www.ziyouz.com kutubxonasi
155
Bu manzara uzoq davom etmadi. Anvarni ajratdilar. Kimdir qo‘lini qayirib oldi.
— Sen ilonsan! Sen ichi g‘ovak qamishsan! To‘qayga o‘t qo‘yaman, ildizingni quritaman!
Anvar jon achchig‘ida baqirar, qo‘llarini kim qayirayotgani, kim sudrab borayotganini
fahm etmas edi. Dafn marosimiga to‘planganlar ham Anvarning qo‘llarini qayirgan bu
baquvvat g‘ilayning qayoqdan paydo bo‘lganini bilmas edilar.
Xolidiy otashin nutqini tugatayotgan damda Anvarni biqinida qo‘shuv alomati bor, usti
berk mashinaga zo‘rlab chiqardilar. Ustiga yengsiz uzun ko‘ylak kiydirdilar. Imom
tilovatni boshlaganda mashina jinnixona sari yo‘l olgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |