169
16 - MA’RUZA
KO‘P QAVATLI SANOAT BINOLARI. RIGELLI VA RIGELSIZ KARKASLAR.
Reja:
1.
Ko’p qavatli sanoat binolarining temirbeton karkasi
Hozirgi kunda zamonaviy ko„p qavatli sanoat binolarini loyihalashning asosiy
tamoyillaridan biri bu ularni ko„p funksiyaliligini ta‟minlash hisoblanadi. Ushbu prinsip bo„yicha
dunyodagi ko„pgina ilg„or mamlakatlarda ko„p qavatli sanoat binolari ichida ishlab chiqarish
bilan bog„liq bo„lgan bir nechta korxonalarni bir joyga jamlash tajribasini amalga
oshirmoqdalar. Bu borada Rossiyadagi “SNIIpromzadniy” tashkilotida bu turdagi loyihalar
ishlab chiqilmoqda. Bunday binolar odatda, ko„p funksional (bir nechta ishlab chiqarish
korxonalari jamlangan), ko„p qavatli, markazida yuk ko„taruvchi bikirlik yadrosiga ega, vertikal
yo„nalishi bo„yicha spiral ko„rinishida ketgan uzluksiz orayopmadan iborat bo„ladi (16.1-rasm).
Zamonaviy ko„p qavatli sanoat binolarini loyihalashning amaliy tadbig„i sifatida Moskva
elektromexanika va ta‟mirlash zavodini va Aleksandrovka shahridagi televizor ishlab chiqarish
zavodini, hamda ko„plab boshqa binolar zamirida ko„rish mumkin.
16.1-rasm. Zamonaviy ko„p qavatli sanoat binolari
a- markazida yuk ko„taruvchi bikirlik yadrosiga ega bo„lgan vertikal yo„nalishi bo„yicha spiral
ko„rinishida ketgan uzluksiz orayopmali bino; b- bir nechta ishlab chiqarish korxonalari
jamlangan ko„p funksional bino.
170
Ko„p qavatli karkasli sanoat binolari
Ko„p qavatli sanoat binolari umuman sanoat binolarining 30% ni tashkil etadi. Ko„p qavatli
sanoat binolari engil sanoat, ya‟ni asbobsozlik, kimyo, oziq-ovqat, to„qimachichlik va boshqa
sanoat sohalari bilan bog„liq bo„lgan ishlab chiqarish uchun loyihalanadi (16.2-rasm). Sanoat
binolari texnologik va iqtisodiy omillardan kelib chiqib 7 qavatgacha, ya‟ni 40 m balandlikgacha
loyihalanadi.
Ko„p qavatli sanoat binolari temirbetondan yoki po„lat karkasdan iborat bo„lishi mumkin.
Odatda ko„p qavatli sanoat binolari temirbeton karkasda ishlanadi.
Ko„p qavatli sanoat binolari konstruktiv echimiga ko„ra to„liq karkasli, tashqi devori yuk
ko„taruvchi va yarim karkasli binolar turiga bo„linadi.
16.2-rasm. Ko„p qavatli sanoat binosi
Ko„p qavatli temirbeton karkasli binolar o„z strukturasiga ko„ra
to„sinli
, ya‟ni ustun, rigel va
plitadan iborat bo„lgan, hamda
to„sinsiz,
ya‟ni ustun, kapiteliy va plitalardan tashkil topgan
bo„ladi.
To„sinli temirbeton karkas binolari
Ko„p qavatli temirbeton karkasli binolarda to„sinli echim keng tarqalgan hisoblanadi. Ushbu
sxema bo„yicha ko„ndalang yo„nalishda ustun konsoliga tayangan rigellar joylashadi. Rigellar
ustida esa temirbetondan ishlangan qovurg„ali yoki kovakli plitalar (to„shamalar) yotqiziladi
(16.3-16.4-rasm).
