qitishning kredit texnologiyasi
to‘g‘risida, o‘quv jarayoniga bu tizimni joriy qilish xususiyatlari haqida, ta’lim
jarayoni sifatini oshirish masalalari haqida xabardorligini aniqlash.
«O‘qitishning kredit texnologiyasining asosiy xususiyatlari qaysilar?»
savoliga so‘rov o‘tkazilgan o‘qituvchilarning 29 foizi bu texnologiya
talabalarning katta hajmdagi mustaqil va ijodiy ishlarini nazarda tutadi,
oliygohda olinadigan ta’lim darajasini xalqaro standartlarda qabul qilingan
darajaga yaqinlashtirish imkoniyatini beradi, o‘qituvchilarning 12 foizi talaba
ta’lim faoliyatiga individual yondashuvning mavjudligi; 16 foizi – fan bo‘yicha
olingan bilim hajmi va mazmunini o‘lchash qobiliyati sifatida sinov birliklarini
(kreditlarni) qo‘llash hamda o‘rganiladigan fanlar bo‘yicha maxsus o‘quv
majmualari sifatida Syllabus ishlab chiqish, yana 10 foizi OTM kadrlar
tarkibining yuqori darajadagi professionalizmi deb javob berishdi. So‘rov
o‘tkazilganlarning 9 foizi kredit texnologiyasi deganda ta’lim jarayonida
mashg‘ulot o‘tkazishning faol ko‘rinishlari (ishbilarmonlik o‘yinlari, amaliy
holatiy masalalarni hal etish va hokazolar)dan keng qamrovli foydalanish deb
tushunganlar. Shuningdek, o‘qituvchilar ta’lim kreditidan ta’lim uchun
qo‘shimcha to‘lov vositasi sifatida foydalanilishiga aniq baho bera olmadilar.
Navbatdagi muhim muammo universitetda qabul qilingan o‘qitishning
kredit texnologiyasi sifatidan o‘qituvchilarning qoniqishlari motivlarini
aniqlashtirish
hisoblanadi.
So‘rov
natijalarining
ko‘rsatishicha,
respondentlarning 46 foizigina uning sifatidan qoniqish hosil qilishgan, so‘rov
o‘tkazilganlarning 22 foizi salbiy baho berishgan bo‘lsa, 31 foizi javob berishga
qiynalishdi. Bu ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, o‘qituvchilar kredit
texnologiyasi mohiyatini, uning qiymat-yo‘naltiruvchi ahamiyatini hali tushunib
yetishmagan. «O‘qitishning kredit texnologiyasini joriy qilish zaruriyatini
101
qanday baholaysiz?» savoli bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rov natajalari ham buni
tasdiqlab turibdi.
So‘rov o‘tkazilgan o‘qituvchilarning 21 foizi kredit texnologiyasi juda
zarur deb hisoblashadi (korrelyatsion tahlil bu asosan axborotga ega va joriy
qilish jarayonida ishtirok etuvchilarning baholari ekanligini ko‘rsatdi), so‘rov
ishtirokchilarining 17 foizi kredit texnologiyasini joriy qilish ta’lim jarayonida
sezilarli sifat o‘zgarishlariga olib kelmaydi, deb hisoblashsa, 30 foizi talabalar
tayyorlashning mavjud darajasida mazkur texnologiya kutilgan natijalarni
bermasligini tasdiqlaydilar, 26 foizi esa yangi texnologiya ilmiy, metodologik va
metodik jihatdan kuchsiz ishlab chiqilgan, bu ham talabalarning, ham
o‘qituvchilarning dunyoqarashiga salbiy ta’sir qilishini ko‘rsatib o‘tdilar. Shu
bilan bir qatorda umuman teskari nuqtai nazarlar ham mavjud: so‘rovda ishtirok
etgan o‘qituvchilarning 19 foizi kadrlar tayyorlashning avvalgi “klassik” tizimi
o‘z imkoniyatlaridan hali to‘liq foydalangani yo‘q, kredit texnologiyasi esa
abiturientlarni jalb qilish uchun reklama tryuki, xalos, bu texnologiyaning qabul
qilinishi o‘zbek diplomlarini xorijda tan olinishini ta’minlay olmaydi, deb
hisoblaydilar.
So‘rov natijalarining ko‘rsatishicha, talabalar egallaydigan ta’lim sifatini
oshishiga quyidagilar yordam beradi: o‘qituvchilar tarkibi sifatini, individual
mahoratini oshirish - 16 ta respondent fikri; universitetda ta’lim jarayoni moddiy-
texnika bazasini sifat jihatdan yaxshilash – 18 ta respondent fikri: kredit
texnologiyasini joriy qilishning samarali ko‘rinishlarini ishlab chiqishda
o‘qituvchilarni konkret moddiy manfaatdorligining oshirilishi – 13 ta respondent
fikri; o‘zlashtirmagani, o‘qishni xohlamagani sababli talabalarni oliygohdan
qat’iy haydash siyosatini o‘tkazish – 10 ta respondent fikri; talabalar bilan doimiy
ravishda individual ishlash – 11 ta respondent fikri; ta’lim jarayonining ilg‘or
texnologiyalarini qo‘llash – 9 ta respondent fikri; tayyorlash sifatini oshirish,
kasbiy mahoratni takomillashtirish, yangi ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish
102
maqsadida o‘qituvchilarga ma’lum bir erkin ish grafigini taqdim etish – 7 ta
respondent fikri.
Bu so‘rovlarning natijalari qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |