Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
159
— Menga sot uni. 
— Qachon? 
— Hozir. 
— Yo‘-o‘q, hozir bo‘lmaydi. Egasi chiqib qolishi mumkin. Besh-olti kundan keyin hech 
kim kelmasa «ko‘mvor», deyishadi. Ana o‘shanda kelsang, boshqa gap. 
— Menga bugun kerak. Bir og‘aynimga zarur bo‘lganda sendan olgan ekan, menga 
tarang qilma. 
— Qachon olibdi? 
— O‘n-o‘n besh kun oldin. Mashina urgan odamni sotibsan. 
— E, umi, u eski o‘lik edi. Ko‘mishga erinib turuvdim. 
— Menga beradiganing yo‘qmi? 
— Hozir yo‘q, bratan. Xafa bo‘lma. 
Hamdam papirosni uning qo‘liga tutqazib, yelkasiga urib qo‘ydi: 
— Ertaga kelaman, tayyorlab qo‘y. 
Shunday degach, o‘rnidan turib, tez-tez yurib, uzoqlashdi. 
4 
 
Zohidga yeyayotgan lag‘moni sho‘r tuyulib, kosani nari surib qo‘ydi. Fe’li aynib turganini 
sezgani uchun ham xotini indamadi. Zohidga xotinining indamayotgani ham yoqmadi. U 
kun bo‘yi to‘plagan zahrini kimgadir sochishi kerak edi. Zahar sochish uchun esa birgina 
so‘z talab etilardi. Ana shu so‘z kosa surilganda «Ha, ovqatning nimasi yoqmadi?» yoki 
«men pishirgan ovqat keyingi paytda yoqmay qoldi o‘zi» tarzida aytilmog‘i darkor edi. 
Aytilmadi. Endi bunday so‘zni o‘zi sug‘urib olishi kerakmi? Kerak! 
— Odam yeydigan ovqat qilsang, bir nima bo‘lib qolasanmi? — Bu — Zohidning degani. 
— Odam yeydigan ovqat bo‘lmay, nima bu? — Buni xotini aytishi lozim edi. Aytmadi. 
Nigohini olib qochish bilan cheklandi. 
— Tuz tekinmi? Chelaklab soldingmi? — Bu — Zohidning aytgan gapi. 
— Tuz solganim yo‘q, peshonamning sho‘ri oqib tushdi. — Bu — xotini aytmagan gap. 
Yo‘q, zahar sochishning ham imkoni bo‘lmadi. Bu kunga qarg‘ish tekkanmi, o‘z xotiniga 
baqirishning ham ilojini qilmadi. Zohid zahar sochishning yangi yo‘llarini izlab o‘tirganida 
telefon qo‘ng‘irog‘i jiringlab, xotini ustiga to‘planayotgan bulutlar tarqaldi. Zohid 
Hamdamning ovozini eshitishi bilan yengil tortdi. 
— Qachon keldingiz? Tez ko‘rishishimiz kerak, — dedi Zohid shoshilib. 
— Bo‘pti, anhor bo‘yiga kel. Yaxshi gaplar bor. Erisang, aytaman, — dedi Hamdam 
quvnoq ohangda. 
— Maqsud akamni kun bo‘yi topolmadim. 
— Men hozir gaplashdim. Chaqiraymi? 
— Yaxshi bo‘lardi... 
Anhor sohilidagi oshxonaning ish vaqti tugagan, faqat bir-ikkita stolda erka mijozlar 
maishatlarini davom ettirar edilar. Hamdam barvaqtroq kelgani uchun joy hozirladi. 
Uning kimligini yaxshi bilgan oshxona xo‘jayini xizmatda bo‘ldi. «Prokuraturadan 
nozikroq odamlar» kelishini bilgach, yanada ildamroq xizmat qildi. 
Zohid kelishi bilan Hamdam: 
— Ishdan gapirmay tur, o‘larday ochman, — deb ogohlantirdi-da, ikkita piyolaga aroq 
quydi. — Qani, oldik. Olaylik, oldirmaylik, yigit o‘lmaylik, balo ko‘rmaylik. 
Hamdan piyolani bir ko‘tarishdayoq bo‘shatib, o‘ylanib turgan Zohidni asta turtdi: 
— Ol, tortinma, sening hisobingdan bo‘lyapti. Zo‘r gap bor. 
Zohid ham deyarli och edi. Aroq darrov ta’sir etdi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish