www.ziyouz.com kutubxonasi
158
hayallagach, takror taqillatdi. Bir ozdan so‘ng ichkarida sharpa sezilib, zanjir tushirildi.
Eshikni ochgan soch-soqoli uzun, og‘zi-burni arang ko‘rinib turgan, ko‘zlari balchiqda
yotgan munchoqni eslatuvchi malla odam Hamdamga qarab kerishib, baralla esnadi-da:
— Bugun kech qolding, bratan. Bugun endi o‘lik berilmaydi, xo‘jayinlar yo‘q, — dedi.
Hamdamdagi ichki bir sezgi «shuni qo‘ldan chiqarma» dedi. Hamdam bu g‘oyibona sasga
quloq berib, o‘likxona egasiga salom berib, qo‘l qovushtirdi.
— Bugun o‘lik berilmaydi, gapimga tushunmadingmi? — dedi badbashara.
Hamdam unga qarab turib: «Buncha badbashara bo‘lmasa, undan hatto o‘liklar ham
qo‘rqsa kerak», deb o‘yladi. Hamdamda hushlamaydigan odamini ochiq mensimaslik
odati bor edi. Ammo ishning bitishi shaytonga bog‘liq bo‘lsa, aravasi loydan o‘tgunicha
unga-da ta’zim qilib turishdan toymasdi. Hozir shunday bo‘ldi: badbasharani tepib
yuborishga tayyor bo‘lgani holda, mo‘minlik bilan dedi:
— Bir qarindoshimizni qidirib yuribmiz. Xudo ko‘rsatmasinu, ammo ruxsat bersangiz, bir
qarab chiqsam. Yaxshiligingiz yerda qolmaydi, xursand qila-man.
— Yo‘-o‘q, — dedi badbashara, — xo‘jayin bilib qolsa, pattamni qo‘limga tutqizadi.
— Xo‘jayin qolibdimi, shu paytda. Hamshiralari bilan maishatini qilib yotibdi. Ular
jonining huzurini bilishadi.
Hamdam shunday dedi-da, cho‘ntagidan nasha aralashtirib o‘ralgan papiros olib tutatdi.
U badbasharaning narxni oshirish uchun yana bir oz tarang qilishini bilardi. Shu bois uni
to‘la holda qo‘lga olish maqsadida papirosni baralla tutatdi. Nasha hidi dimog‘iga urilgan
badbasharaning ko‘zlari chaqnadi. Hamdam bu ko‘zlardagi o‘zgarishni sezib, quvondi.
«Gah desam qo‘limga qo‘nasanu tarang qilganing nimasi?» Chindan ham
badbasharaning chidami uzoqqa bormadi.
— Bratan, menga ham bir torttirsang-chi, — dedi yutinib.
— Ma, tort, — dedi Hamdam, unga papirosni uzatib.
Badbashara bosib-bosib chilim tortganday huzurlandi. Ko‘zlari suzildi. Hamdam
oxirigacha tortib tugatishiga qo‘ymay, qo‘lidagi papirosni oldi. Badbashara joni
sug‘urilganday entikdi.
— Qarindoshing qiz bola emasmi? — dedi u yumshoq ohangda.
— Nima edi? — dedi Hamdam tutunni u tomon puflab.
— Bugun bitta qizni olib kelishdi. Ishini olib, o‘zini o‘ldirib ketishibdi. Ko‘rasanmi?
— Ko‘raman.
Ichkariga kirishdi. Qator yotqizib qo‘yilgan murdalarning oyoq tomonida, eski stol ustida
yarmi ichilgan vino, kolbasa, non burdalari turardi. «Maishatini buzibman-da», deb
o‘yladi o‘zicha Hamdam.
Badbashara stolga yaqin yotgan murda tepasidagi choyshabni tortdi. O‘n olti-o‘n yetti
yoshlardagi go‘zal xuddi uyquda yotganday edi.
— Shunday ketvorgan narsani uvol qilishibdi, — dedi Badbashara xo‘rsinib. — Ishini
olibsan, o‘ldirib nima qilasan? Qara, o‘ligi ham zo‘r-a! Shu holda o‘psang ham maza
qilasan. — Badbashara engashib qizning labidan o‘pdi. Hamdamning ko‘ngli aynidi.
Uning gardaniga musht tushirgisi keldi. Badbashara esa qaddini ko‘tarib unga qarab
tirjaydi: — O‘pib ko‘rsang-chi?
Hamdam uning bilagidan ushlab, tashqariga sudradi.
— Hoy, nimaga sudraysan meni? — dedi Badbashara.
— Gap bor, yur, — dedi Hamdam zarda bilan.
Tashqariga chiqqach, sal o‘zini bosdi. Pastak zinaga o‘tirib, yana nasha aralashtirilgan
papiros tutatdi. Badbashara uning yoniga o‘tirib, najot ko‘zi bilan tikildi.
— Egasi yo‘qmi bu jononning? — dedi Hamdam unga tutun puflab.
— Hozircha yo‘q, — dedi Badbashara entikib.
Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |