Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
160
— Ayting, o‘sha zo‘r gaplaringizni, — dedi ikkinchi piyoladan keyin. 
— Oqsoqol kelsinlar, sabr qil. 
Mayor Soliev ko‘p kuttirmadi. U ham uyida ovqatlanishga ulgurmagan edi. Davraga 
qo‘shila qoldi. 
— Barvaqt qaytibsanmi? — deb so‘radi u, likopchadagi go‘shtga qo‘l uzata turib. 
— U yoqda biz qiladigan ishning o‘zi yo‘q, — dedi Hamdam. — Ish Maskovliklardan 
ortmayapti. Bizni dastyorlikka yuborishganmi, hayronman. Meni Pyotr Ivanovich 
deganiga tirkab qo‘yishdi. Qarasam, meni ishga aralashtiradigan emas. «Shunchani 
qamaysan» degan plan bilan kelganmi, yengil-elpi tergov qilib, ishni sudga oshiradigan. 
U-bu, desam, aralashma, deydi. He, dedim, onang Stalinga o‘ptirgan bo‘lsa ham, 
o‘zingni bos. Men ham pastu baland narsaga tushunaman. Senga dastyor bo‘ladigan 
ahmoq yo‘q, dastyorga muhtoj bo‘lsang, malla bolalardan qo‘shib qo‘yaymi, dedim. 
Ming‘ir-ming‘ir bo‘lsa ham mardligi bor ekan. Pastu balandga tushunsang, izingga 
qaytaver, men xo‘jayinlaringga bir nima deb qo‘yaman, dedi. Nazarimda, ular bizning 
borishimizdan cho‘chishdi. Bizni nazorat qilishga kelishgan, deb o‘ylashdi shekilli. 
Hamdam shunday deb piyolalarga yana quyda-da, Zohidga qaradi: 
— U yoqqa men emas, sen borishing kerak ekan. Haqiqat degan narsaning bunchalik 
bulg‘anib tashlanishini umringda ko‘rmagansan. Anqovlarni bir chekkadan terib olishib, 
bilgan oshlarini ichib yotishibdi. 
— Qanaqa anqovlar? — deb so‘radi Zohid ajablanib. 
— Tomoshaga chiqqan anqovlar-da. Kimlardir yoqqan, o‘ldirganu juftakni rostlab qolgan. 
Anqovlar esa «nima bo‘lyapti ekan?» deb tomoshaga chiqqan paytda nazarga tushgan. 
Ijrochilar ketib, tomoshabinlar qarmoqqa ilingan. Men shuncha yurib, bir narsaga 
tushunmadim. Odamlarni yoqib yuborishibdi. Benzin sepib yoqishibdi. Bunaqasini ko‘z 
ham ko‘rmagan, quloq ham eshitmagan. O‘zbek, ayniqsa farg‘onaliklar g‘azabga minsa, 
«he enangdi» deb shartta kalla qo‘yadi, juda jonidan o‘tib ketsa pichoqqa yopishadi. 
Yigirmanchi yillardagi qirg‘inda ham odam yoqishmagan ekan. Bu qanaqasi bo‘ldi? 
Mayor bu gapni eshitib, qo‘lidagi piyolani joyiga qo‘yib, stol ustini cherta boshladi. 
— Qiziq gap, — dedi u o‘ychan tarzda. — Mulohaza qilib ko‘radigan gap. 
— O‘ylaganda-o‘ylamaganda biz hech nima qila olmaymiz. G‘isht qolipdan ko‘chib 
bo‘lgan. Biz bir-ikki o‘g‘rini ushlab, qamab, kerilib yuribmiz. Bu yoqda biz bilmagan, 
ming o‘ylab bir kallaga kelmagan ishlar bor ekan. Nimalargadir aqlim yetib turibdi, lekin 
o‘sha nimalarnidir isbot qilib bera olmayman. Isbot qila olmaganimdan keyin mening 
aqlimga no‘l baho! Xo‘sh, bu gaplarning foydasi yo‘q. Qorin to‘ydi, bir g‘am ketdi. 
Bo‘ladigan gaplardan gaplashaylik. Prokuror, dardingni ayt. 
Zohid kavkazliklarning o‘limi haqida bilganlarini, gumonlarini bayon qildi. Hamdam 
diqqat bilan eshitdi. Mayor Soliev stol chertish bilan ovora bo‘ldi. Zohid gapdan to‘xtab, 
mayorga qaradi. 
— Eshituvdim, — dedi Soliev xotirjam tarzda. — Gumonlaringda jon bor. Lekin bu o‘lim 
tasodif bo‘lishi ham mumkin. 
— Guvohlarni yo‘qotishga kirishishgan bo‘lishsa-chi? — dedi Hamdam. 
— Bo‘lishi mumkin. Unda endi kimning gali? 
— Albatta o‘likxonadagi badbasharaniki, — dedi Hamdam. 
— Badbashara? U kim? — deb so‘radi mayor Soliev. 
Hamdam bugungi hangomalarni bir boshdan, batafsil aytib berdi. 
— Agar yanglishmasam, endi ikkita guvoh qoladi. Bittasi o‘sha, yana bittasi — taksi 
haydovchisi. Ularni qo‘ldan chiqarmaslik kerak. 
— Nima qilamiz? Qo‘riqlaymizmi? — deb so‘radi Zohid. 
— Foydasi yo‘q. O‘likxonadagini qamash kerak. Taksichini qochirib yuboramiz. Buni 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish