Birinchidan
, o‘tkazilgan so‘rov kredit texnologiyasini joriy qilish
muammosiga o‘qituvchilarning yetarli darajada katta qiziqishini va ta’lim sifatini
oshirishga manfaatli e’tiborni aniqlab berdi.
Ikkinchidan
, oliy ta’lim umumiy tizimining tarkibiy qismi sifatida
o‘qituvchi kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashning ko‘p bosqichli
tizimini yaratish o‘qitishning kredit texnologiyasini joriy etishning orqaga surib
bo‘lmaydigan vazifasi hisoblanadi.
Uchinchidan
, kredit texnologiyasini joriy qilish masalalari ta’lim
jarayonining barcha bo‘g‘inlarini tubdan va bittama-bitta qayta ko‘rib chiqishni
talab qiladi.
Kredit texnologiyasining xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlarini
aniqlashtirish, kredit texnologiyasiga «kirib borish»ning eng maqbul sharoitlarni
tayyorlash bo‘yicha umumiy shart-sharoitlarni belgilash va har bir
o‘qituvchining majburiyatlarini aniqlash maqsadida o‘rnatilgan ko‘rinishda
universitetning har bir o‘qituvchisini «sinov» topshirishi zaruriyati ham mavjud.
O‘qitishning kredit texnologiyasi bo‘yicha o‘quv jarayoni davomida qator
universitetlarda bakalavrlar va oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlashni
yaxshilashning eng maqbul yo‘llarini tahlil qilish va qidirish ishlari davom
etmoqda.
2004 – 2005 o‘quv yilida tayyorlashning barcha mutaxassisliklari va
yo‘nalishlarida ta’lim berishning shunday usulidan foydalanish boshlandiki, u
o‘quv materialini o‘zlashtirishda barcha ta’lim oluvchilarda mos fanlar bo‘yicha
o‘quv-uslubiy majmua (O‘UM)ning bo‘lishini nazarda tutadi. O‘quv jarayoni
grafigi ham an’anaviy grafikka nisbatan o‘zgartirildi.
103
Oliygohlarning professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘rta maktablar
bitiruvchilari saviyasining yaxshilanishini kutib o‘tirmasdan, talabalarda ma’lum
tayanch bilimlar va malakalarni talab qiluvchi o‘qitishning yanada faolroq
uslublaridan foydalangan holda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishiga to‘g‘ri
keldi. O‘qitish kredit texnologiyasining joriy qilinishi bir qator muhim muammo
va savollarni o‘rtaga tashladiki, ularni hal etish bakalavrlar va oliy ma’lumotli
mutaxassislarni tayyorlash sifatining oshishiga olib keladi.
Birinchi navbatda, ta’lim oluvchining o‘quv materialini o‘zlashtirish,
topshiriqlarni bajarishda faol individual ishga ruhiy tayyorgarligi zaruriyatini
qayd etib o‘tishni xohlardik. Qat’iy reglamentlashtirilgan reyting nazorati
testlarni topshirishda diqqatni bir joyga jamlashni talab qiladi. O‘qituvchilar ham
bilimlarni nazorat qilish va baholash jarayonining oshkoraligini ko‘zda tutuvchi
ijodiy ishlar hajmining ortib ketishi muammosiga ro‘para kelishdi.
Ko‘rsatib o‘tilgan qiyinchiliklarni yengib o‘tish maqsadida o‘quv yili
boshida kuratorlar tomonidan talabalar guruhlarida tushuntirish ishlari olib
borildi, kredit bo‘yicha to‘liq axborotni o‘zida jam qilgan o‘quv-uslubiy
majmualar ishlab chiqildiki, ular talabaga o‘rganilayotgan fanning maqsadini
aniq ifodalash va joriy nazoratga tayyor turish imkonini beradi. O‘rta
maktablarda bilimlar test orqali nazorat qilishning keng ko‘lamda joriy qilinishi,
Yagona milliy test o‘tkazishning kiritilishi ko‘rsatib o‘tilgan holatlarda vujudga
keluvchi ruhiy to‘siqlarni olib tashlashda dastlabki shart-sharoit hisoblanadi.
Professor-o‘qituvchilar tarkibi uchun asosiy shart ularning kasbiy va
maxsus tayyorgarligi darajasi hisoblanadi, albatta. Mashg‘ulot olib borishning
yangi tashkiliy-uslubiy usullarini qo‘llashning samaradorligiga bo‘lgan ishonch
ham muhim omil sanaladi. Universitet o‘qituvchilarining o‘qitish va nazoratning
eng maqbul uslublarini izlash va ularni takomillashtirish masalalari bo‘yicha
seminar, trening va anjumanlarda ishtiroki ta’lim-tarbiya jarayoniga puxta
104
o‘ylangan individual yondashuvni ishlab chiqishda sezilarli yordam berishi
mumkin.
O‘qitishning kredit texnologiyasini joriy qilish o‘quv jarayonini amalga
oshirish (oraliq attestatsiya, talabalar safidan chiqarish, o‘tkazish va tiklash
tartibi) borasida bir qator tashkiliy masalalarni hal qilishni talab qiladi.
Iqtisodiyot, moliya, hisob va audit bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash
yo‘nalishlarining mavjud namunaviy o‘quv dasturlari fanlar bo‘yicha bilimlar
nazoratining an’anaviy ko‘rinishlarini (sinovlar, imtihonlar va boshqalar)ni,
shuningdek akademik kreditlar topshirishni mos kelmaslikni keltirib chiqaradi.
Joriy o‘quv yilida to‘lov asosida ma’lum miqdordagi kreditlarni qayta
topshirish (takroriy o‘qitish) imkoniyatini berish uchun rejalashtirilmagan
xarajatlarga muvofiq ravishda qo‘shimcha mashg‘ulotlarni joriy qilish zarur
bo‘ladi. Pedagog va mutaxassislarning ma’lumotlar bazasisiz, shuningdek,
oliygohdagi o‘quv jarayoni (o‘quv bo‘limi)ni tashkil etishda kafedraning tezkor
imkoniyatlarini kuchaytirmasdan turib o‘tiladigan fanlarning variativ qismini
kengaytirish va tayyorlashning individual dasturlari bo‘yicha sifatli o‘quv
jarayonini ta’minlash mumkin emas.
O‘qitishning kredit tizimini amalga oshirishdagi muhim masala oliygoh
moddiy-texnik bazasi, kommunikatsiya vositalarining o‘quv jarayonini
ta’minlashning o‘sib borayotgan talablariga mos kelishi hisoblanadi. Tahririyat-
nashriyot bo‘limining ish hajmi ham, fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy
majmualarini ko‘paytirish xarajatlari hamortib bordi. O‘quv-tarbiya personali
shtati ham oshirildi. Vujudga kelgan sharoitlarda oliygohning ba’zi bo‘limlarini
ma’muriy boshqaruvidan boshqaruvning bozor usullariga qisman o‘tish
maqsadga muvofiq va samarali hisoblanadi.
Ta’lim marketingi, davlat, xorijiy va xususiy investitsiyalarni jalb
qilishning roli ortib bormoqda. Universitetning moliyaviy imkoniyatlari o‘rtacha
yillik yuklamani, auditoriyadan tashqari soatlarni ham e’tiborga olgan holda
105
avvalgi hajmda saqlab qolish imkonini berdi, bu esa professor-o‘qituvchilar
tarkibini ta’lim jarayonini yanada sermahsul, sifatli olib borishga ma’lum
darajada rag‘batlantiradi.
O‘quv-tarbiya jarayonini o‘qitishning kredit tizimi sharoitida
takomillashtirish istiqbollari yuqorida qayd etilgan muammolarni majmuaviy hal
qilishda ko‘rinadi. Bu bosqichdagi asosiy maqsad talabalarga samarali mustaqil
ishlash ko‘nikmalarini singdirish, o‘qituvchilarning ta’lim faoliyati sifatini
oshirish va faollashtirish, bu orqali O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari
o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hisoblanadi.
O‘quv-tarbiya jarayonini o‘qitishning kredit tizimi sharoitida talabalar
mustaqil ishlarini qanday qilib samarali tashkil etish mumkin?
Kredit texnologiyasi o‘qitishni individuallashtirishni ko‘zda tutadi, bu esa
talabalar mustaqil ishlari (TMI)ning yuqoriroq sifat qiymatini talab qiladi.
TMIni tashkil qilishda eng asosiysi talabalar mustaqil ishlarini yagona,
auditoriyadan tashqari TMIga ajratilmagan uzluksiz tizimga bog‘lashga
qaratilgan o‘quv mashg‘ulotining (umuman olganda jami o‘quv kursining)
maqsadli ko‘rsatmasi hisoblanadi. (TMI sxemasiga qarang).
Talabalarning mustaqil ishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
referat, keys-stadi, krossvord, masalalar, mashqlar yechish kabi uy
vazifalarini bajarish;
auditoriyadagi TMIga tayyorgarlik ko‘rish va auditoriyadagi TMIni
o‘zini tayyorlash, bularning maqsadi o‘rganilayotgan fan bo‘yicha bilimlarni
chuqurlashtirishdir. Uy vazifalari talabaning o‘z tomonidan bajariladi
(kutbxonada va hokazolarda).
Auditoriyadagi TMI – bu talaba va o‘qituvchining birgalikdagi ishidir,
chunki o‘quv mashg‘uloti dialog tartibda – trening, munozara, ishbilarmonlik va
didaktik o‘yini, ishlanmalar taqdimoti, keyslar tuzish, individual, guruh
loyihalarini ishlab chiqish kabilar ko‘rinishida olib boriladi.
106
O‘quv mashg‘ulotining asosiy maqsadi – bu talabalarning idrok qilish
faoliyatini yuzaga chiqishi uchun sharoitlar yaratish. Bu maqsadga quyidagi
yo‘llar orqali erishiladi:
muammoli vaziyatlar modellashtiriladi
;
mashg‘ulot davomida talabaga uning uchun eng qiziqarli bo‘lgan
o‘quv jarayoni ko‘rinishi va formasini tanlash imkonini beruvchi didaktik
materialdan foydalaniladi;
nafaqat pirovard natija, balki talabaning o‘ylash faoliyati jarayoni
ham baholanadi (to‘g‘ri – noto‘g‘ri);
talabaning topshiriqni bajarishning o‘z usulini topishga intilishi,
boshqalar fikrlarini tahlil qila olishi va umumiy yechimga kela olishi
rag‘batlantiriladi.
O‘qituvchi nuqtai nazari (talabalarga javob bilan emas, savol bilan
murojaat qiladi) va talabaning nuqtai nazari (idrok qilish sub’ekti, unga dunyoni
idrok qilish roli yuklatilgan) muhim ahamiyat kasb etadi.
Akademik kreditlar tuzilmasidagi 45 soatga teng belgilangan
parametrlarga muvofiq, TMIga 30 soat ajratiladi. Oliygohlarda bu har 15 soatdan
ikkiga ajratiladi: TMI (uy vazifalari) va talabaning o‘qituvchi rahbarligidagi
mustaqil ishi ko‘rinishidagi (TO‘MI) Office hours.
Do'stlaringiz bilan baham: |