171
16.3-rasm. Ko„p qavatli temirbeton
karkasdan iborat to„sinli sanoat
binosining montaji
16.4-rasm. Ko„p qavatli temirbeton karkasdan iborat
to„sinli sanoat binosining ko„ndalang qirqimi
Ko„p qavatli sanoat binosi karkasining ko„ndalang yo„nalishdagi mustahkamligi va ustuvorligi
o„zaro bikir mahkamlangan ustunlar va rigellardan iborat bo„lgan ramalar ta‟minlaydi.
Ko„p qavatli sanoat binosi karkasining bo„ylama yo„nalishdagi mustahkamligi va ustuvorligi
bog„lovchilar tizimi yoki bir oraliqli bo„ylama ramalar bilan ta‟minlanadi.
Ko„p qavatli sanoat binolari konstruksiyalari loyihalanganda bino hajmiy-rejaviy echimi va
orayopmaga tushayotgan yuklar unifikatsiya qilinadi.
Bino konstruksiyalari orayopamaga ta‟sir etuvchi vaqtincha me‟yoriy yuklar qiymati 5†30
kN/m
3
bo„lganda loyihalanadi.
16.5-rasm. Ko„p qavatli sanoat binolari unifikatsiyalangan sxemalari
Ko„p qavatli to„sin yopmali sanoat binolari namunaviy konstruksiyalari quyidagi asosiy uch
turdagi sxemalar uchun loyihalanadi (4.91-rasm):
1.
Ustunlar to„ri
:
6 x 6 m.
Qavatlar soni: 3†5 ta, qavat balandligi: 3,6 m; 4,8 m va 6 m;
oraliqlar soni 3†10 ta. Konstruksiyalar 10, 15, 20 va 25 kN/m
3
yuk tushishiga hisoblanadi.
2.
Ustunlar to„ri: 9 x 6 m
(rigel oralig„i 9 m bo„lganda). Qavatlar soni: 3†4 ta, qavat
172
balandligi: 3,6 m; 4,8 m va 6 m. Konstruksiyalar 5, 10 va 15 kN/m
3
yuk tushishiga hisoblanadi.
3.
Ustunlar to„ri: 12 x 6 m
(rigel oralig„i 12 m bo„lganda). Qavatlar soni: 2†5 ta, qavat
balandligi: 3,6 m; 4,8 m va 6 m; oraliqlar soni 2†5 ta. Konstruksiyalar 5, 7,5 va 10 kN/m
3
yuk
tushishiga hisoblanadi.
Shuningdek, uch oraliqqa ega bo„lgan 4 va 5 qavatli ( ustunlar to„ri 6 x 6 m), hamda yuqori
qavati kran bilan jihozlangan 18 m li bir oraliqni tashkil etgan bino uchun namunaviy
konstruksiyalar ishlab chiqilgan (4.92-rasm).
Yuk ko„tarish qobiliyati 10 t bo„lgan ko„prik kranli oraliq balandligi 10,8 m bo„lsa, osma
transport bilan jihozlangan oraliq balandligi esa 7,2 m ga teng. Qolgan qavatlar balandligi esa 4,8
m yoki 6 m ni tashkil etadi.
16.6-rasm. YUqori qavati yiriklashtirilgan ko„p qavatli sanoat binosi unifikatsiyalashgan
sxemalari
Yuqori qavati yiriklashtirilgan ko„p
qavatli sanoat binosining asosiy
elementlari 16.7-rasmda keltirilgan.
Chetki ustunlar bo„ylama o„qlarga
“nol”li bog„lansa, bo„ylama o„q
o„rta qator ustunlar markazidan
o„tadi.
YUqori
qavati
yiriklashtirilgan ko„p qavatli sanoat
binosining chetki qator ustunlari
bino ichki tomoniga “500 mm”ga
siljitiladi.
173
16.7-rasm. YUqori qavati yiriklashtirilgan ko„p qavatli
sanoat binosining asosiy elementlari
1- ustun; 2-rigel; 3- ora yopma plitasi; 4- ustunlararo
bog„lanish; 5- poydevor; 6- poydevor to„sini; 7- kran soti
to„sini; 8- stropil to„sini; 9- yopma plita.
Do'stlaringiz bilan baham: |