www.ziyouz.com kutubxonasi
151
javobingizni albatta izohlab ham berasiz.
Hikmat O‘rolov Anvarning ko‘zlariga tikilib kulimsiradi. Anvar bu savolga aqli yetgan
darajada javob bera olardi, ammo unga mezbonning asl maqsadi qorong‘u edi. Shu bois
javobga shoshilmadi.
— Siz qiynalmang. O‘zim aytib qo‘ya qolay: yo‘q! Sabab: bir kuni domla Inoyatulloning
uylariga borsam, zarrabinga tikilib o‘tiribdilar. Sizda zarrabin bormi? Ha, menda ham
yo‘q. Xullas, bir arxeolog olim domlaga uzum danaklarini beribdi. Danakning umri
salkam ming yil emish. Arxeologning aytishicha, Eski shahardagi qazilma paytida
hojatxona o‘rnidan topilgan emish. Domla Inoyatullo arxeologlar bilan yaqin edilar. Siz
arxeologlar bilan oxirgi marta qachon uchrashgansiz? Mening ham yodimda yo‘q. Xullas,
o‘shanda: «Domla, bu sizga nima uchun kerak?» deb so‘radim. Domla: «Haqiqiy tarixchi
olim shulargacha aniq bilishi shart. Husayni uzum hozir qanday, ming yil va avval
qanday bo‘lgan, ming yil ichida tabiat qanday o‘zgarishlarni, nima sababdan boshidan
kechirdi — biz bilmasak, kim biladi? Tarixiy voqealar bilan tabiatdagi o‘zgarishlar orasida
uzviy bog‘lanish yo‘qmi?» Xullas, o‘shanda haqiqiy tarixchi olim — domla Inoyatullo deb
ishonganman. Biz kitob o‘qib, tahlil qilib, tarix ilmini yaratyapmiz, deb kerilamiz. Bu
kitoblarni bizgacha kimdir yozib ketgan. Biz foydalanayotgan adabiyotlarni arab ham,
fors ham, farangimi nemismi, juhudmi yo rusmi, kim bo‘lsa bo‘lsin, yozgan. Ma’lum bir
haqiqatga har biri o‘z millati foydasi nuqtai nazaridan yondoshgan va baho bergan.
— Xuddi shu nuqtada xato yo‘lga qadam qo‘yganmiz, — dedi Anvar. — Biz
qo‘limizga juhudning kitobi tushsa, tarix shunday edi, deb javraymiz. Nemisniki tushsa,
yo‘q, bunaqa edi, deb turib olamiz. Mana, tarixga ikki xil munosabatga o‘zimiz ham
guvoh bo‘ldik. Kechagina unday devdik, bugun esa bunday. Qadimda shunday hol yuz
bermaganmi? Bergan... — Anvar «gaplarini bo‘lib ranjitmadimmi?» degan ma’noda
mezbonga qaradi. Hikmat O‘rolov uning xavotirini sezib, «durust gapiryapsiz, azizim,
davom eting», deganday jilmayib qo‘ydi. Anvar bundan dadillanib fikrini davom ettirdi:
— Biz o‘sha kitoblarga qul bo‘lib yuraveramiz. Men borayinda Mirolim domlamizdan:
«Temur zamonida toifi uzum bo‘lganmi?» deb so‘ray. Turgan gapki, u «Temurga
uzumning nima aloqasi bor», deydi. Holbuki domla Inoyatullo yo‘lini tutgan, o‘zini
tarixchi olimman deydigan odam buni bilishi kerak ekan. Haligi aytgan rivoyatingizni
qarang... biz ichi bo‘sh qamishga o‘xshamaymizmi? Bir masalaga ikki xil qarashga
vijdonimiz qanday yo‘l qo‘yadi. Kechagina Mirolim domlamiz Temurni qonxo‘r, deb,
Temurning salohiyatiga ijobiy baho bermoqchi bo‘lganlarni yamlamay yutgan edi. Bugun
esa aksi: kim Temur jang qilgan, desa «Sen tarixga qonli ko‘ylak kiygizmoqchimisan!»
deb yumdalayapti. Qizig‘i shuki, Temur haqida kecha ham shu zot asosiy hukmni
chiqarar edi, bugun ham. Ba’zan hayron qolaman. Bu Mirolim deganlari, Temurning otasi
uylanayotganida kuyov jo‘ra bo‘lganmi yo Temur tug‘ilganida kindigini kesganmikin?
Bu gapni eshitib Hikmat O‘rolov qah-qah otib kulib yubordi.
— Topib aytdingiz, barakalla, — dedi u o‘zini kulgidan to‘xtata olmay.
— U domlamiz nari borsa Temur haqida to‘rt-besh kitob o‘qigandirlar. Oltinchisini topib,
buni ham o‘qing, deyilsa, men bunaqasini bilmayman, deb turib oladilar. Qarang-a! U
kishi bilmasalar o‘sha oltinchi kitobning yashashga haqqi yo‘q ekan. O‘sha oltinchi kitob
yuz yillar davomida dunyo olimlarining diqqati markazida turgan bo‘lsa-chi? Siz
kulyapsiz domla, ammo xafa bo‘lsangiz ham bir gap aytaman.
— Ayting, azizim. Bilaman, siz nohaq gap aytmaysiz.
— Siz, sizga o‘xshagan olimlar nima uchun Xolidiyga, Mirolimga maydonni bo‘shatib
bergansizlar? Yanchib tashlasalaring bo‘lmasmidi?
— Yanchib... — Hikmat O‘rolov kulimsirab, bosh chayqadi. — Soyani yanchib tashlay
olasizmi? Axir ular zamon g‘oyasining soyalari edilar. Siz haqiqatchi yigitsiz. Sizga
Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |