183
18- MA’RUZA
TEZ YURAR POEZDLAR HARAKATINI INOBATGA OLGAN HOLDA TEMIR YO‘L
STANSIYALARI VA TUGUNLARIDAGI BINO VA INSHOOTLARNI
JOYLASHTIRISH.
Reja:
1.
Platformalar
Barcha temir yo`l stansiyalari va temir yo`l yo`nalishi bo`yicha ko`zda tutilgan oraliq
punktlarida
yo`lovchilar platformalari
tashkil etiladi.
Platformalar asosiy va oraliqdagi turlariga bo`linadi. Agar platforma bevosita vokzal yonida
joylashsa
asosiy
, temir yo`llar oralig`ida
joylashsa
oraliqdagi
platforma hisoblanadi (4-rasm).
4-rasm. Yo`lovchi
platformalari
5-rasm. Toshkent stansiyasidagi usti
yopiq yo`lovchilar
platformasi
Odatda asosiy platformalarda quyidagi yordamchi binolar: yuk bo`limi, perrondagi sanitar
tugunlar, savdo-sotiq pavilonlari va do`konchalar tashkil etiladi.
Platformalarni usti
ochiq
va
yopiq
turlari bo`lib, usti yopiq platformalar yo`lovchilarga xizmat
ko`rsatish sifatini oshirish va qo`shimcha qulayliklar yaratish imkoniyatini beradi (5-rasm).
Yuqori va pastda joylashgan platformalar 6 va 7-rasmlarda keltirilgan.
184
6-rasm.
Yuqori
sathda
joylashgan
platforma
7-rasm. Past
sathda joylashgan platforma
8-rasm. Past sathda joylashgan yo`lovchi platformalari
a) “nol”
sathda joylashgan; b) balandligi 1,5 m gacha bo`lgan ko`tarmada joylashgan;
v) balandligi 1,5 m ortiq bo`lgan ko`tarmada joylashgan; 1- po`lat to`siq
tayanchi; 2- yon
devor tayanchi; 3- yon devor
plitalari; 4- mahalliy grunt bilan to`ldirish.
Platforma uzunligi yo`lovchi poyezdi tarkibining (costav) uzunligiga bog`liq ravishda
belgilanadi. Platforma kengligining o`lchami esa yo`lovchilar oqimining intensivligi va
xarakteriga, platformadan chiqishlar soni va joylashuviga bog`liq bo`ladi.
Pastda joylashgan platformalar ikki ko`rinishda tashkil etiladi (8-rasm):
-
temirbeton devor to`siqli (balandligi 1,5 m gacha bo`lgan ko`tarmada joylashtirilgan)
platforma;
185
- yig`ma temirbeton ramali va oldindan zo`riqtirilgan plitalardan iborat (balandligi 1,5 m ortiq
bo`lgan ko`tarmada joylashtirilgan) platforma.
Yuqori sathda joylashtiriladigan platformalar balandligi 2 m gacha bo`lgan chuqurlik yoki
ko`tarmalarda tashkil etiladi. Ushbu platformalar yig`ma temirbeton elementlardan iborat bo`lib,
ikki konstruktiv yechimda: bir va ikki tayanchli (stoyka) qilib ishlanadi (9-rasm).
9-rasm. Yuqori sathda joylashgan yo`lovchi platformalari
a) ikki tayanchli platforma; b) ikki tayanchli platformaning bo`ylama qirqimi; v) ikki
tayanchli platformani tashkil etuvchi elementlari; g) bir tayanchli platformaning tashkil etuvchi
elementlari; d) bir tayanchli platforma.
Ikki tayanchli platformalar alohida yoki qoziqli poydevorlarga o`rnatilgan tayanchlardan, bir
tayanchli platformalar esa alohida poydevorga o`rnatilgan “T”simon tayanchlardan iborat
bo`ladi.
Odatda, platformaning qoplamasi asfaltbeton materialidan ishlanadi.
Platforma to`liqligicha yoritilishi uchun unda yoritish moslamalari o`rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: