190
- boshqa materiallar
bilan birga ishlashi
- qurilish yoki boshqa ehtiyojlar uchun qayta ishlatish. - yuqori nafosatli va arxitektura
ko„rinishi - ishlab chiqarishda va foydalanishda ekologik xavfsiz.
Yaponiyada beton va temirbeton ishlab chiqarish aholi soniga nisbatan 1 kishiga 2 m
3
dan
ortiqni, AQSHda – 1,3 m
3
, Germaniyada – 1,1 m
3
, Rossiyada – 0,4 m
3
ni tashkil etadi.
Temirbeton hamma sohalardagi zamonaviy qurilishlarda keng qo„llanilmoqda, chunki
chidamli, mahalliy qurilish materiallaridan foydalanish mumkin, metall tejamli sarflanadi,
ko„rinishi salobatli va turli shakllarga ega. Qurilishda quyma, yig„ma va yig„ma-quyma
temirbeton qo„llanladi. Quyma temirbeton qurilmasi qurilishda loyiha ko„rinishida tayyorlanadi.
Undan kam takrorlanuvchi va bo„linishi (ajaratilishi) qiyin bo„lgan inshootlar bunyod etiladi.
Quyma temirbetondan qurilgan inshootga hohlagan ko„rinishni berish mumkin, ular mustahkam
va metall sarf bo„lishi jihatidan anchagina tejamlidir.
Kamchiliklari: mavsumiy ish, qolip uchun yog„och-taxtaning ko„p sarflanishi, ko„p
sermehnatlilik (yog„och-taxta qoliplardan almashlab ishlatish, payvandlash armaturalari,
betonnasos, qo„shimchalardan foydalanish ozgina engillashtiradi).
Yig„ma temirbeton qurilmalari zavodlarda tayyorlanadi, qurilish maydonlariga avtomobil
yoki temir yo„l transporti yordamida etkaziladi va ko„tarish kranlari yordamida o„rnatiladi.
Bunday qurilmalar qurilish maydonining nol sathida ham tayyorlash mumkin.
Yig„ma-quyma qurilmalar bizning davlatimizda unchalik ko„p tarqalmagan. Temir-beton
sanoatda, uy-joy, qishloq xo„jaligi qurilishida, avtomobil yo„llari qurilishida, ko„priklar, suv
transporti inshootlari, uzoq muddatga chidaydigan xususiyatli muhofaza inshootlari qurilishida,
metro qurilishida, metro qurilishi va boshqa ko„pgina joylarda foydalaniladi. Misol qilib,
temirbetondan ishlangan qurilmalardan:
- balandligi 537 m Moskva teleminorasi, Tomsk politexnika instituti bitiruvchisi N.V.
Nikitin tomonidan loyihalangan.
- Torontodagi balandligi 555 m teleminora.
- Fransiya i Buyuk Britaniya oralig„idagi La-Mansh bo„g„ozidagi yer osti yo„li.
-
Kuala-Lumpur (Malayziya)dagi balandligi 582 m (1.3 rasm) neft kompaniyasi
“Petronas”ning osmono„par binosi;
-
“Troll” (Norvegiya) neftni qazib olish uchun dengizdagi balandligi 472 m bo„lgan
maydoncha (platforma) 300 m chuqurlikda joylashgan bo„lib, to„lqin balandligi
maksimal 31,5 m bo„lib, to„fonga mo„ljallangan, uni tayyorlashga 250 ming m
3
V 80,
100 klass betoni va 11 ming t zo„riqtirilgan armatura sarflangan.
-
Sietl (AQSH) oralig„i 220 m
quyma qirrali gumbaz qurilgan;
-
AES himoyalovchi qobiqlari va boshqa ko„pgina inshootlar.
191
Temirbeton qurilmalarini qurishda doimo yangiliklar kiritib zamonaviylashtiriladi,
engillashtiriladi, arzonlashtiriladi. Bunga erishish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
-
beton mustahkamligi 60-200
MPgacha oshirish, engil konstruktiv betonlarni qo„llash)
-
armaturalarning mustahkamligini oshirish va oldindan zo„riqtirilgan armaturalardan
fodalanish.
-
statik ishlarda samaradorli qurilmalarni qo„llash (masalan qobiq)
-
temirbetonni tayyorlash texnologiyasini yaxshilash.
-
temirbeton sifatini nazorat qiluvchi zamonaviy apparaturalardan foydalanish. Temirbeton
yaqin kelajakda asosiy qurilishsh materiali bo„lib qoladi. Hammaga ma‟lum italiyalik
injener va arxitektor Pera Luidji Nervi so„zlari bo„yicha “Beton – odamzot tomonidan
yaratilgan eng yaxshi materiallardandir”. Uning tarixi – insoniyat hohish va irodasining
qahramonlik ustuni. Bizga aniq bir material kerak edi – va biz uni yaratdik. Beton – bu
hohlagan qolipga tushuvchi, hamma talablarga javob beruvchi, istagan yukni ko„taruvchi
– tirik mavjudot”.
Do'stlaringiz bilan baham: